Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
qonunchilik institutini ifodalaydi (masalan, fuqarolik qonunchiligi
sohasining tarkibiga kiruvchi mualliflik, meros, hadya, oldi-sotdi, ijara insti- tutlari). Uchinchisi – qonunchilik tizimining asosini, uning sohalari va insti- tutlari tashkil topishining boshlang‘ich bo‘g‘inini yuridik norma, ya’ni qonun 325 XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish va boshqa normativ-huquqiy hujjatning normasi (moddasi) tashkil etadi. Qo- nunchilik tizimining ushbu boshlang‘ich qismini shartli ravishda qonunchilik normasi deb atash mumkin. Qonunchilik normasi deganda, Konstitutsiyaning normasini, qonunning qoidasi (moddasi)ni, farmonning normasini, hukumat qarorlarining normasini tushunish lozim. To‘rtinchisi – o‘z mazmuniga ko‘ra ijtimoiy hayotning nisbatan mustaqil sohalarini tashkil etuvchi har turli ijtimoiy munosabatlar majmuini tartibga soluvchi, bir necha huquq sohalariga oid huquq normalarini o‘z ichiga oluvchi normativ tuzilma qonunchilikning kompleks sohasi (masalan, transport, baliqchilik xo‘jaligi, harbiy, temir yo‘l munosabatlariga oid qonunchilik) deb ataladi 1 . Masalan, qonunchilikning kompleks sohasi sifatida harbiy qonunchilik Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi, harbiy xizmat o‘tash tartibi, har- biy xizmatchilar hamda ular oilalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va qo‘riqlash bilan bog‘liq davlat, ma’muriy, yer, moliya, jinoyat va boshqa huquq sohalariga tegishli normalarni o‘z ichiga oladi. Taassufki, milliy huquqshunosligimizda «huquq» bilan «qonun»ni bir-biri- dan farqli hodisalar ekanligini anglamasdan, ularni aynanlashtirish holatlari mavjud. Shu bois aksariyat tadqiqotchilar «huquq sohasi» va «qonunchilik so- hasi» kategoriyalarini yetarlicha farqlamaydilar. Ba’zi olimlar «huquqning kom- pleks sohalari» bo‘ladi, deb hisoblaydilar 2 . Aslida, kompleks sohalar, yuqorida isbot qilganimizdek, faqat qonunchilikda mavjud bo‘lishi mumkin. Shuni yana bir karra yodga solish lozimki, huquq sohalarini shakllantirish (alohida ajratish) mezoni huquqiy tartibga solish predmeti va tegishli huquqiy tartibga solish metodidir. Ular har bir huquq sohasi uchun alohida va o‘ziga xos hodisadir 3 . Qolaversa, huquq sohasining predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bir turliligi, mazmunan bir toifaga mansubligi, ta’bir joiz bo‘lsa, «bir jinsliligi» bilan tavsiflanadi, va aslo, kompleks xususiyatga ega emas. Qonunchilikning kompleks sohasi to‘la shakllanib, amal qilishi uchun kompleks normativ hujjatlarning tizimi (yig‘indisi) mavjud bo‘lishi lozim. Shunday qilib, kompleks mazmundagi hujjatlarning yig‘indisi, majmuasi qo- nunchilikning kompleks sohasini hosil qiladi. Bitta qonunchilik hujjatida turli huquq sohalariga tegishli normalarni jamlash qonun chiqaruvchi organga ma- salalarni keng qamrovli, ya’ni kompleks tarzda hal qilish imkoniyatini beradi. Masalan, bitta qonunchilik hujjatida ijtimoiy muhim masalaning ham fuqaroviy- huquqiy, ham ma’muriy, ham jinoiy-huquqiy va boshqa jihatlari kompleks tarzda aks ettiriladi. 1 O‘zbеkistоn milliy ensiklоpеdiyasi. T.12. – T., 2006. – 205-bеt. 2 Rаhmоnqulоv Х.R. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining milliy huquq tizimi. – T., 2007. – 8-bеt. 3 Оdilqоriyev Х.Х. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining qоnunchilik tizimi. – T., 2008. – 58-bеt. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling