Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Qonunchilik tizimi deganda, huquqning mazmuni va ichki tarkibiy 
tuzilishini mustahkamlovchi, rasmiylashtiruvchi, moddiylashtiruvchi normativ-huquqiy 
hujjatlar yig‘indisi tushuniladi. Qonunchilik tizimi huquq (qonun) ijodkorligi fao-
liyati orqali huquq normalarining yaratilishi, rasmiy hujjatlarda mustahkamlani-
shi va tizimlashtirilishi (sistemalashtirilishi) natijasida vujudga keltiriladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, huquq tizimi huquqning ichki tuzilishi, 
ichki tarkibiy qurilishi bo‘lib, uning mazmuni o‘zi tartibga soladigan ijtimoiy 
munosabatlar tabiati bilan belgilanadi. Qonunchilik tizimi huquq tizimining 
tashqi shakli sifatida huquqning manbalari tuzilishini, normativ-huquqiy huj-
jatlar yig‘indisini (uyushmasini) aks ettiradi. Huquq, huquqiy normalar qonun-
chilikdan tashqarida mavjud bo‘laolmaydi, amal qilaolmaydi.
Qonunchilik hujjatlari murakkab tarkibiy tuzilishga (strukturaga) ega. 
Ularni turli mezonlar asosida gorizontal, vertikal va kompleks turdagi qonun-
chilik tizimi sifatida tasniflash mumkin.
Qonunchilik tizimining gorizontal tuzilishi sohaviy (tarmoq) 
tasniflash bo‘lib, huquqiy tartibga solishning predmeti, ya’ni ijtimoiy munosabatlar 
yo‘nalishi va mazmuniga asoslanadi. Bu mezonga muvofiq, huquq tarmoqlari-
Qonunchilik
tizimi
4-§.


324
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
ga mos keluvchi qonunchilik tarmoqlari ajratiladi (masalan, konstitutsiyaviy 
huquq – konstitutsiyaviy qonunchilik, fuqarolik huquqi – fuqarolik qonunchi-
ligi, jinoyat huquqi – jinoyat qonunchiligi, mehnat huquqi – mehnat qonun-
chiligi, ma’muriy huquq – ma’muriy qonunchilik). Har bir huquq tarmog‘iga 
mos ravishda qonunchilik tarmog‘i shakllanadi, masalan, fuqarolik protsessual 
huquqiga – fuqarolik protsessual qonunchiligi mos keladi, yer huquqiga – yer 
qonunchiligi muvofiq bo‘ladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling