Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
327
XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish lat hayotining yo‘nalishlari va o‘z predmeti mavjudligi bilan izohlanadi, ammo yagona tartibga solish metodiga ega bo‘lmaydi; to‘rtinchidan, huquq tizimi, uning tarmoqlari mazmuni bir turli bo‘ladi; qonunchilik tizimi va tarmoqlari esa, turli yo‘nalishdagi hamda xarakterdagi munosabatlarni tartibga soladi; beshinchidan, huquq tizimining ichki tuzilishi qonunchilik tizimining ichki tuzilishi bilan aynan mos kelavermaydi. Qonunchilik tizimining vertikal tuzilishi davlat organlari iyerarxiyasini aks ettirsa, huquq tizimining vertikal tuzilishi – uning normalarga, institutlarga, sohalarga bo‘linishini aks etti- radi; oltinchidan, huquq tizimi obyektiv xususiyatga ega bo‘lsa, qonunchilik tizimi subyektiv omilga, ya’ni qonun chiqaruvchi organning xohish-irodasiga bog‘liq. Shunday qilib, huquq tizimi bilan qonunchilik tizimi o‘rtasidagi nisbatni, munosabatni aniqlash ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bu vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi huquq tizimi bilan qonunchilik tizimini bir-biriga yaqinlashtiradi, hayotda qo‘llanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ikki palatali parlament samarali va sermahsul faoliyat yuritgan sharoitda nor- mativ-huquqiy hujjatlar hajmining keskin ko‘payishi tabiiy. Bunday vaziyatda qabul qi- lingan yuzlab qonunchilik hujjatlari o‘rtasida muayyan ziddiyatlar va kolliziyalar bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev e’tibor qarat- ganidek, «amaldagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas» 1 . Ularni bartaraf etishda siyosiy partiyalar ham, deputatlar ham tashabbus bi- lan chiqmayaptilar. Bunday ziddiyatlar va nomutanosibliklarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ichki barqarorligini ta’minlash maqsa- dida ularni mantiqiy tizimlashtirish (sistemalashtirish) katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sena- tining 2010-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ma’ruzada ta’kidlaganidek, qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini tubdan yaxshilash lozim, qolaversa, «Qonunlarning ko‘pchiligi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan bo‘lib, kodifikatsi- 1 Mirziyoyеv Sh. Pаrlаmеntimiz hаqiqiy dеmоkrаtiya mаktаbigа аylаnishi, islоhоtlаrning tаshаbbuskоri vа аsоsiy ijrоchisi bo‘lishi kеrаk. /Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling