Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

334
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
keraksiz so‘z va atamalar normativ hujjatlarda hozir ham uchrab turibdi. Nor-
mativ matnda iloji boricha sodda gaplarni qo‘llash lozim. Har qanday nor-
mativ hujjat loyihasini rasman tasdiqlashdan avval umumiy adabiy tahrirdan 
o‘tkazish zarur. Huquq normalarini tuzishda o‘xshash ta’riflar va jumlalar-
ni, «namunaviy konstruksiyalar» va «sxemalar»ni bir xilda izchil bayon etish 
muhim. Turli huquqiy hujjatlarda ifodalangan o‘xshash ko‘rsatmalarni bir xil 
shaklda bayon etish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun tili 
muammolarini muhokama qiluvchi komissiya tuzilgan. Komissiya tarkibiga 
deputatlar orasidan malakali yuristlar, tilshunoslar va jurnalistlar kiritilgan. 
Komissiya qonunchilik hujjatlari tilidagi kamchiliklarni o‘rganadi, ularning yuz 
berishi sabablarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish yo‘llarini taklif etadi. 
Normativ hujjatlar matnining ixcham va aniq bayon etilishi, ularning 
tushunarliligi qonunchilikda qo‘llanilayotgan atamalarga, ularning aniqligi va 
bir xilligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Normativ hujjatda qo‘llangan har qanday 
so‘z ham atama hisoblanavermaydi. Fikrimizcha, atama – aniq chegara bilan 
ajratilgan ma’lum tushunchani ifodalovchi so‘z yoki bir necha so‘zdan iborat 
iboradir. Atamalarni noto‘g‘ri, noo‘rin qo‘llash normativ hujjatni tushunarsiz va 
ziddiyatli qilib qo‘yishi mumkin.
Huquqiy hujjatlarda atamalarning bir qancha turlari qo‘llaniladi. Ularning 
birinchisi – 
umumiy qo‘llaniladigan atamalar. Ular umumiy foydalaniladigan 
tildan olinadi, o‘zining umumiy e’tirof etilgan ma’nosida qo‘llaniladi va hech 
qanday maxsus ma’noga ega bo‘lmaydi. Mazkur atamalarni faqat ularning 
ma’nosi barchaga tushunarli bo‘lgan, hech qanday e’tiroz tug‘dirmaydigan 
joyda qo‘llash mumkin. Ikkinchi turkum, ya’ni 
maxsus yuridik atamalar 
huquqshunoslikda ishlab chiqiladi yoki qonun chiqaruvchi organ tomonidan 
yaratiladi (masalan, «da’vogar», «sudlanganlik», «surishtiruv» va hokazo). 
Umumiy qo‘llaniladigan atamalardan maxsus yuridik atamalarning ustunligi 
shundaki, ular zarur tushunchani aniq ifodalaydi. Mazkur atamani normativ 
hujjatda birinchi marta qo‘llashda haddan tashqari keng, binobarin, noto‘g‘ri 
talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ayni vaqtda mazkur atama aniq va tor 
ma’noda qo‘llanilayotganini muayyan tarzda eslatib o‘tish lozim.
Ba’zi hujjatlarda ko‘pincha uchinchi turkumni tashkil etuvchi, ya’ni 
texnika, fan va san’atning turli sohalaridan o‘zlashtirilgan texnik atamalar 
qo‘llaniladi. Huquq normalari jamiyat hayotining turli tarmoqlarini qamrab 
oladi. Har bir sohada huquq normalarini qo‘llash o‘z xususiyatlariga ega. Shu 
bois, normativ hujjatlarni maxsus texnik atamalarsiz tuzish ba’zan juda qiyin 
kechadi. Maxsus texnik atamalar normativ ko‘rsatmalarni yanada qisqa, aniq 
va lo‘nda qilib bayon etishga yordam beradi. Bu esa, ularning yaxshiroq 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling