Toshkent arxitektura qurilish instituti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


Download 0.51 Mb.
bet2/16
Sana06.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1330005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Musayeva Maloxat BMI

Mundarija


KIRISH 5
I. Texnologik qism 9
1.1 Maxsulot nomenklaturasi 9
1.2 Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash 16
1.3. Korxona (sex)ning ish rejimi 19
1.4. Buyum turlari buyicha sex maxsuldorligini xisoblash 19
1.5. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sex (korxona)ning talabini aniqlash 20
Ishlab chiqarishning texnalogik jarayoni 24
1.6 Asosiy texnalogik yuk tashuvchi asbob-uskunalarni 25
hisoblash. 25
II. Ko’p bo’shliqli panellarni hisoblash 29
III Iqtisodiy qism 8
3.1. Xom ashyoviy materiallar, sotib olinadigan buyumlar va yarim tayor mahsulotlarga bo’lgan talabni hisoblash 8
3.2. Yoqilg’i, issiqlik energiya va elektroenergiyaga bo’lgan talabni hisoblash 9
3.3. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining asosiy va qo’shimcha ish haqini hisoblash 10
3.4.Zavod bo’yicha umumiy xaralatlarni xisoblash 18
3.5. Brak bo’yicha yo’qotishlar hisobi 18
3.6.Mahsulotning fabrik-zavod narxini topish 18
3.7. Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarni topish 18
3.8. Maxsulotning umumiy tannarxini xisoblash 19
IV.Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi 21
Zamonaviy sanoat korxonalarida mehnat muhofazasining tutgan o’rni 21
Foydalanilgan adabiyotlar 27



KIRISH


Respublikamizda qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy qurilish materiallari konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarishni kopaytirish hamda uning turlarini kengaytirish bo’yicha keng qamrovli chora tadbirlar amalga oshirilib muayyan natijalarga erishilmoqda.
O’zbekiston Respublikasini iqtisodiyotini rivojlantirish va aholini hayot farovonligini yaxshilash boyicha keng kolamli ish olib borilmoqda. Bu borada iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlaridan bolga qurilish va qurilish materiallari industriyasi sohalari muhim o’rinlarni egallaydi. Bu sohalarni rivojlantirish davlat miqyosiga kotarilgan va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari qabul qilingan. Muxim bir yangi qarorlari davlatimiz yurtboshining 7 fevral kungi PF-4947-son farmoni bilan 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlaganidir. Strategiya loyihasi dolzarb bo’lib u aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari, “Xarakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari nomli” risolalarining IV bobida, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi, 4.3 bandida arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, axolining xayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi dastur deb takidlangan [1].
Milliy iqtisodiyotni raqobat bardoshligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish habi muhim vazifalar mazkur vazifalarni amalga oshirish jumladan qurilish tarmog’ini, binolarini energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli material va konstruksiyalar bilan taminlash maqsadida mahalli hom ashyo va qishloq xo’jaligi chiqindilaridan foydalanib belgilangan xossa va ko’rsatgichlarga ega bo’lgan keramik devorbop g’isht tarkibi va uni ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Muhim farmonlardan yana biri 2016 yil 28 sentyabirda PQ-2615-son ‘2016-2020 yillarda qurilish industriyasini kengaytirish chora tadbirlari dasturi tog’risidagi , 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-sonli 2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunali loyihalar boyicha arzon uy joylar qurilishi tog’risidagi farmonlar qabul qilindi. Bunga ko’ra axoli, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy – joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaxar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash maqsadi yotibdi.
Shuning qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-2021-yillarda shahar va qishloq joylarda energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishni yanada kengaytirishni, shuningdek barpo etilayotgan uylarning tannarxini pasaytirishni talab qilmoqda. Ushbu muhim vazifalar hisobga olingan holda qabul qilingan qaror qishloq aholisining keng qatlamlari uchun zamonaviy va shinam uylardan foydalanish darajasini tubdan oshirishga, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga va qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu muxim vazifalarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda Qurilish materiallarini o’rni beqiyos deb bemalol ayta olamiz. Bunda bizga Qurilish materiallarining tannarxini pasaytirish xamda maxalliy xomashyolardan keng miqyosda foydalanish, energiya tejamkor materiallardan samarali foydalanish alohida o’rin tutadi. Shu bilan bir qatorda qurilish materiallari ishlab chiqarish to’g’risida qarorlar qabul qilindi.
Ayni paytda mamlakatimizda ko’plab korxona qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Ularning yuzdan ziyodi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Ular qurilish soxasini barcha turdagi zarur ashyolar, jumladan, sement, ohak, gips, devorbop, tom yopish uchun mo‘ljallangan, pardozlash, nam va issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar bilan ta’minlamoqda. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimizda zamonaviy qurilish sanoatida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, energiya tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy qilish, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tgan yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirildi. Joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini 8 foizga, sanoatni 8,4 foizga, qishloq xo‘jaligini 6 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan investsiyalar hajmini 11 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasini qariyb 16 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushi 53 foizgacha o‘sishini ta’minlash vazifasi qo‘yilmoqda.
Devorbop ashyolar ishlab chiqarish O’zbekistonning barcha viloyatlarda yo’lga qo’yilgan. Jumladan, Andijonda 200 mln. dona g’isht pishirish quvvatiga ega bo’lgan 11 ta korxona; Jizzaxda 1 ta; Qashqadaryoda 60 mln dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega 11 ta korxona, Qoraqalpog’istonda 162.9 mln dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga 18 ta korxona, Navoiyda kam quvvatli 5 ta korxonada, Namanganda 136.9 mln dona quvvatga ega bo’lgan 13 ta korxona, Samarqandda 118 mln dona quvvatga ega bo’lgan 12 ta korxona, Surxondaryoda 105.5 mln dona quvvatga ega bo’lgan 14 ta korxona, Sirdaryoda 18.4 mln dona quvvatga ega bo’lgan 2 ta korxonalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Hozirgi kunda “O’zqurilishmateriallari” LITI tasarrufida 800 ga yaqin g’isht ishlab chiqarish korxonalarida yiliga 1,5 milliard dona g’isht tayyorlanadi. G’isht zavodlarining 140 dan ortig’I Buxoro, 160 tasi Toshkentda, 80 tasi Andijon, 72 tasi Farg’ona, 64 tasi Xorazm qolganlari boshqa viloyatlarda joylashgan. [2]
“O’zqurilishmateriallari” LITI olimlari shixtaga sanoat kulidan tashqari 40% miqdorida kaolin qo’shish mumkinligi ko’rsatib berilgan.
G’isht ishlab chiqarish uchun sanoat kuli, kul- shlakka bo’lgan talab Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlar bo’yicha ishlab chiqariladigan umumiy g’isht miqdori 1919 mln. Dona uchun 4,03 mln. tonna kaolin talab etiladi. [2].

Devorbop ashyolarni ishlab chiqarish xajmini oshirishga doir muammolarni yechimini topish O’zbekistonning seysmik zonada joylashganligi sababli, unda silikat g’ishtdan ko’p qavatli imoratlar qurishga doir ilmiy-amaliy ishlarni yanada kengaytirish kabi vazifalar qo’yiladi. Bunday muammolar to’la xal etilmaganligi sababli respublikada bor yo’g’i yiliga 142 mln.dona silikat g’ishtlari ishlab chiqarilmoqda.





Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling