Toshkent arxitektura qurilish instituti muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti
Download 0.51 Mb.
|
Musayeva Maloxat BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Buyum turlari buyicha sex maxsuldorligini xisoblash
- 1.5. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sex (korxona)ning talabini aniqlash
1.3. Korxona (sex)ning ish rejimi1.3-Jadval
1.4. Buyum turlari buyicha sex maxsuldorligini xisoblashHar bir ishlab chiqarish jarayonida, yetkazib berishda, saqlashda, foydalanishda va boshqa jarayonlarda albatta talofatlar, braklar umumanolganda yo’qotilishlar bo’ladi. Shuning uchun hisoblanganda albatta bu jarayonlarni ham hisoblash zarur. Keramik buyumlar ishlab chiqarish zavodlari uchun talofatlar 1 – 3 % gacha olinadi.Har texnalogik jarayon uchun ishlab chiqarishni hisobi quydagi formula bo’yicha hisoblanadi. bu yerda: - hisoblaydigan jarayonni ishlab chiqarish. - loyihalashtirilayotgan sexning bir yillik ishlab chiqarishi. Б - ishlab chiqarishdagi talofat. Korxonaning ishlab chiqarish hisobi 3000000*0.00195=5850 m3 V=0.25*0.12*0.065=0.00195 m3 bir dona g’ishtning xajmi. = =6031 m2 = =3092784 dona 1.4-Jadval Sex (korxona)ning ishlab chiqarish rejasi
1.5. Xom ashyo va yarim fabrikatlarga sex (korxona)ning talabini aniqlashKeramik buyum xossalari shakli, xom ashyo turi va texnalogiyasidan qattiy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayondan iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni qurtish va pishirish.Gilni xomashyo karerlaridan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib olinadi vat emir yo’l, avtomil yoki boshqa transportda keramik buyumlar zavodiga tashiladi. Xomashyoni qazib olishda karer gil zaxirasi, qalinligi, joylashish xaraktiri aniqlanadi va 1-2 yil avval yer yuzasi o’simliklar, keraksiz jinslardan tozalanadi.Xomashyo massasini tayyorlash. Tabiiy xolatda qazib olingan gil keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo’ladi. Buyum tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqazib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va qo’shimchalar qo’shish, barcha kompanintlarni qo’yma massa xosil bo’lguncha maxsus mashinalarda (gilni ezg’ilavchi tegirmon, parrakli aralashtirgich va x.k..) aralashtirladi. O’zbekistonda qurilish g’ishtini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida asosan sof-tuproq ishlatiladi. Sof-tuproq kelib chiqishi, tarkibi va texnik xossalariga ko’ra oddiy tuproqdan kam farq qiladi. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, sof-tuproq tarkibi faol moddalarga boy ekan. Toshkent atrofidagi sof-tuproqning tarkibi quyidagicha (% xisobida); kvars (Si )-37.87; kalsiy karbanat (CaC )-18.97; magniy karbanati (MgC )-3.07; gips-1.33; kaliyli dala shpati – 6.4; plagioklaz – 11.4; slyuda – 14.02; kaolinit – 3.53; kalsiy va magniy silikatlari (CaS va MgS ) – 4.48; limanit – 4.86; titan oksidi – 0.46; eruvchan kremniy miqdori esa – 1.03% ni tashkil etadi. Bunday sof-tuproqdan ishlangan g’ishtning siqlishdagi musaxkamlik chigarasi 6-20 MПа, qurigandan kiyingi kirishishi 2.5-6.0% bo’lib, 900-106 C xarorata pishirgandan keying suv shimuvchanligi esa 19-29% ni tashkil etadi. Pishirilgan ashyolar va buyumlar tayorlashda loydan tashqari diatamit, trepel opoka qum kabi jinslar xam ko’p ishlatiladi. Loydan buyumlar tayorlash uchun tuproqning yaroqli ekanligi, uning kimyoviy tarkibiga va mayda-yirikligiga, plastiklik va issiqqa chidamligiga qarab aniqlanadi. Loy tarkibidagi Si – 40-50%, A - 40-50%, F - 9-15%, MgO – 0.9-4.0%, CaO – 0.5-2.5%, N O va O kabi oksidlar miqdorining o’zgarishi bilan uning fezik mexanik xususiyati, tuzulishi va rangi xam o’zgaradi. Maslan loy tarkibidagi kremniy (Si ) miqdori ortib ketsa, uning plastikligi kamayadi; giltuproq (A ) g’ishtlarning rangini oqartiradi va issiqqa chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari loydan tayorlanadigan buyumlarda F miqdori o’zgarsa, ularning rangi och benafshadan to’q qizilga aylanishi mumkin. Loy tarkibidagi natriy va kaliy oksidlari esa (N O , O) buyumlarning zichligini oshiradi va kuydirish xaroratini kamaytiradi. Malumki, xomashyobop sof-tuproq tarkibida kvars, slyuda va dala shpati kabi tog’ jinslaridan tashqari, u zararli aralashmalar xam bo’lishi mumkin. Bunday aralashmalarga, asosan tarkibida CaC ko’p bo’lgan bo’r, dalamit kabi jinslar kiradi. Loy tarkibidagi CaO buyum kuydirgandan keyin xam unda erkin xolatda qoladi va buyumga suv tasir etganda u tez suratda so’nadi. Keyin xosil bo’lgan Ca(O ) kristllanib buyumning xajmi kengayadi, natejada buyumda mayda darzlar xosil bo’ladi. Loyning yana bir muxim xususiyatlaridan biri uning plastikligidir. Bu ko'rsa’kich loy tarkibiga, shuninigdek undagi zarrachalar donalariga bog’liq. Qum, shamot, to’yingan toshqol, toshko’mir yoki torf kuli loyning plastikligini kamaytiradi. Bunday qo’shimchalar loy qorishmasining qurishi vaqtida kirishishini kamaytiradi. Masalan, loy plastik bo’lganda, u qurigandan keyin 12 % ga kirshsa, yuqoridagi qo’shimchalar bilan tayorlanganda esa uning kirishishi 2-6 % ga kamayadi. Sopol buyumlarni kuydirish xaroratini kamaytiruvchi qo’shilmalar yoki flyularga dala shpati, pegmintlar, shisha maydasi, kvars va boshqalar kiradi. Buyumning g’ovakligini oshirish uchun o’nga loyli mergil, to’yingan dalamit, bo’r, yog’och qipig’I, toshko’mir maydasi, to’yilgan koks, torf changi va boshqalar qo’shiladi. G’ishtni plastikligini oshirish maqsadida bentonit tuprog’i qo’shiladi. Bentonit tuprog’i -montmorilonit guruxiga kiruchi (kvars, gips, biotit, gigoslyuda va temir oksidi arlashmalari) tuproq menirallaridan tashkil topgan vulqon ko’li, tuf va lavalarning kimyoviy buzilishi jarayonida xosil bo’lgan chukindi tog’ jinsidir. Bentonit tuprog’i zontal o’qqa o’rnatilgan parraklar vositasida mundshtuk o’rnatilgan tishik tomon bosim bilan itariladi.Xorijiy zichlagich mashinalari loyni 1.6-7.0 MПа gacha bosim bilan mundushtukka itaradi.Ayniqsa kesimi bir xil bo'lgan sopol buyumlar tayorlashda mundushtuklardan ko'p foydalaniladi. Loy qorishmasining plastikligini oshirish xamda buyum g’ovakligini kamaytirish maqsadida konstruktorlar tomonidan yangi, mukammalashtirilgan tasmali vakum zichlagich ishlab chiqarildi. Bunday mashinalarda qoliplangan g’isht zich va mustaxkam bo’ladi. Chunki loy qorishmasidagi xavo fufakchalar va ortiqcha nam vakum qurilma vositasida surib olinadi. Natejada, loy plastik pishirilgan xususiyatga ega bo’ladi. Zichlagichdan chiqayotgan loy mashinaga o’rnatilgan maxsus pichoq vositasida g’isht uzunligi moslab kisiladi.Vakum zichlagichning ish unumi soatiga 5000 dan 10000 danagacha yetadi. Sex dasturini bajarish uchun xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarda ehtiyojlik hisobi(talofatlar va namlikni hisobga olganda) quydagilarni hisobga olish kerak: Gil moddasini va hom ashyoviy birikmani yoki moddani tarkibini hisobi; ko’rsatilgan hisoblar bir tonna gil modda hisobiga ishlab chiqarish kerak; 1.5- jadval Xom ashyo xarajatlari to’g’risida ma’lumotlar
Gil------------95% Bentonit---------------5% 5850------100% 5850---------------100% x-----------5558 x---------------293 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling