Tadqiqot obekti va predmeti. Isitiladigan xonani qo‗shimcha yoritish
uchun sharnirli harakatlanuvchan yassi nur qaytargichga ega bo‗lgan va
bo‗lmagan insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlari; mazkur turdagi quyoshli
isitish tizimlarining issiqlik samaradorligi.
Tadqiqot uslublari. Sharnirli o‗zgaruvchan nur qaytargich parametrlarini
optimallash uchun analitik hisob usuli qo‗llanildi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
Insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarida sharnirli harakatlanuvchan yassi
nur
qaytargichlarni
hisoblash
parametrlarini
optimallash
va
issiqlik
samaradorligini aniqlash usullari;
Ilmiy yangiligi:
-
isitiladigan xona shaffof to‗sig‗ining pastki asosiga sharnirli biriktirilgan
harakatlanvchan yassi nur qaytargichning ufqqa nisbatan qiyalik burchagining
optimal qiymatlarini hisoblash uchun ifoda;
-
janub yo‗nalishida tik o‗rnatilgan shaffof to‗siqning uning pastki asosiga
sharnirli biriktirilgan yassi nur qaytargichdan qaytgan to‗g‗ri quyosh nurlanishi
bilan yoritilayotgan sirtining kunlik o‗zgarishini hisoblash uchun ifoda.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari
O‗zbekiston janubi iqlim sharoitlarida turar-joy binolarini isitish uchun
sarflanayotgan an‘anaviy yoqilg‗ienergetika resurslarini 30-40% gacha tejashi
mumkin bo‗lgan kunduzgi ortiqcha quyosh energiyasi issiqligini isitiladigan
xonani qo‗shimcha yoritish uchun yassi nur qaytargichli insolyatsion passiv
quyoshli isitish tizimlarini hisoblash, parametrlarini optimallashtirish, loyihalash
va tatbiq qilish uchun ilmiy asoslangan dastlabki ma‘lumotlarni ishlab chiqish
imkoniyatlarini beradi.
Natijalarning
joriy
qilinishi.
Qarshi
davlat
universitetining
geliomaydonchasida yassi nur qaytargich va qisqa muddatli issiqlik jamlagich
bilan jihozlangan (tajribaviy) va jihozlanmagan (nazorat) xonalardan iborat
insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimli bir qavatli kichik о‗lchamli tajribaviy
obyekt (laboratoriya binosi)da joriy qilingan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |