Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyiha boshqaruvi


Loyiha boshqaruvini rivojlantirish modeli (PMMM - Projec Management Maturity Model) asosidagi yondashuv


Download 1.09 Mb.
bet12/67
Sana08.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1250317
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyih

Loyiha boshqaruvini rivojlantirish modeli (PMMM - Projec Management Maturity Model) asosidagi yondashuv. Ushbu model loyiha maqsadlari uchun strategik rejalashtirishni rivojlantirishga yordam beradi. PMMM modeli loyihani boshqarishning boshqa darajasini aks ettiruvchi 5 asosiy darajadan iborat (2-rasm).


1-daraja. Umumiy til. Ushbu darajadagi kompaniya, umumiy boshqaruvga asoslangan kasbiy shartlar va tilga asoslangan asosiy prinsiplarni qoʻllagan holda, loyihalarni boshqarish ahamiyatini tushunadi.


2-daraja.. Umumiy jarayonlar. Kompaniya umumiy jarayonlarni aniqlash va rivojlantirish zarurligini biladi, shuning uchun ba’zi loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli boshqarish boshqa loyihalarni yanada yaxshi boshqarishga yordam beradi. Korxona boshqaruvining boshqa sohalarida foydalaniladigan loyihalarni boshqarish vositalari va usullarini ishlatishingiz mumkin.


3-daraja. Yakka metodologiya. Kompaniya barcha korporativ usullarni birlashtiradigan sinergetik ta’siridan xabardordir, uning markazi loyiha boshqaruvi hisoblanadi. Bu jarayonning nazoratini osonlashtiradi va sinergetik ta’sirini oshiradi.


4-daraja. Taqqoslash. Kompaniya, jarayonni takomillashtirish raqobatbardosh ustunliklarni ta’minlash uchun zarur shart ekanini tushunadi. Taqqoslash doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Kompaniya shuningdek taqqoslash ob’yektlarini (kim bilan taqqoslash mumkin) va taqqoslash ob’yektlarini (nimani taqqoslash mumkin) tanlashi kerak.


5-daraja. Doimiy rivojlanish. Ushbu darajadagi qiyosiy tahlil asosida olingan ma’lumotlar baholanadi va yagona uslubiyatni (yakka metodologiyani) takomillashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilinadi.

Ushbu rivojlanish sxemasi muayyan korxonalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilishi mumkin. Ushbu rivojlanish loyihalarni boshqarish


28
samaradorligini oshirish uchun strategik rejalashtirishni amalga oshirishga yordam beradi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling