Kafolat majburiyatlarining bajarilishini boshqarish (warranty management) - ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni aniqlashda tovarlarni ta’mirlash va almashtirish uchun mijozning (iste’molchi) talablarini ta’minlash uchun loyihalarni boshqarish funksiyasi.
Loyiha konsepsiyasini boshqarish (projectidea management) - loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilishga hissa qoʻshadigan ishlarni boshqarish funksiyasidir.
140
Loyihadagi oʻzgarishlarni boshqarish (projectchange management) - loyihani boshqarish funksiyasi boʻlib, u tashqi va ichki muhitning loyihani amalga oshirishga ta’sirini hisobga olgan holda, uning hayotiy sikli davomida moslashuvini ta’minlaydi.
Loyiha sifatini boshqarish (projectquality management) - loyiha boshqaruvining funksiyasi boʻlib, u loyihaning mijozlar (iste’molchilar) ehtiyojlariga javob berishini ta’minlaydi.
Shartnomani boshqarish (projectcontracts management) - loyihaning boshqaruv funksiyasi boʻlib, mijozning boshqa loyiha ishtirokchilari bilan hamkorligi ta’minlanadi.
Loyihada moddiy resurslarni boshqarish (projectresource management) - loyiha uchun kerakli materiallarni (joriy yoki aylanma aktivlarini) va uskunalarni (uzoq muddatli aktivlarni) sotib olish va yetkazib berishni ta’minlaydigan loyihalarni boshqarish funksiyasidir.
Loyihaning mavzu maydonini boshqarish (projectscope management) - loyihani boshqarish vazifasi boʻlib, u sohaning oʻziga xos xususiyatlari, bozori, iste’molchilarning afzalliklari, mamlakatning moliya-kredit tizimi va boshqa omillar tufayli loyihani amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
Loyihani boshqarish (projectmanagemen) - loyiha maqsadlariga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni, ishlarni va harakatlarni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |