Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat binolarining yordamchi xonalari (o‘lchamlar santimetrda berilgan). Erkaklar uchun sanitariya bloklari.
Jamoat binosi vestibyulida garderobning joylashtirilishi Jamoat binosidagi kirish joyi joyidagi xonalar guruhlarini tashkil etish namunalari. 34 Jamoat binolarining yordamchi xonalari (o‘lchamlar santimetrda berilgan). Erkaklar uchun sanitariya bloklari. 35 Ayollar uchun sanitariya bloklari. 4. TOMOSHA KO‘RSATISHGA MO‘LJALLANGAN BINOLAR. KO‘RGAZMA BINOLARI VA PAVILONLARI Ko‘rgazma paviloni jamoat binolarining madaniy muassasalar binolari tarkibiga kirib, katta shahar va viloyatlarda qurishga mo‘ljallangan. Shaharsozlik nuqtai nazardan ko‘rgazma pavilonlari qo‘yidagi uch belgilar: ekspozitsiyalarni ma’nosi, ta’sir qilish zonasi va ko‘rsatish vaqtiga asosan klassifikatsiyalanadi. Ko‘rgazma pavilonlari funksiyasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi, texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, maxsus gullar, flateliya, hayvonot va h.k. qatnashuvchilarning kontingentiga ko‘ra ular xalqaro, Respublika, viloyat, shahar va noxiya ko‘rgazmalari bo‘lishi mumkin. Har bir ko‘rgazma pavilonlarining o‘ziga xos arxitektura – fazoviy muhit bo‘lishi kerak bo‘ladi va bu muhitga uchta vazifa qo‘yiladi: erishilgan yutuqni ko‘rsatish, informatsiyalar bilan almashish va tajriba almashish. Ko‘rgazma pavion binosini IV – iqlim sharoitini hisobga olib loyiha qilinishi kerak bo‘ladi. Bunda 7 – 9 darajali zilzilasimonlikni, issiq sharoitini va shunga ko‘ra obodonchilikka, suv havzalar va favvoralarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘rgazmalar kommunikativ aloqalar, tajriba almashish uchun xizmat qiladilar. Ko‘rgazmalarning asosiy vazifasi va o‘ziga xosligi u yoki bu sohada erishilgan yangi yutuq va natijalarni aniqlash va namoyish qilishdan iboratdir. 36 Rejalashtirish tuzilmasi bo‘yicha ko‘rgazma ekspozitsiyasi tuzilishining quyidagi turlarini ajratish mumkin: - muntazam o‘q bo‘yicha; - radial-halqasimon; - erkin-manzarali. Ko‘rgazma pavilonlarining o‘lchami, odatda, katta bo‘lmaydi, eksponatlar saqlanadigan xonalar maydoni namoyish etilayotgan material xususiyatlariga bog‘liq tarzda belgilanadi. Ko‘rgazmalar ekspozitsiyaning doimiy o‘zgarib turishi bilan muzeylardan farqlanadi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasini ko‘rishga bo‘lgan talablar muzeyning ekspozitsiya va ko‘rgazma zallariga qo‘yilgan talablar kabi belgilangan. Ko‘rgazmalardagi xo‘jalik xonalari bloki muzeylardagiga qaraganda ko‘proq rivojlangan, bu blok tarkibiga ekspozitsiya montajini bajarish uchun yirik ustaxonalar (masalan: duradgorlik, chilangarlik) kiradi. Fazoviy tuzilmasi bo‘yicha ko‘rgazma zallarining quyidagi turlarini ajratish mumkin: - markazlashgan binolar, ular rejaning ixchamligi va funksional jihatdan erkin universal bo‘shliqqa ega bo‘lgani bilan ajralib turadilar; - markazlashmagan binolar, ular ko‘rgazmaning mavzu bo‘yicha bo‘limlarga tabaqalovchialohida bloklardan iborat bo‘ladi. Ko‘rgazmalarning hajmiy-rejali yechimi ko‘rgazma tematikasi o‘zgarishiga qarab pavilon va ekspozitsiyalar tezkor o‘zgartirilishini, barcha pavilonlar, jumladan alohida tanlangan pavilonlar maydoni yangi yoki almashtirilayotgan eksponatlar o‘lchamiga bog‘liq ravishda o‘zgartirilishini ta’minlashi lozim. Ko‘rgazmalarda, odatda, tashrif buyuruvchilarning qarama-qarshi oqimlari to‘qnashishini istisno qiluvchi harakatlanish jadvali joriy etiladi. Pavilon balandligi belgilanmaydi, xizmat ko‘rsatuvchi xonalar balandligi – 3,3 metrgacha bo‘lishi mumkin. Ko‘rgazma biron yo‘nalishdagi yutuq va natijalarni namoyish etish vositasi sifatida turli sohaga oid yangiliklarni taqdim etadi. Pavilon ham ko‘rgazma eksponati sifatida talqin etilishi mumkin – bunda ko‘rgazmaning ichki va tashqi qiyofasi yechimini yagona me’moriy asar yaratishga o‘xshatsa bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling