132
5. ME’MORIY ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI
Akropol – qadimgi greklar shahrining
tepalikda joylashgan va
mustahkamlangan qismi;
Ampir – G‘arbiy Yevropa arxitekturasidagi so‘nggi klassitsizm uslubi (X1X
asrning birinchi choragi) . Fransiyada Napoleon 1 imperiyasi davrida paydo bo‘lgan;
bu uslubga klassik monumental shakllar xos;
Qadimgi Rimdagi dekorativ
elementlarga murojaat etiladi. Ba’zida X1X asrning 20-30 yillaridagi rus
klassitsizimining o‘ziga xos bo‘lgan variantini ham “ampir” deb atashadi.
Antablement – oraliqni yopuvchi to‘sin
yoki devorning arxitrav, friz va
karnizdan iborat bo‘lgan yuqori qismi.
Anfilada – bir o‘qda joylashgan va eshiklar orqali bog‘langan
xonalar va
zallarning qatori;
Arkada – bir xil ravoq (arka) larning qatori;
Ravoq (arka) – devordagi o‘yiq yoki ikki ustun oralig‘ining egri chiziqli
yopilmasi;
Arkbutan – binoning tashqarisida joylashgan
holda gumbazning yukini
ustunga (kontrfros)larga yoyib beruvchi tashqi tayanch ravoq.
Arxitrav – asosiy to‘sin, antablementning quyi qismi;
Atlant – to‘sinli yopilmani ko‘tarib turuvchi vertikal ustun vazifasini
bajaruvchi erkak kishi figurasi;
Atrium – Antik Rim turar joy binosidagi yuqoridan yoritiluvchi asosiy xona;
Baza – ustunning quyi qismidagi tayanchi;
Bazilika – ustunlar yordamida bir nechta neflarga bo‘lingan cho‘zinchoq
to‘rtburchak shakldagi bino.
O‘rtadagi asosiy nef yon tomondagilardan balandroq.
Bazilikka Qadimgi
Rimda paydo. Keyinchalik bazilikka xristian ibodatxonalarining keng tarqalgan
kompozitsion turiga aylanadi.
Balyustrada – ustki qismlari plita, perila bilan bog‘langan ustun
(balyasina)lardan tashkil tongan balkon va zinapoyalarning to‘siqlari;
Do'stlaringiz bilan baham: