Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti fizika fanidan mustaqil ish mavzu


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1795292
1   2   3   4   5
Bog'liq
fizika mustaqil ish

 
Termodinamikaning II qonuni
 
Termodinamika (yun. termo issiq, dynamic — kuch) — termodinamik 
muvozanat holatida turgan makroskopik tizimlarning umumiy xossalariga bu 
holatlar orasidagi o'tish jarayonlari toʻgʻrisidagi fan. TERMODINAMIKA 
fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi. 
Termodinamikaning birinchi bosh qonuni tizimning 
energiya
 saqlanish qonuni 
boʻlib, unga, asosan, tizim oʻzining ichki energiyasi yoki qandaydir tashqi energiya 
manbai hisobiga ish bajarishi mumkin. Bu qonunni Yu. R. Mayer taʼriflagan. G. 
Gelmgolts aniqroq shaklga keltirgan (1874). Termodinamikaning ikkinchi bosh 
qonun i quyidagicha: issiqlik energiyasi ishga aylanish jarayonida toʻliq miqdorda 
ishga aylanmaydi, issiqlik sovuq tizimdan issiq tizimga oʻzoʻzidan oʻta olmaydi. Bu 
qonunni R. Klauzius taʼriflagan (1850). Bu konunga asosan, har qanday mashina 
uzatilgan issiklikni toʻliq ishga aylantira olmaydi, issiklikning maʼlum qismi 
sovitkichda qoladi (qarang 
Karno sikli
). 
Termodinamikaning uchinchi bosh qonuni entropiyaning mutlaq qiymatini 
aniqlaydi; Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi. Bu qonunga koʻra, ixtiyoriy 
tizimning entropiya S si mutlaq nolga intiladigan har qanday temperatura 
Termodinamikaning bosimga, zichlikka bogʻliq boʻlmagan eng oxirgi chegaraviy 
qiymatiga erishadi. 1911-yilda M. Plank bu qonunni quyidagicha ifodalagan: 
temperatura mutlaq nolga intilganda tizim entropiyasi ham nolga intiladi. 
TERMODINAMIKAumumiy 
yoki 
fizik 
Termodinamikaning, 
TERMODINAMIKAqonunlarini issiqlik texnikasiga tatbiq qiluvchi texnik 
Termodinamikaning, TERMODINAMIKAqonunlarini kimyoviy va fizikkimyoviy 
jarayonlarga 
tatbiq 
qiluvchi 
kimyoviy 
TERMODINAMIKAga, 
TERMODINAMIKAqonunlari yordamida qaytmas jarayonlarni oʻrganuvchi 
qaytmas jarayonlar Termodinamikasiga boʻlinadi. 


Tirik organizmlarda sodir boʻladigan energiya almashinuvi fizika 
qonunlariga boʻysunadi. Shu tufayli ular elektr tarmoqlarining energiya 
uzatishidan farq qilmaydi. Keling, termodinamikaning qonunlari (energiya 
uzatishning fizik qonunlari) biz kabi tirik mavjudotlarga qaysi jihatdan tegishli 
ekanligini koʻrib chiqamiz. 
Termodinamikaning birinchi qonuni juda keng oʻylaydi: u koinotdagi 
umumiy energiya miqdorini hisobga oladi, xususan, bu umumiy miqdor 
oʻzgarmasligini aytadi. Boshqacha qilib aytganda, termodinamikaning birinchi 
qonuniga koʻra, energiyani yaratib ham, yoʻq qilib ham boʻlmaydi. U faqat 
shaklini oʻzgartirishi yoki bir jismdan boshqasiga oʻtishi mumkin. 


Bu qonun mavhum boʻlib koʻrinishi mumkin, ammo biz yon-atrofimizdagi 
misollarga qarasak, atrofimizda doimiy energiya uzatilishi va energiyaning 
oʻzgarishi sodir boʻlayotganligiga guvoh boʻlamiz. Misol uchun: 

Elektr chirogʻi elektr energiyasini yorugʻlik energiyasiga aylantiradi (nurlanish 
energiyasi). 

Bir bilyard toʻpi ikkinchisiga urilganda, kinetik energiya uzatadi va ikkinchi toʻpni 
harakatlantiradi. 

Oʻsimliklar quyosh nuri energiyasini organik molekulalarda saqlanadigan 
kimyoviy energiyaga aylantiradi. 

Yurganingizda, nafas olganingizda yoki ushbu sahifani yuqoridan pastga tushirish 
uchun barmogʻingiz harakatidan foydalanganingizda, oxirgi tanovulingizdan olgan 
kimyoviy energiyani kinetik energiyaga aylantirasiz. 
Muhimi, ushbu energiya uzatishlarning hech qaysisi mutlaqo samarasiz 
ketmaydi. Har bir jarayonda boshlangʻich energiyaning baʼzi qismi issiqlik 
energiyasi sifatida chiqariladi. Boshlangʻich energiyaning bir jismdan ikkinchisiga 
harakatlanishi natijasida chiqadigan energiya issiqlik energiyasi deb ataladi. 
Elektr chiroqlari yorugʻlik bilan birgalikda issiqlik ham hosil qiladi, bilyard 
koptogida esa ishqalanish tufayli issiqlik hosil boʻladi, oʻsimlik va hayvonlardagi 
kimyoviy energiya almashinuvida ham shunday. Bunday issiqlik hosil boʻlishining 
nima uchun muhim ekanligini bizga termodinamikaning ikkinchi qonuni 
tushuntirib beradi. 
Bir qarashda termodinamikaning birinchi qonuni ajoyib yangilikdek koʻrinishi 
mumkin. Agar energiya hech qachon yaratilmasa yoki yoʻq boʻlmasa, demak, 
energiya qayta va qayta ishlanadi, shunday emasmi? 
Xoʻsh... javob ha va yoʻq. Energiyani yaratib ham, yoʻq qilib ham boʻlmaydi, 
ammo u koʻproq foydali shakllardan kamroq foydali shakllarga oʻzgarishi mumkin. 


Koʻrinib turibdiki, hayotimizda sodir boʻladigan har bir energiya uzatishida 
yoki energiya oʻzgarishida energiyaning bir qismi foydalanib boʻlmaydigan 
(yaroqsiz) shaklga oʻtadi. Koʻp hollarda ushbu foydalanib boʻlmaydigan energiya 
issiqlik shaklini oladi. 
Aslida issiqlikdan muayyan bir sharoitda foydalanish mumkin boʻlsa-da, ammo 
u hech qachon 100% samaradorlik bilan (ish bajaradigan) boshqa turdagi 
energiyaga aylana olmaydi. Shunday qilib, har doim energiya uzatilganda, foydali 
energiyaning maʼlum miqdori foydasiz energiyaga aylanadi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling