Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar
Download 7.33 Mb.
|
Операцион тизимлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli tarmoqlar
Bitta tarmoq
Amaliyotda juda keng tarqalgan bo‘lmasa ham, ma’mur mijoz va serverni 7.18- rasmda ko‘rsatilgandek bir xil tarmoqqa joylashtirishi mumkin. Ushbu holatda operatsiyalar quyidagicha tavsiflanishi mumkin: DHCP server 67- raqamli UDP portida passiv ochiq buyruq chiqaradi va mijozni kutadi. Yuklangan mijoz 68-portda faol ochiq buyruq chiqaradi. Xabar 67-sonli port va 68-raqamli manba portidan foydalanib, UDP foydalanuvchi datagramiga kiritilgan. UDP foydalanuvchi datagrami o‘z navbatida, IP datagrammasida kapsullangan. O‘quvchi, o‘z IP manzilini (manbaa manzili) va serverning IP manzilini (belgilangan manzilni) bilmagan holda, qanday qilib mijoz IP datagramini yuborishi mumkinligini so‘rashi mumkin. Mijoz barcha 0 larni manba manzili sifatida va hamma 1 larni belgilangan manzil sifatida ishlatadi. 7.18- rasm. Mijoz va server bir tarmoqda Server UDP manbasi 67- va 68- raqamli portlar yordamida translyatsiya yoki unicast xabar orqali javob beradi. Javob unicast bo‘lishi mumkin, chunki server mijozning IP manzilini biladi. Shuningdek, u mijozning fizik manzilini ham biladi, ya’ni manzili xaritalash uchun mantiqiy ARP xizmatlariga muhtoj emasligini anglatadi. Biroq, ba’zi tizimlar ARPni chetlab o‘tishga imkon bermaydi, natijada translyatsiya manzilidan foydalaniladi. Turli tarmoqlar Amaliy sathning boshqa jarayonlarida bo‘lgani kabi, mijoz bitta tarmoqda, server esa bir necha boshqa tarmoqlar bilan ajratilgan holda bo‘lishi mumkin. 7.19-rasmda vaziyat ko‘rsatilgan. Biroq, hal qilinishi kerak bo‘lgan bitta muammo mavjud. DHCP so‘rovi translyatsiya qilinadi, chunki mijoz serverning IP manzilini bilmaydi. Efirning (Broadcast) IP datagrami biron bir marshrutizator orqali o‘taolmaydi. Bunday paketni olgan marshrutizator uni rad etadi. Eslatib o‘tamiz, barcha 1 larning IP manzili cheklangan tarqatish manzili. Muammoni hal qilish uchun vositachiga ehtiyoj bor. Reley (retranslyator) sifatida hostlardan biri (yoki amaliy sathda ishlashga sozlanishi mumkin bo‘lgan marshrutizator) ishlatilishi mumkin. Bunday holatda host reley agenti deb ataladi. Reley agenti DHCP serverining unicast manzilini biladi va 67- portida eshitiladigan xabarlarni tinglaydi. Ushbu paketni qabul qilganda, xabarni unicast ma’lumotlar datagramiga singdiradi va so‘rovni DHCP serveriga yuboradi. Paketda bitta belgilangan manzilga ega paket har qanday marshrutizator tomonidan yo‘naltiriladi va DHCP serveriga yetib boradi. DHCP server xabarning reley agentidan (retranslyator) kelganligini biladi, chunki so‘rov xabaridagi maydonlardan biri retranslyator agentining IP manzilini belgilaydi. Releyagenti javobni olgandan keyin uni DHCP mijoziga yuboradi. 7.19- rasm. Mijoz va server ikki turli xil tarmoqda Download 7.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling