Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar
Download 7.33 Mb.
|
Операцион тизимлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanuvchi agenti (User agent – UA)
To‘rtinchi senariy. To‘rtinchi va eng keng tarqalgan holatda, B o‘z pochta serveriga WAN yoki LAN orqali ulanadi. Xabar B ning pochta serveriga yetib borgandan so‘ng, B uni qaytarib olishi kerak. Bu yerda bizga xabarlarga kirish agentlari (message access agents - MAA) deb nomlanadigan mijoz-server agentlarining yana bir to‘plami kerak. B o‘zining xabarlarini olish uchun MAA mijozidan foydalanadi. Mijoz har doim ishlaydigan MAA serveriga so‘rov yuboradi va xabarlarni uzatishni talab qiladi. Vaziyat 7.11- rasmda keltirilgan.
Bu yerda ta’kidlashimiz kerak bo‘lgan ikkita muhim jihat mavjud. Birinchidan, B pochta serverini chetlab o‘ta olmaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri MTA serveridan foydalana olmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri MTA serveridan foydalanish uchun B MTA serverini doimo ishga tushirishi kerak edi, chunki u qachon xabar kelishini bilmaydi. Bu shuni anglatadiki, agar u o‘z tizimiga LAN orqali ulangan bo‘lsa, B o‘z kompyuterini doimo tarmoqa ulangan holda ushlab turishi kerak. Agar u WAN orqali ulangan bo‘lsa, u doimo aloqani saqlab turishi kerak. Bugungi kunda ushbu holatlarning ikkalasi ham amalga oshirilmaydi. Ikkinchidan, B ning mijoz-server dasturlariga yana bir juft dastur kerak: xabarlarga kirish dasturlari. Buning sababi, MTA mijoz-server dasturi jo‘natish (push) dasturidir: mijoz xabarni serverga yuboradi. B ga tortish (pull) dasturi kerak. Mijoz xabarni serverdan tortib olishi kerak. 7.12- rasmda farq ko‘rsatilgan. UA 7.11- rasm. To‘rtinchi senariy 7.12- rasm. a) Mijoz xabarlarini jo‘natish, b) Mijoz xabarlarini tortish Pochta serveriga LAN yoki WAN orqali ulanganda qabul qiluvchiga ikkita UA, ikkita juft MTA (mijoz va server) va bir juft MAA (mijoz va server) kerak bo‘ladi. Bu bugungi kunda eng keng tarqalgan holat. Foydalanuvchi agenti (User agent – UA) Elektron pochta tizimining birinchi komponenti foydalanuvchi agentidir (UA). Bu foydalanuvchi uchun xabar yuborish va qabul qilish jarayonini osonlashtiradigan xizmatni taqdim etadi. Foydalanuvchi agenti - bu xabarlarni tuzadigan, o‘qiydigan, javob beradigan va qayta yuboradigan dasturiy ta’minot to‘plami. Shuningdek, u foydalanuvchi kompyuterlarida mahalliy pochta qutilariga ishlov beradi. 7.13- rasm. Elektron pochtaning formati Pochta xabarini yuborish uchun foydalanuvchi UA orqali pochta jo‘natmalariga juda o‘xshash pochta xabarlarini yaratadi. U konvert va xabarga ega (7.13- rasmga qarang). Konvertda odatda jo‘natuvchining manzili, qabul qiluvchining manzili va boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Xabarda sarlavha va asosiy qism mavjud. Xabarning sarlavhasi yuboruvchini, qabul qiluvchini, xabar mavzusini va boshqa ba’zi ma’lumotlarni aniqlaydi. Xabarning asosiy qismida qabul qiluvchi tomonidan o‘qilishi kerak bo‘lgan haqiqiy ma’lumotlar mavjud. Foydalanuvchi agenti foydalanuvchi (yoki taymer) tomonidan ishga tushiriladi. Agar foydalanuvchida pochta bo‘lsa, UA foydalanuvchini ogohlantirish bilan xabardor qiladi. Agar foydalanuvchi pochtani o‘qishga tayyor bo‘lsa, ro‘yxat ko‘rsatiladi, unda har bir satr pochta qutisidagi ma’lum bir xabar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qisqacha mazmuni mavjud. Qisqacha bayon sifatida odatda yuboruvchining pochta manzili, xabar mavzusi va xabar yuborilgan yoki olingan vaqtni keltiriladi. Foydalanuvchi istalgan xabarlarni tanlab, undagi ma’lumotlarni ekranda ko‘rsatishi mumkin. Manzil Pochtani yetkazib berish uchun pochta bilan ishlash tizimi noyob manzillarga ega manzillar tizimidan foydalanishi kerak. Elektron pochta manzili ikki qismdan iborat: mahalliy qism va @ belgisi bilan ajratilgan domen nomi (7.14- rasmga qarang). Download 7.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling