7.6- rasm. Soket ma’lumotlarining tuzilishi
E’tibor bering, dasturchi ushbu tuzilmani qayta aniqlamasligi kerak; u allaqachon aniqlangan. Dasturchi faqat ushbu ta’rifni o‘z ichiga olgan sarlavha faylidan foydalanishi kerak.
Keling, ushbu tuzilishda foydalaniladigan maydonlarni qisqacha ko‘rib o‘tamiz:
Oilasi (Family). Ushbu maydon protokol guruhini belgilaydi: IPv4, IPv6, UNIX domen protokollari va boshqalar. Biz TCP/IP da ishlatadigan oilasi (family) turi IPv4 protokoli uchun doimiy IF_INET va IPv6 protokoli uchun IF_INET6 tomonidan belgilanadi.
Turi (Type). Ushbu maydon soketning to‘rt turini belgilaydi:
SOCK_STREAM (TCP uchun), SOCK_DGRAM (UDP uchun), SOCK_SEQPACKET (SCTP uchun) va SOCK_RAW (IP xizmatlaridan bevosita foydalanadigan ilovalar uchun) 7.7-rasmda ko‘rsatilgan.
Protokol (Protocol). Ushbu maydon interfeysni ishlatadigan protokolni belgilaydi. TCP/IP protokoli to‘plami uchun 0 ga o‘rnatiladi.
Lokal soket manzili (Local socket address). Ushbu maydon mahalliy soket manzilini belgilaydi. Soket manzili IP manzil va port raqamining kombinatsiyasi hisoblanadi.
Masofadagi soket manzili (Remote socket address). Bu maydon masofadagi soket manzilni aniqlaydi.
7.7- rasm. Soket turlari
7.2. Tarmoq operatsion tizimlari va ularning asosiy tarmoq xizmatlari
E-mail arxitekturasi
Elektron pochta arxitekturasini tushunish uchun quyidagi to‘rt senariy ko‘rib o‘tiladi.
Birinchi senariy. Birinchi holatda elektron pochtani jo‘natuvchi va qabul qiluvchi bitta pochta serveridagi foydalanuvchilar (yoki
dasturlar); ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy pochta serveriga ulangan. Ma’mur qabul qilingan xabarlar saqlanadigan har bir foydalanuvchi uchun bitta pochta qutisini yaratdi. Pochta qutisi mahalliy qattiq diskning bir qismi, ruxsat cheklovlari bo‘lgan maxsus fayl. Faqat pochta qutisi egasi unga kirish huquqiga ega. A foydalanuvchi B foydalanuvchiga xabar yuborishi kerak bo‘lganida, u xabarni tayyorlash va B ning pochta qutisiga saqlash uchun foydalanuvchi agenti (user agent - UA) dasturini ishga tushiradi. Xabarda jo‘natuvchi va qabul qiluvchining pochta qutisi manzillari (fayllarning nomlari) mavjud. B foydalanuvchi agentidan foydalangan holda o‘z pochta qutisi tarkibini o‘zi xohlagan paytda olishi va o‘qishi mumkin. 7.8- rasmda mazkur misol ko‘rsatilgan. Bu ofisdagi xodimlar o‘rtasidagi an’anaviy qaydlarni almashinishga o‘xshaydi. Pochta xonasi mavjud, u yerda har bir xodimda uning ismi yozilgan pochta qutisi mavjud. A, B ga eslatma yuborishi kerak bo‘lganida, u xatni yozadi va B ning pochta qutisiga kiritadi.
7.8- rasm. Birinchi senariy
B pochta qutisini tekshirib ko‘rganda, A ning qaydlarini topadi va o‘qiydi. Demak, elektron pochta jo‘natuvchisi va qabul qiluvchisi bitta pochta serverida bo‘lsa, faqat ikkita foydalanuvchi agenti kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |