Windows da kiritish/chiqarish qurilmalari
9.11- rasmda Windows K/Ch menejeri bilan bog‘liq bo‘lgan yadro rejimi-ning asosiy komponentlari ko‘rsatilgan. K/Ch menejeri operatsion tizim uchun barcha K/Ch uchun javobgar va barcha turdagi drayverlarga chaqiriqlarni amalga oshirishlari uchun yagona ko‘rinishdagi interfeysni ta’minlaydi.
9.11- rasm. Windows K/Ch menejeri
Kiritish/chiqarish qurilmalarining asosiy imkoniyatlari
K/Ch menejeri to‘rt turdagi yadro komponentlari bilan yaqindan ishlaydi.
Kesh menejeri: Kesh menejeri barcha fayl tizimlari uchun fayllarni keshlashni boshqaradi. U mavjud fizik xotira hajmiga qarab ma’lum bir fayl uchun taqsimlangan kesh hajmini dinamik ravishda oshirishi va kamaytirishi mumkin. Tizim yangilanishlarni diskda emas, balki, faqatgina keshda saqlaydi. Yadro oqimi diskka yozish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishlarni paketlaydi. Yangilanishlarni paketlarga yozish orqali K/Ch samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
Fayl tizimi drayverlari: K/Ch menejeri fayl tizimi drayverini boshqa qurilma drayveri kabi qabul qiladi va fayl tizimining qismini (volume) kiritish/chiqarish so‘rovlarini ushbu qism uchun tegishli dastur drayveriga yo‘naltiradi. Fayl tizimi, o‘z navbatida, qurilma vositasi adapterini boshqaruvchi dastur drayverlariga kiritish/chiqarish so‘rovlarini yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |