Qismlarni shifrlash (Volume Encryption)
Windows BitLocker deb nomlangan xususiyatdan foydalanib, butun qismlarni shifrlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu alohida fayllarni shifrlashdan ko‘ra xavfsizroqdir, chunki butun tizim ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun ishlaydi. Kriptografik kalitni taqdim etishning uchta turli xil usullari ta’minlanishi mumkin, bu bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik darajalaridan foydalanishga imkon beradi.
Windowsda fayllarni boshqarish
Windows NT ni ishlab chiquvchilari ishchi stansiyalar va serverlarning yuqori talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan yangi fayl tizimini, yangi fayl tizimi texnologiyasini (NTFS – New Technology File System) ishlab chiqdilar. Yuqori darajadagi ilovalarga quyidagi misollarni keltirishimiz mumkin: klient-server dasturlari, masalan, fayl serverlari, hisoblash serverlari va ma’lumotlar bazasi serverlari. Windows operatsion tizimida hozirgi kunda NTFS (NT oilasi operatsion tizimlarida) fayl tizimlaridan foydalaniladi. Bundan oldingi fayl tizimi esa bu FAT (bir nechta versiyalari mavjud) fayl tizimi hisoblanadi. Biz Windows operatsion tizimlarida qo‘llaniladigan ushbu fayl tizimlarini ko‘rib chiqamiz.
FAT fayl tizimi
FAT fayl tizimi osti formatlangandagi mantiqiy qismlar tarkibi 9.12- rasmda keltirilgan.
Yuklaydigan sektor operatsion tizimni yuklaydigan dasturni o‘z ichiga oladi. Bu dasturning ko‘rinishi operatsion tizim turiga bog‘liq, ya’ni ushbu bo‘limda yuklanadigan OT.
FAT jadvalining asosiy nusxasi diskga fayl va katalogni joylashtirish to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga oladi.
FAT jadvalining zahira nusxasi.
Ildiz katalog katalogdagi har bir yozuv 32 baytdan iborat bo‘lgan fayllar va kataloglar to‘g‘risida 512 ta yozuvni saqlashga yordam beradigan 32 sektorda (16 Kbayt) o‘lchamli belgilangan soha bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumotlar joylashgan joy ildizli katalogdan tashqari barcha fayl va barcha kataloglarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
FAT fayl tizimi ikki turdagi faylni qo‘llab-quvvatlaydi: oddiy fayl va katalog. Fayl tizimi faqat ma’lumotlarni xotirada taqsimlaydi.
FAT jadvali(asosiy va zahira nusxalari) ma’lumotlar klasteri miqdoriga teng miqdorda indeksni ko‘rsatuvchi massivdan iborat. Klaster va indeksli ko‘rsatkichlar bir xil ma’noga ega bo‘ladi – nolinchi klaster nolinchi ko‘rsatkichga mos keladi va boshqalar.
Indeksli ko‘rsatkich klaster bilan bog‘liq holatni tavsiflovchi quyidagi belgilarni qabul qilishi mumkin:
Bo‘sh klaster (foydalanilmaydigan);
Faylda foydalanadigan klaster va faylning so‘nggi klasteri bo‘lmaydi – bu holatda indeksli ko‘rsatkich faylning keyingi klaster raqamini o‘z ichiga oladi;
Faylning so‘ngi klasteri; Nuqsonli klaster; Zahira klasteri.
Do'stlaringiz bilan baham: |