Toshkent axborot texnologiyalari universiteti u. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev operatsion tizimlar
Download 7.33 Mb.
|
Операцион тизимлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob xabaridagi sarlavha satrlari
- Sarlavha Tavsif
- 7.5. Tarmoq dasturlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari
- Manzillash bo‘yicha kelishuvlar
Javob xabari. Javob xabari formati 7.31- rasmda keltirilgan. Javob xabari holat satridan, sarlavha satrlaridan, bo‘sh satr va ba’zan asosiy qismdan iborat. 7.31- rasm. Javob xabari formati Javob xabaridagi sarlavha satrlari. Holat satridan so‘ng nol yoki undan ko‘p javob sarlavhalariga ega bo‘lish mumkin. Har bir sarlavha satri serverdan mijozga qo‘shimcha ma’lumotlarni yuboradi. Masalan, jo‘natuvchi hujjat haqida qo‘shimcha ma’lumot yuborishi mumkin. Har bir sarlavhao‘z ichiga sarlavha nomi, ustun, bo‘sh joy va sarlavha qiymatini oladi. 7.6- jadvalda javob xabarida tez-tez ishlatiladigan ba’zi nomlar ko‘rsatilgan. 7.6- jadval
Asosiy qism. U o‘z tarkibida serverdan mijozga yuboriladigan hujjatni saqlaydi. Agar javob xato xabar bo‘lmasa, u holda asosiy qism mavjud. 7.5. Tarmoq dasturlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlariUshbu bo‘limda tarmoq dizaynerlari tomonidan hal etilishi kerak bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan to‘rt masalani ko‘rib o‘tamiz: Qanday qilib saytlar boshqa saytlarni topish uchun manzillardan foydalanadilar? Xabarlar qanday yo‘naltiriladi va ular qanday yuboriladi? Jarayonlar bir-biri bilan qanday aloqa qiladi? Resurslarga bo‘lgan ziddiyatli talablar qanday hal qilinadi? Manzillash bo‘yicha kelishuvlar Tarmoq saytlari bir-birlari bilan aloqa qilishlari va bir-birlarining manbalariga kirishlari uchun o‘z foydalanuvchilarini qanday qilib aniqlab olishni belgilashlari kerak. Point-to-Point bog‘lanishdan tashqari saytlar bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaganligi uchun ismlar, manzillar va marshrutlar talab qilinadi. Shuning uchun manzillash protokollari tarmoq topologiyasi va har bir saytning geografik joylashuvi bilan chambarchas bog‘liq. Ba’zi hollarda, o‘z tizimida birlik ma’lum bo‘lgan nomni anglatadigan "mahalliy nom" va birlikni o‘z tizimidan tashqarida bildiruvchi nom - "global nom" o‘rtasida farq bor. Bu farq foydalidir, chunki u har bir saytga mahalliy miqyosda amalga oshirish qiyin bo‘lgan yagona nomlash qoidalarini o‘rnatmasdan, o‘zlarining standartlari bo‘yicha o‘z bo‘linmalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan, global nom standart uzunliklar, formatlar va boshqa global kelishuvlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Oddiy misol sifatida Internet manzilidan foydalanganda, biz chapdan o‘ngga quyidagi tartibda ierarxik tuzilishga moslikni ko‘rishimiz mumkin: mantiqiy foydalanuvchidan host-mashinasiga, host-mashinadan tarmoq mashinasiga, tarmoq mashinadan klastergacha va klasterdan tarmoqqa. Masalan, har bir Internet manzilida: info@tuit.uz yoki igss12@aber.ac.uk, har bir komponentni ajratish uchun nuqtalar ishlatiladi. Esda tutish juda oson bo‘lgan ushbu elektron pochta manzillari mos keladigan qurilma manzillarga o‘zgartirilishi kerak. Ushbu o‘zgartirish kompyuter operatsion tizimining tarmoq bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan misollar Domen nomlari xizmati (DNS) protokoliga asoslangan bo‘lib, uning asosiy vazifasi Internet manzillarini hal qilishdir. Agar biz info@tuit.uz ni tarkibiy qismlarga ajratsak, bizda quyidagilar bo‘ladi: info – mahalliy foydalanuvchi; tuit – info deb nomlangan mahalliy foydalanuvchi uchun host; uz – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun tarmoq. Download 7.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling