Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo
Download 235.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Nilufar kurs ishi
3.XULOSA
Ushbu mavzudan kelib chiqib, xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, moliyaviy hisob va hisobot tizimi korxonaning asosiy axborot manbaasi bo’libgina qolmay, o’zini-o’zi nazorat qilish omilini ham o’zida mujassamlashtiradi. Ya’ni korxona o’tkan yilga nisbatan qancha foyda yoki zarar ko’rganligini aniqlaydi va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarini tahlil qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida asosiy e’tibor tannarxni pasaytirishga qaratilgan bo’ladi. Bunda ishchi kuchidan, tovar moddiy zaxiralaridan oqilona foydalanishning asosiy yo’llari o’ylab chiqiladi. № 1 sonli BHMSda yozilishicha har bitta BHMS mazkur standart bilan birga qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Bundan ko’rinadiki har bitta ko’rsatkich va omillar moliyaviy hisob va hisobotini tuzishda kata rol o’ynaydi. Axborot manbaasini yagona tilga o’tqazish va soddalashtirish yuzasidan yosh kadrlarimizni o’qitish usullarini jadallashtirish va chetelda o’quv-amaliyotini shakllantrishda fikr almashinish kerak deb o’ylayman. Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan moliyaviy hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib borishi, moliyaviy hisob korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xarajatlar va mahsulot tannarxini hisoblash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi, maxfiyligi, saqlash, hisobotlarni topshirish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarliklar ko’rsatib o’tilgan. Qonunda ta’kidlanganidek buxgalteriya hisobini yanda takomillashtish ,tadbirkor va buxgalterlarga yangi qulayliklar yaratilmoqda. Yildan yilga ushbu qonun hujjatlarga yangiliklar, o’zagartirishlar kiritilmoqda. Sababi, rivojlana - yotgan har bir mamlakat uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi tartib 30 qoidalar, yangi texnoligiyalar, yangi tadbirkorlik g’oyalari yaratilar ekan albatta buxgalte -riyaning ham yangi takomillashgan variantlari ham ortib boraveradi. Bu albattda xalq manfaatlarini ko’zlagan holda xizmat qilishiga guvohi bo’lmoqdamiz. Qisqacha qilib aytganda ushbu qonun hujjatlari jamiyatimizni, ishlovchilari - ni keng imkoniyatlarini yaratish maqsadida, huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashda va uni bartaraf etishda, ish sifatini yaxshilashda, vaqtni tejashda va boshqa ko’p imkoniyatlar uchun xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling