Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo
Moliyaviy hisobot va uning tarkibi
Download 235.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Nilufar kurs ishi
Moliyaviy hisobot va uning tarkibi
17 Moliyaviy hisob moliyaviy hisobot deb nomlanadigan qator hisobotlarni tuzib topshirish bilan yakunlanadi. Moliyaviy hisobotning maqsadi xo’jalik sub’ektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotni taqdim etishdan iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo’lgan butun axborotni o’z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq (16-modda), yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat bo’ladi: • buxgalteriya balansi - 1-shakl; • moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2-shakl; • asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot - 3-shakl; • pul oqimlari to’g’risida hisobot - 4-shakl; • xususiy kapital to’g’risida hisobot - 5-shakl; • debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma - 2a-shakl; • izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. Moliyaviy hisobotlarning izohlari tushuntirish xati ko’rinishida muntazam ravishda taqdim etiladi. Izohlardagi ma’lumotlar taqdim etilgan moliyaviy hisobotning har bir tegishli bandi ko’rsatilgan holda berilishi kerak. Moliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki ma’lum bir hisobot sanasi bo’yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi va schyotlardagi qoldiqlar bo’yicha ma’lumotlar ma’lum bir sanaga tuziladi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma’lum bir davr uchun tuziladi. Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan kalendar yili hisoblanadi (1-BHMS, 60- b). Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko’rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo’yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Sub’ektning yillik buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31 dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan davr hisoblanadi. 18 Xo’jalik sub’ektining yillik moliyaviy hisoboti mulk shaklidan qat’iy nazar, to’liq nusxalarda foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning (1-BHMS, 62- 63 band) 15 fevralgacha bo’lgan muddatda taqdim etiladi. Davriy (choraklik) hisobot tarkibi yillik hisobotdan hisobot shakllari sonining kamayishiga qarab farqlanadi. Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25- kunigacha, taqdim etiladi. Chunonchi, 1 yarim yil uchun moliyaviy hisobot shu yilning 25 iyulidan kechiktirmay taqdim qilinishi kerak. Download 235.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling