Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo


Download 235.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana30.04.2023
Hajmi235.47 Kb.
#1412026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nilufar kurs ishi

Hisoblash qoidasi. Hisoblash qoidasiga asosan aktivlar, passivlar, o’z
kapitali, daromadlar, xarajatlar, xo’jalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan
paytda buxgalteriya hisobida ko’rsatiladi, ular bo’yicha pul mablag’lari yoki
ularning ekvivalenti olingan yoki to’langan vaqt bundan mustasno.
Buxgalteriya yozuvlari hisobda hisoblash tamoyilidan foydalanilgan holda,
xo’jalik muomalalarining sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Bu tamoyilga
muvofiq, mahsulot xaridorga berilgandan keyingina realizatsiya qilingan
hisoblanadi, ya’ni yuklangan (tushirilgan) mahsulotning qiymati realizatsiyadan
olingan tushum hisoblanadi. Ijara haqi o’zi to’lanishi lozim bo’lgan davrdagi
xarajat sifatida ijarachining buxgalteriya registrlarida mos ravishda aks ettirilishi
lozim. Shunday qilib, hisoblash tamoyili sub’ektning daromadlari va xarajatlari
tegishli bo’lgan kelib tushish sanasidan qat’iy nazar, hisobot davrida aks
ettirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotdan
tashqari, hisoblash qoidasi asosida tuziladi.


22
Ikki yoqlama yozish usuli. Ikki yoqlama yozish usuli bilan hisob yuritish
qoidasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama
yozish tizimi asosida yuritish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi bir
xil muomala bo’yicha aynan bir xil summani buxgalteriya hisobining ikki
hisobvarag’ida – birining debeti va boshqasining kreditida aks ettirilishidan iborat
bo’ladi.
Uzluksizlik. Uzluksizlik tamoyili buxgalteriya hisobini yuritish muddati
xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatiga mos kelishi
kerakligini, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektda buxgalteriya hisobi uni tugatish
yoki bankrot bo’lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. O’z faoliyatini
tugatgan kundan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobini
yuritishni taqozo qilmaydi.

Download 235.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling