Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy
Download 235.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Nilufar kurs ishi
2.2. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy
normativ hujjatlar. Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimiga o’tish bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. Chunki xalqaro standartlarga mos buxgalteriya hisobi, hisoboti va ularning tahlilisiz korxonalar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish mumkin emas. 14 Mustaqillik yillarida respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar darajasiga chiqarish borasida talaygina ishlar qilib kelinmoqda. Moliyaviy hisobotlar tizimidagi o’zgarishlar hisob tizimida qo’llanila boshlanishi bo’ldi. Bulardan tashqari buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Milliy Standartlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi natijasida respublikamizning buxgalteriya hisobi va audit tizimida qator yangilanishlar sodir bo’ldi. 2016 yil 13- aprelda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning yangi tahririga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xalqaro andozalari asosida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqdi. Hozirgi vaqtda bizda buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BHMS) 22 ta standarti O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatdan o’tgan. № 1 (BHMS) Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. Bu standartda har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’ziga xo’jalik yuritish xususiyatlarini hisobga olgan holda qo’shimcha schyotlardan foydalanish va hisob siyosatini o’zi belgilab olishi aytib o’tilgan. № 2 (BHMS) Asosiy xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar. Bu standartga xo’jalikka kelib tushadigan daromadlarning aniqlanishi va daromad turlari berilgan. № 3 (BHMS) Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning oladigan moliyaviy natijasi haqida tushunchalar berilgan. № 4 (BHMS) Tovar-moddiy zahiralar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy zahiralari haqida ko’rsatmalar berilgan. № 5 (BHMS) Asosiy vositalar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining asosiy vositalari eskirishini hisobga olish, ularning dastlabki qiymati, qayta tiklash qiymati, qoldiq qiymati bo’yicha hisoblash yo’llari ko’rsatilgan. № 6 (BHMS) Lizing hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ktlarning lizing operatsiyalari bo’yicha tushunchalar ular bilan operatsiyalarni hisobga olish tartiblari berilgan. 15 № 7 (BHMS) Nomoddiy aktivlar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning nomoddiy aktivlari haqida tushunchalar, nomoddiy aktivlarni hisobga olish tartiblari berilgan. № 8 (BHMS) Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga qo’yilgan investitsiyalar hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning sho’ba korxonalarida hisob yuritish tartibi ularning moliya hisobotini tuzish imkoniyatlari ko’rsatilgan. № 9 (BHMS) Pul oqimi to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’lari bo’yicha, valyuta mablag’lari bo’yicha va boshqa pul oqimlari bo’yicha operatsiyalarini hisobga olish tartiblari ko’rsatilgan. № 10 (BHMS) Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga davlat subsidiyasi berilganda va davlat tomonidan berilgan yordamni hisobga olish ishlarini yuritish tartiblari ko’rsatilgan. № 11 (BHMS) Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik qayta ishlash xarajatlarini hisobga olish tartiblari berilgan. № 12 (BHMS) Moliyaviy investitsiyalar hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar bo’yicha yuritiladigan operatsiyalari haqida tushuncha berilgan. № 14 (BHMS) Xususiy kapital to’g’risida hisobot. №15 (BHMS) Buxgalteriya balansi. № 16 (BHMS) Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa va xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan voqealar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kutilmagan sharoitlarni hisobga olish va buxgalteriya balansini tuzgandan keyin xo’jalikda bo’ladigan voqealarni hisobga olish tartiblari ko’rsatilgan. № 17 (BHMS) Kapital qurilish bo’yicha pudrat shartnomalari. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kapital qurilishida pudrat shartnomasi asosida hisob yuritish tartiblari ko’rsatilgan. 16 № 19 (BHMS) Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning inventarizatsiya tashkil etish va o’tkazish tartiblari bo’yicha tushunchalar berilgan. № 20 (BHMS) Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to’g’risida. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kichik tadbirkorlik sub’ektlarining hisobotini tuzish tartiblari ko’rsatilgan. № 21 (BHMS) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yangi schyotlar rejasini qo’llanilishi bo’yicha ko’rsatmalar berilgan. № 22 (BHMS) Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar. № 23 (BHMS) Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish. № 24 (BHMS) Qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi. Aytib o’tilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan kelib chiqqan holda, hisob siyosati deganda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qilingan usullarning yig’masi tushuniladi, moliyaviy hisobot shu usullarga va ularning qoidalari va asoslariga muvofiq tuziladi, deb ta’rif beriladi. Iqtisodiy adabiyotda u quyidagicha talqin qilinadi. Korxonaning hisob siyosati-bu korxona tomonidan umum qabul qilingan qoidalar va o’z faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib e’lon qilinadigan buxgalterlik hisobini olib borishning muayyan uslublari va shakllarining majmuidir. Korxonaning hisob siyosati rasmiy hujjat sanaladi. U bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi hamda boshliqning buyrug’i yoki farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Korxonada kelasi yil uchun «Hisob siyosati» yilning oxirida tayyorlanadi. Demak, u korxonaning navbatdagi yilda buxgalteriya hisobini olib borish bo’yicha o’ziga xos rejasi hisoblanadi. Download 235.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling