Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo
Download 235.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Nilufar kurs ishi
1. ADABIYOTLAR SHARHI.
Moliyaviy hisobotni tuzish va uning axborot imkoniyatlari mavzusidagi kurs ishini tayyorlashda bir nechta darslik, o'quv qo'llanma va boshqa manbalardan foydalanildi. Ushbu adabiyotlarning ayrimlariga sharq berib o'tmoqchimiz. 1. R.D.Dusmuratov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: «Fan va texnologiya», 2013-369 b. Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim yo'nalishining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Muallif buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rolini batafsil bayon etgan va tahlil qilgan. Shuningdek, hisobning ahamiyati va axborotdan foydalanuvchilaming har xiI toifalari uchun taqdim etiladigan ma'lumotlarga batafsil to'xtalgan. Buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, predmeti va uslubi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, analitik va sintetik hisobning xususiyatlari kabi o'zlashtirish murakkab bo'lgan masalalar tushunarli va batafsil bayon qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni baholash, kalkulatsiyalash uslublari va ta'minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning xususiyallarini yoritish muhim o'rin egallagan. Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob registrlari va shakllari, buxgalLeriya hisobotining mohiyati va ahamiyati yetarli darajada bayon etilgan. Korxonaning hisob siyosati, buxgalteriya hisobini miIliy va xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilish masalalari alohida o'rin tutadi. Darslikdagi barcha materiallar yangi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, jumladan, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida bayon qilingan. Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrantlar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. Shuningdek, kitob amaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va korxona rahbarlari uchun ham 6 foydali bo'ladi deb o'ylaymiz. Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish usullarining tartiboti bo'lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va invenlarizatsiya), qiymat o'lchovida ifodalash (baholash va kalklliatsiya), joriy guruhlash (sehotlar va ikkiyoqlama yozuv) va yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xii korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha bo'ladi. 2. Ibragimov A., Ochilov I., Ro'ziev I., Rizaev N. Moliyaviy va boshqaruv hisobi./O'quv qo'llanma. –T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2007 - 77 b. Ushbu o'quv qo'llanmada iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sub'ektlardagi hisob siyosati va uning ahamiyati, buxgalteriya hisobining usullari, buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari, buxgalteriya hisobining milliy standartlari, yangi schyotlar rejasi, asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag’lari hisobi, investitsiyalar hisobi, boshqaruv hisobining kontsepsiyasi, mahsulot tannarxini aniqlash, xarajatlar hisobi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabilar yoritilgan. Ayniqsa, moliyaviy hisobotni tuzishning umumiy qoidalari aniq va sodda qilib bayon qilingan. Turli hil mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi subyektlarda zarur bo’lgan mablag’lar ma’lum manbalar hisobidan shakllanadi. Moliyaviy hisob – xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantirishdan iborat. 3. R.D.Do'smuratov, B.Yu.Menglikulov. Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. – T.:«Fan va texnologiya», 2014 -292 b. Xo'jalik hisobi, uning turlari, buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, axborotdan foydalanuvchilarning har xii toifalari, buxgalteriya hisobining 7 predrneti va metodi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kaJkulyatsiya, analitik va sintetik hisobning xususiyatJari tushunarli va batafsil bayon qilingan. Qishloq xo'jalik korxonalarida ta'tninot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o'rin egallagan., hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati etarli darajada bayon etilgan. 4. Bobojonov O, Jumaniyozov K. Moliyaviy hisob. –T.: «Moliya» nashriyoti, 2002. -393 b. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish, tijorat faoliyatini rivojlantirish va raqobatbardorshlikni kuchaytirish ishbilarmonlarning xalqaro tili bo'lmish buxgalteriya hisobining qonunlari, nizomlari va standartlarini o'rganishni taqozo qiladi. Ushbu kitobda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan yuritiladigan buxgalteriya hisobi ana shu me'yoriy hujjatlar, tartib-qoidalar asosida yoritilgan. Mazkur darslikda hisob-kitob muomalalari, resurslar, aktivlar, investitsiya, majburiyatlar hisobi, hisobot tuzish va taqdim qilish tartiblari hozirgi zamon xalqaro va milliy standartlar asosida yoritilgan. Xususan, moliyaviy hisobotni tuzish masalalariga atroflicha to'xtab o'tilgan. 5. Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Ishonqulov N.F. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. – T.: «IQTISOD-MOLIYA». 2013 – 372 b. Bugungi kunda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga asoslanib oliy ta’lim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangi, zamonaviy darsliklarni yaratish, o'quv jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni, uslublarni qo'llash, ayniqsa, talabalarni o‘z ustida mustaqil ish olib borishi uchun erkin fikrlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish muhim masala bo‘lib qolmoqda. 8 Mazkur darslikda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishning metodik asoslari, korxonalarni boshqarishda boshqaruv tahlili ma’lumotlariga ko‘proq tayangan holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiq bo‘lishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatib berishning uslubiyati amaliy ma’lumotlar asosida tahlil qilib chiqilgan va ularning mazmuni ko‘rsatib berilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, menejerlar, moliyachilar, soliqchilar, bank xodimlari, qimmatli qog‘ozlar va sarmoyalar bozori ishtirokchilari, buxgalterlar, auditorlar hamda boshqa iqtisodchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Download 235.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling