Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo
Download 235.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Nilufar kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: TOSHKENT – 2022 2 MUNDARIJA: KIRISH
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI AGROSANOATDA BUXGALTERIYA HISOBI YO’NALISHI MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT» FANI KURS ISHI MAVZU: MOLIYAVIY HISOBNING NAZARIY ASOSLARI Bajardi: Tekshirdi: TOSHKENT – 2022 2 MUNDARIJA: KIRISH……………………………………………………………………............3 1.ADABIYOTLAR SHARHI……………………………………………..........5 2.MOLIYAVIY HISOBNING NAZARIY ASOSLARI………………………..8 2.1. Moliyaviy hisobning maqsadi, asosiy vazifalari va unga qo’yilgan talablar….8 2.2.O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy normativ hujjatlar……………………………………………………………………………13 2.3.Hisob siyosati va moliyaviy hisobning asosiy tamoyillari…………………....17 3.XULOSA…………..…………………………………………………………..28 4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………..30 3 KIRISH Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun ham tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobi turlari ichida moliyaviy hisob alohida ahamiyatga ega bo’lib, u tashqi foydalanuvchilar uchun asosiy axborot manbai bo’lib hisoblanadi. Hukumatimiz tomonidan qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Korxonalarning hisob-kitoblari natijasi hamda moliya- xo'jalik faoliyati yakuni buxgalteriya moliyaviy hisobotida umumlashtiriladi. Shu sabali qishloq xo'jaligida moliyaviy hisob va hisoboti tizimini takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Moliyaviy hisobotni tuzish tartibi respublikamizda me'yoriy hujjatlar bilan belgilangan qoidalar asosida amalga oshirilib, nazariy va uslubiy masalalari ma'lum darajada tadqiq qilingan. Jumladan, Bobojonov O., Vahobov A., Do'smuratov R., Ibrohimov A., Sotivoldiev A., Xasanov N., Hoshimov B. kabilarning ilmiy ishlari chop etilgan. Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik jarayoni, inventarizatsiyani o'tkazish hamda schyotlarni yopish ketma-ketligini ishlab chiqish masalalari bugungi kunda ham muhim masalalardan hisoblanadi. Moliyaviy hisobni tashkil etishning uslubi va uslubiyotini takomillashtirishdan maqsad milliy va xorijiy mutaxassislarni hisob siyosati va hisobot axborotlarini tushunishlaridagi farqni bartaraf qilish‚ moliyaviy hisobni me’yoriy tartibga soluvchi milliy tizimini yaratish, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning 4 yagona kontseptsiyasini yaratish va ularni iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olgan holda ishlab chiqish va tadbiq etish zaruriyatidan iboratdir. Bu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobining asosi hisoblangan moliyaviy hisobni takomillashtirish, hisobni amalga oshirishda yangi usullarni qo’llash, xo’jalik faoliyatini tahlil qilish yordamida foydalanilmayotgan rezervlarni qidirib topish va ularni ishlab chiqarishga safarbar etish shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Kurs ishining asosiy maqsadi buxgalteriya moliyaviy hisobotlarini tuzishning nazariy va uslubiy jihatlarini o'rganish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda takliflar tayyorlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - moliyaviy hisobotning mohiyatini tavsiflash; - moliyaviy hisobotning ahamiyatliligini belgilovchi mezonlarni umumlashtirish va baholash; - moliyaviy hisobot elementlarini o'rganish asosida axborotlarni shakllantirishning yagona tamoyillarini ko'rsatish. 5 Download 235.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling