Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo
Moliyaviy hisobning nazariy asoslari
Download 235.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Nilufar kurs ishi
2. Moliyaviy hisobning nazariy asoslari
2.1. Moliyaviy hisobning mohiyati, asosiy vazifalari va unga qo’yilgan talablar. Moliyaviy hisob yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag’larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bo’g’liq xarajatlar aniqlanadi, xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi. Moliyaviy hisob har qanday tizimda ham quyidagi uchta funktsiyani bajaradi: 1) axborot berish; 2) nazorat qilish; 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish. Bu funktsiyalarni bajarishda moliyaviy hisob har xil usullardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, moliya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan tizimning maqsadiga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Moliyaviy hisobning asosiy vazifalarini tushunib olish uchun uning ob’ektlarini bilib olish lozim bo’ladi. Ushbu ob’ektlar quyidagi 4 ta guruhdan tashkil topgan: 1. Korxona mablag’ (resurs)lari: mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari, tayyor mahsulot, ustav fondi (kapitali), boshqa har xil fondlar, kelgusidagi xarajatlar va to’lovlar rezervi, korxonalar foydasi hisobidan tashkil 9 qilingan har xil zaxira va hakozolar. Bu mablag’lar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni uchun tegishli sharoit yaratib beradi. 2. Korxonalarda sodir bo’layotgan muhim jarayonlar: tovar –moddiy boyliklarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar realizatsiyasi, kapital qurilish va boshqa jarayonlar. 3. Hisoblashish muomalalari: byudjet, mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridorlar, ishchi va xizmatchilar, davlat banki va boshqa banklar hamda boshqa tashkilot va shaxslar bilan hisoblashishlar. 4. Korxona xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari: jamoaning daromadi, foyda va zararlari. Ushbu ob’ektlarni o’rganish va nazorat qilish jarayonida uning vazifalari yuzaga keladi. Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda moliyaviy hisob oldiga qo’yilgan talablar asosan quyidagilardan iborat: • qat’iy bir xillik (unifikatsiyalanganlik); • ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishini aks ettiradigan ko’rsatkichlarga asoslanishi; • soliq solish bazasini va byudjetga boshqa ajratmalarni to’g’ri hisoblash. Jamiyatda moliyaviy hisob ma’lumotlaridan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o’z navbatida uchta guruhga bo’linadi: • korxona boshqaruvchilari; • moliyaviy manfaatdor shaxslar; • moliyaviy manfaatdor bo’lmagan shaxslar. Demak, 1-guruh ichki foydalanuvchiga va 2, 3-guruhlar tashqi foydalanuvchiga bo’linadi. Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko’rsatkichlar qiziqtiradi: 1. Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi; 2. Korxonaning likvidligi; 3. O’zining va jalb qilingan kapitalning hissasi; 4. Aktivlarning aylanish tezligi; 5. Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabelligi; 10 6. Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda; 7. To’langan dividendlarning hissasi (agar aktsionerlik kompaniyasi bo’lsa). Chunki axborotdan foydalanuvchilar o’z manfaatini ko’zlagan holda u yoki bu axborot manbalaridan foydalanadilar. Masalan, soliq organlari soliqqa tortish uchun moliyaviy hisobot, deklaratsiya va tekshiruv ma’lumotlaridan foydalanadilar, xaridor mahsulot narxining asoslanish darajasini moliyaviy hisobotdan oladilar va hokazo. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabatlari tizimidagi o’zgarishlar, shuningdek fuqarolik-huquqiy doirasining kengayishi buxgalteriya hisobida adekvat (bir xillik) transformatsiyalash tamoyillarning zaruriyatini yuzaga chiqarmoqda. Moliyaviy hisob kontseptsiyalari va uning asosida ishlab chiqarilayotgan qonun-qoidalar asosida xo’jalik sub’ektlarida moliyaviy hisobning yuritilishini bozor infrastrukturasiga mos elementlarini yaratish zarurligi sezilmoqda. Bu borada O’zbekistonda hisob tizimini bozor iqtisodiyotiga mos tarzda tashkil etish vazifalari oldimizga qo’yiladi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat: • buxgalteriya hisobi bo’yicha amal qilinayotgan normativ aktlarni ishlab chiqarish va qayta ko’rib chiqish; • hisobning turli normativ aktlarida bir xillikni ta’minlash. Ularni bir-birini inkor etishiga va jarayonlarni to’la qamrab olganligiga ahamiyat berish; • buxgalterlik axborotini iste’mol qiluvchilarga to’liq, sifatli va davriy etkazib berish va uni o’qish yuzasidan yagona tilga o’tkazish. Kontseptsiya - turli xil tarmoqqa tegishli xo’jaliklar, turli faoliyat ko’rinishlari, tashkiliy - huquqiy shakllarda buxgalteriya hisobini olib boruvchi va tashkil etuvchi asoslarni xarakterlaydi. Kontseptsiyalar birgalikda ham, alohida- alohida holatda ham buxgalteriya hisobining maqsadlariga qarshi bo’lmasligi lozim. Moliya hisobi va moliya hisoboti kontseptsiyasi moliya hisobi va hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq, muayyan qoidalar va standartlar rioya qilingan holda tashkil etiladi. 11 Moliya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarning tushunishi uchun qulay va xolis axborotni taqdim etish; mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarga kutilajak daromadlar bilan bog’liq summalar, vaqt va tavakkalchiliklar haqida fikr yuritishga yordam beradigan axborotni taqdim etish; korxonaning xo’jalik resurslari, uning majburiyatlari, mulk tarkibi va uning hosil bo’lish manbalari, shuningdek, ularning o’zgarishlari haqidagi axborotni taqdim etish. Moliya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish pul ifodasida amalga oshiriladi. Tizimli moliya hisobida to’plangan va ishlangan axborotdan korxona tashqarisidagi foydalanuvchilariga taqdim etishning asosiy uslubi bo’lib umumiy belgilangan tashqi hisoboti hisoblanadi. Moliyaviy axborot quyidagi talablarni qondirishi kerak: tizimli (buxgalterlik) hisobida shakllanishi, aniq-puxta, xolis ahamiyatli bo’lishi kerak, bu, undan qabul qilinayotgan qaror natijasida ta’sir qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Istiqbol jihatdan qadrli, aks aloqaga asoslanishi o’z vaqtida bo’lish, boshqarishga oid yoki boshqa qarorlarni qabul qiladigan yoki tayyorlaydigan shaxslarga tushunarli bo’lishi kerak. Sintetik va tahliliy raqamlarning olib borilishini nazarda tutadigan buxgalterlik axboroti hosil bo’lishi to’g’riligini tekshirish va tasdiqlash imkonini beradi. Moliya hisobotlarida keltiriladigan buxgalterlik axboroti quyidagi talablarni qondirishi kerak: keltirilayotgan ma’lumotlarini taqqoslay olishlik: doimiy bo’lishi, ya’ni tanlangan davrda qabul qilingan metodologiya va hisob protseduralaridan foydalanishi kerak: ahamiyatli, ya’ni undan foydalanish muayyan darajada moliya hisobotida keltiriladigan faoliyat ko’rsatkichlari va natijalariga ta’sir qilish mumkin. Moliya hisobotida keltiriladigan hisob axboroti konservativ bo’lishi kerak, ya’ni aktivlar, mulkni baholashda, odatda, joiz va hollardan eng pasti tanlanadi, bu agarda aktivlar yoki mulkning bozor narxi tannarxdan yuqori bo’lsa, ya’ni 12 hisobotda boyliklar, eng past bahoda, ya’ni tannarx bo’yicha ko’rsatiladi. Aksincha, ya’ni agarda aktivlar yoki mulkning bozor narxi tannarxdan past bo’lsa, unda bu boyliklar bozor narxlarida aks ettiriladi. Ushbu xususiyat aktivlar va mulkni baholashda ehtiyotkorlikni ta’minlanganidek, foyda miqdorini aniqlashda ham muhim o’rin tutadi. Moliya hisobotlarida keltiriladigan buxgalterlik axboroti to’la va axborot foydalanuvchilari uchun zaruriy manbalarni eng ko’pini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Axborotlarga qiziqish quyidagi mazmunda berilishi talab etiladi: • investorlar va ularning vakillari ular tomonidan qo’yilgan investitsiyalardan kutilayotgan daromadlar va xatarlar haqidagi axborotlar haqida; • investitsiyalar bo’yicha imkoniyatlar va ularni idora etilishi haqida; • tashkilotlarning dividend to’lay olish qobiliyati haqida kabilar. Moliya hisobini tashkil etishdagi kontseptsiyalarni ro’yobga chiqarishda quyidagi talablar hisobga olinadi: • tashkilotning majburiyatlari va mol-mulklari shu tashkilotdagi mulk egalarining majburiyatlari va mol-mulkidan alohida hisobga olinadi; • tashkilot o’zining faoliyatini kuzatilgan kelajakda ham davom ettiradi, bu tashkilotning faoliyatini to’xtatish yoki likvidatsiya qilish kabi niyatlari mavjud bo’lmaydi, shu bilan birga o’rnatilgan qonun-qoidalar bo’yicha majburiyatlar to’lanib boriladi; • tashkilot tomonidan tanlab olingan hisob siyosati joriy yilning keyingisiga nisbatan, bir tashkilot chegarasida, shuningdek o’zaro bog’liq tashkilotlar miqyosida qo’llaniladi. Moliya hisobotini tashkil etish va moliya hisobotini tuzish kontseptsiyasining asosiy printsiplaridan yana biri har bir xo’jalik operatsiyasini, xo’jalik faktini iqtisodiy mazmun va ikki xillik xususiyatdan kelib chiqib, moliya hisobining bir xil summada aks ettirishga imkon beradigan qo’sh yozuv uslubini qo’llash hisoblanadi. 13 Sintetik va tahliliy raqamlar yordamida tashkil etilajak tizimni buxgalterlik hisobi moliya hisobotida umumlashtirilgan korxona mulki va uning shakllanish manbalari haqidagi aniq puxta axborotni olishga imkon beradi. Moliya hisobi va hisoboti asosida o’tkaziladigan korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish imkoniyatining mavjudligi ham asosiy qoida hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish, balans aktivlari likvidliligini aniqlash, ishlab chiqarish zahiralari va boshqa moddiy boyliklarning naqdligini aniqlash, shuningdek qator koeffitsientlarni hisoblashni nazarda tutadi. Moliyaviy hisobotdan nafaqat korxona ichida foydalanish, balki u asosan tashqi foydalanuvchilarga yo’naltirilganligi sababli, xalqaro qoida va standartlarga muvofiq o’tkazilishi lozim bo’lgan auditorlik tekshiruvi zarurligini ham xarakterlaydi. Auditor xulosasi mustaqil auditorlik firmasi tomonidan moliya hisobotiga izohlarni aks ettirgan holda tuziladi. Shuningdek, moliya hisobi va hisoboti tizimini tashkil etish paytida inflyatsiyani hisobga olish muhim masala hisoblanadi. Moliya hisobining qabul qilingan printsiplari mamlakatlarning ko’pchiligida boshlang’ich narxlarga asoslangan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olgan moliya hisobotlari (moliya vedomostlari) ga yo’naltirilgan. Bunday yondashuv ikki sabab bilan tushuntiriladi, boshlang’ich narxlar, korxona bitim sodir etilgan soniyasida to’lovni amalga oshirgan yoki mablag’larni olgan haqiqiy narxlarni ifodalaydi: boshlang’ich narxlar, odatda, mustaqil sheriklar o’rtasida tijorat bitimining tuzilishi natijasi hisoblanadi va shuning uchun xolis va tekshirib to’laydigan moliya operatsiyalarining ko’rsatkichlaridan iborat bo’ladi. Download 235.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling