Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo


Download 235.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana30.04.2023
Hajmi235.47 Kb.
#1412026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nilufar kurs ishi

Haqqoniy
va
xolis
taqdim
etish.
Moliyaviy
hisobotlar
foydalanuvchilarning turlaridan qat’iy nazar, sub’ektning moliyaviy holati,
muomalalar natijalari, pul mablag’lari harakati haqida haqqoniy, xolis tasavvur
hosil qilishi kerak.
Tugatilganlik. Ishonchlilikni ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobotdagi
axborot to’liq va tugatilgan bo’lishi kerak, ya’ni hisobot tuzish sohasida joriy
davrdagi hamma muomalalar hisobga olinishi va buxgalteriya yozuvlari amalga
oshirilishi va tugatilishi shart.
Izchillik. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy
ahvolidagi o’zgarish yo’nalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni
qiyoslash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak. Moliyaviy hisobot bandlarini
taqdim etish va tasniflash, agar xo’jalik yurituvchi sub’ektning muomalalari
mohiyatidagi va hisobotdagi shakllarni tahlil qilish tartibi yoki qonunda va atrof-
muhitdagi jiddiy o’zgarishlar hisobotni taqdim etish turlarini o’zgartirish
lozimligini taqozo etmasa, u holda davrdan-davrga saqlanib qolishi lozim.
O’z vaqtidalik. Ma’lumot o’z vaqtida taqdim etilsagina, foydalanuvchilar
uchun foydali hisoblanadi. Moliyaviy hisobot tuzilgan kundan keyin


25
foydalanuvchilar ixtiyoriga belgilangan muddatda etkazib berilmasa, moliyaviy
hisobotlarning foydaliligi pasayib ketadi.
Hisobot ma’lumotlari asossiz
kechiqtirilsa, u o’z ahamiyatini yo’qotgan bo’ladi.
Xolislik (ob’ektivlik). Moliyaviy hisobot sub’ektning moliyaviy ahvoli,
faoliyatining moliyaviy natijalari va pul mablag’lari haqida xolis axborot berishi
kerak. Xolislik qoidasiga erishish uchun har bir xo’jalik yurituvchi sub’yekt
buxgalteriya hisobi yuritishda va moliyaviy hisobot tuzishda BHMS va hisob
yuritishning asosiy tamoyillarini qo’llashi lozim.
Korxonaning hisob siyosati yil mobaynida doimiylik tusida bo’lishi kerak.
Ob’ektiv sabablarsiz uni o’zgartirish mumkin emas.
Hisob siyosatiga kiritilgan barcha o’zgartirishlar asoslangan bo’lishi hamda
korxona rahbarining buyrug’i yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi kerak. Hisob
siyosati rasmiy hujjat sifatida majburiy tartibda quyidagi organlar: yuqori turuvchi
tashkilotga, soliq inspektsiyasiga, bankka, ijtimoiy sug’urta, statistika boshqarmasi
idoralariga topshiriladi. U so’rov va talab bo’yicha prokuratura, sud va arbitraj
organlariga, investorlar, aktsiyadorlar, kredit beruvchilar, auditorlik firmasi va
boshqa foydalanuvchilarga ham taqdim etilishi mumkin. Hisob siyosati korxona
xodimlari uchun ochiq bo’lishi lozim.
Korxona hisob siyosatidan foydalanuvchi har bir shaxs o’z maqsadlari
yo’lida uni o’rganadi va foydalanadi. Masalan, soliq inspektsiyasi undan soliqlar
bo’yicha taqdim etilgan hisob-kitoblarning ishonchliligini, korxonada ularni
hisobga olib borishning to’g’riligini nazorat qilish maqsadlarida foydalanadi.
Banklar uchun esa, korxonaning hisob siyosati naqdga va naqdsiz hisob-kitoblar,
kassa operatsiyalarini olib borish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun
kerak. Auditorlik firmasi hisob siyosati qanday tuzilganligi, shuningdek, korxona
tomonidan unga rioya etilishi darajasi haqida xulosa beradi. Investorlar,
aktsiyadorlar, kreditorlar esa, o’z mablag’larini sarflash, shartnomalar, bitimlar
tuzish to’g’risida bir qarorga kelishidan oldin korxona hisob siyosatini o’rganadilar.


26
Shunday qilib, korxona hisob siyosati moliyaviy hisobning nazariy, uslubiy,
texnik, tashkiliy tomonlarini qamrab oladi. Nazariy qism moliyaviy hisobning
asosiy qoidalari, nizomlari va ilmiy qoidalarini o’z ichiga oladi.
Endilikda har qanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-huquqiy tuzilishdagi
va tarmoqqa tegishli korxonalar quyidagi sohalar bo’yicha o’z hisob siyosatini
tanlab olishlari mumkin:
• asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash;
• asosiy vositalarni tuzatishni hisobga olish;
• materiallarni sotib olishni hisobga olish;
• moddiy aylanma mablag’larning hisobini tashkil qilish va baholash;
• ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish;
• materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, jo’natilgan
tovarlarni baholash;
• ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni hisobda aks ettirish;
• mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasini hisobga olish;
• dargumon qarzlar bo’yicha har xil zaxira (rezerv) larni yaratish;
• sof foyda hisobidan har xil fondlarni hosil qilish va boshqa masalalar
bo’yicha.
Hisobning texnik tomoni moliyaviy hisobni olib borishning shakli
(qo’llanilajak buxgalterlik registrlari tizimi) ni buxgalterlik xizmatining tashkiliy
tadbirlarini, uning boshqaruv tizimidagi o’rni bu tizimning boshqa elementlari va
bo’g’inlari bilan o’zaro aloqasi va o’zaro ta’siri, bo’linmalar bilan bozor
iqtisodiyotning yuzaga kelishi va shakllanishi uchun xos bo’lgan o’zaro aloqalarni
o’z ichiga oladi.
Hisob siyosatining texnik jihatini yanada oydinroq yoritadigan bo’lsak,
uning texnik aspektiga quyidagi masalalar kiritiladi:
• markazlashtirilgan schyotlar rejasi asosida ishchi schyotlar rejasini ishlab
chiqish;
• buxgalteriya hisobining shakllarini tanlash;
• buxgalteriya hisobida hujjatlar aylanishi;


27
• mulk va majburiyatni inventarizatsiya qilish;
• ichki ishlab chiqarish hisoboti.
Hisob siyosatining tashkiliy aspektida buxgalteriya hisobining echilishi zarur
bo’lgan masalalari quyidagilardan iborat:
• buxgalteriya xizmatining tashkiliy shakllari;
• buxgalteriya xizmatining tarkibi va hisobni markazlashtirish darajasi;
• korxona bo’linmalarini alohida balansga o’tkazish.
Yuqorida uchta guruhga kiruvchi muammolarning eng optimal ravishda hal
qilinishi korxona hisob siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini
ta’minlaydi. Chunki hisob siyosatining dastlabki bosqichi yoki uning uslubiy
aspektida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi, ya’ni u bajarishi zarur bo’lgan
yoki hal qilib berishi lozim bo’lgan hisob jarayonlari ko’rsatilgan bo’lsa, hisob
siyosatining ikkinchi bosqichida ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun zarur
texnik usullar belgilab beriladi.
Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichda belgilab berilgan vazifalarni bajarish
uchun texnologik jarayon ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqichda, ya’ni hisob siyosatining tashkiliy aspektida ushbu
texnologik jarayonni bajaruvchi ijrochilar va ularning xizmat vazifalari aniq
belgilanishi zarur.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunga muvofiq korxonalarda
buxgalteriya hisobini quyidagi shakllarda tashkil qilish mumkin:
• mustaqil bo’linma hisoblangan buxgalteriyani tashkil qilish;
• shartnoma asosida ixtisoslashgan professional tashkilotga buxgalteriya
hisobini yuritishni topshirish;
• mutaxassislarga shartnoma asosida buxgalteriya hisobini yuritishni
topshirish.
Albatta, buxgalteriya hisobini tashkil qilishning birinchi shaklini yirik va
o’rta korxonalarda qo’llanilishi tabiiydir. Chunki bu korxonalarda buxgalteriya
hisobida bajariladigan hisob ishlari hajmi ancha katta va murakkab bo’lib,
ixtisoslashgan hisob bo’linmasi–buxgalteriyani bilishini talab qiladi.


28
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ikkinchi va uchinchi shakllari kichik
korxonalarda amalga oshirilishi mumkin. Korxona mustaqil ravishda buxgalteriya
hisobini tashkil qilishning u yoki bu shaklini topmaydi. Har qanday sharoitda
buxgalteriya hisobini yuritish va uning ahvoli uchun javobgarlik korxona
rahbarining zimmasiga yuklatiladi. Chunki buxgalteriya hisobini yuritish uchun
zarur bo’lgan sharoitlar va uning qonuniy-normativ bazasining moddiy jihatlarini
ta’minlash, mutaxassislar va bosh buxgalterni tanlash va tayinlash korxona
rahbarining zimmasiga yuklatiladi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilish uchun buxgalteriya
apparat va uning tarkibini optimal belgilash katta ahamiyatga ega. Buxgalteriya
apparati va uning tarkibini belgilashda korxonada ishlab chiqarish faoliyatining
hajmi va uning tarkibi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Chunki korxonada ishlab
chiqarish hajmi katta bo’lsa, buxgalteriya hisobi o’zining nazorat qilish va
ma’lumot berish vazifasini bajarishi uchun buxgalteriya apparati va tarkibini
shunga mos ravishda tashkil qilishi zarur.
Shuningdek, buxgalteriya apparati va tarkibini tashkil qilishga korxonaning
moliyaviy va investitsion faoliyati ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.
Korxonalardagi
shart-sharoitlardan
kelib
chiqib,
buxgalteriya
hisobi
markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va aralash shakllarida tashkil qilinishi
mumkin.
Buxgalteriya hisobi markazlashtirilgan shaklda tashkil qilinganda
buxgalteriya yagona bo’linma bo’lib, faoliyat ko’rsatadi va barcha hisob ishlari
buxgalterlar o’rtasida taqsimlanadi. Bunda buxgalterlarning ish jarayonidan
samarali foydalanish imkoniyati vujudga keladi. Buxgalteriya hisobi
markazlashtirilmagan shaklda tashkil qilinganda markaziy buxgalteriya bilan
birgalikda ishlab chiqarish bo’linmalarida ham buxgalteriya tashkil qilinadi.
Bunday holda hisobning operativligi va tahliliy ma’lumotlar berish darajasi keskin
ortadi.


29

Download 235.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling