Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo


Xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pul bahosi


Download 235.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana30.04.2023
Hajmi235.47 Kb.
#1412026
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nilufar kurs ishi

Xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pul bahosi. Barcha
xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlar yagona pul birligida baholanishi kerak.
Bu korxona mulkini, uning majburiyatlarini baholash, har xil iqtisodiy qarorlar
qabul qilish uchun boshqa sub’ektlar faoliyatining o’xshash ko’rsatkichlari bilan
taqqoslash uchun zarurdir. O’zbekiston Respublikasida so’m va uning tarkibiy
qismi – tiyin pul o’lchovi bo’lib hisoblanadi. Ayni vaqtda, agar resurslar,
majburiyatlar va kapital chet el valyutasi ekvivalentida sotib olingan yoki kiritilgan
bo’lsa, u holda tahliliy hisobda chet el valyutasi hisobini yuritish uchun zarur.
Ishonchlilik. Axborotda jiddiy yoki oldindan o’ylab kiritilgan xatolar
bo’lmasa va foydalanuvchilar unga ishonsalar, u ishonchli hisoblanadi. Xo’jalik
muomalalari ishonchliligini birlamchi hisob hujjatlari tasdiqlaydi.
Moliyaviy hisobotlar hamda hisob registrlaridagi ma’lumotlarning
ishonchliligi uchun javobgarlik hisobot shakllari va boshqa moliyaviy
ma’lumotlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ehtiyotkorlik. Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktivlar va
daromadlarning orttirilgan bahosi hamda majburiyatlar yoki xarajatlarning
bahosini pasaytirib ko’rsatilishiga yo’l qo’ymaslikni anglatadi. Ushbu tamoyilni
qo’llash yashirin zahiralarni hosil qilish yoki orttirilganligini ta’minlash aktivlar va


23
daromadlarni, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab pasaytirib yoki orttirib
ko’rsatish huquqini bermaydi.
Mazmunning shakldan ustunligi. Bu tamoyil, agar axborot ishonchli
bo’lsada, lekin yuridik jihatdan noto’g’ri shaklda taqdim etilgan bo’lsa va qaror
qabul qilish uchun zarur bo’ladigan barcha ma’lumotlarni o’zida aks ettirsagina
qo’llaniladi. Bunday hujjat ma’lumotlar qanday shaklda taqdim etilishidan qat’iy
nazar hisobga olinishi kerak.

Download 235.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling