Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo


Download 235.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana30.04.2023
Hajmi235.47 Kb.
#1412026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nilufar kurs ishi

1. ADABIYOTLAR SHARHI.
Moliyaviy hisobotni tuzish va uning axborot imkoniyatlari mavzusidagi kurs
ishini tayyorlashda bir nechta darslik, o'quv qo'llanma va boshqa manbalardan
foydalanildi. Ushbu adabiyotlarning ayrimlariga sharq berib o'tmoqchimiz.
1. R.D.Dusmuratov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: «Fan va
texnologiya», 2013-369 b.
Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim
yo'nalishining namunaviy dasturi asosida yozilgan. Muallif buxgalteriya hisobining
asosiy tamoyillarini, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rolini batafsil bayon
etgan va tahlil qilgan. Shuningdek, hisobning ahamiyati va axborotdan
foydalanuvchilaming har xiI toifalari uchun taqdim etiladigan ma'lumotlarga
batafsil to'xtalgan.
Buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, predmeti va uslubi,
balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda
yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, analitik va
sintetik hisobning xususiyatlari kabi o'zlashtirish murakkab bo'lgan masalalar
tushunarli va batafsil bayon qilingan.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni baholash, kalkulatsiyalash
uslublari va ta'minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning
xususiyallarini yoritish muhim o'rin egallagan. Hujjatlashtirish, inventarizatsiya,
hisob registrlari va shakllari, buxgalLeriya hisobotining mohiyati va ahamiyati
yetarli darajada bayon etilgan. Korxonaning hisob siyosati, buxgalteriya hisobini
miIliy va xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilish masalalari alohida o'rin tutadi.
Darslikdagi barcha materiallar yangi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, jumladan,
buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida bayon qilingan.
Darslik 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audib) bakalavriat ta'lim yo'nalishi
talabalari, magistrantlar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. Shuningdek,
kitob
amaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va korxona rahbarlari
uchun ham


6
foydali bo'ladi deb o'ylaymiz.
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish usullarining tartiboti
bo'lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki
kuzatish (hujjatlashtirish va invenlarizatsiya), qiymat o'lchovida ifodalash
(baholash va kalklliatsiya), joriy guruhlash (sehotlar va ikkiyoqlama yozuv) va
yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya
hisobining bir
xildagi metodini har xii korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati
turlicha bo'ladi.
2. Ibragimov A., Ochilov I., Ro'ziev I., Rizaev N. Moliyaviy va boshqaruv
hisobi./O'quv qo'llanma. –T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2007 - 77 b.
Ushbu o'quv qo'llanmada iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
sub'ektlardagi hisob siyosati va uning ahamiyati, buxgalteriya hisobining usullari,
buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakllari, buxgalteriya hisobining milliy
standartlari, yangi schyotlar rejasi, asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar, pul
mablag’lari hisobi, investitsiyalar hisobi, boshqaruv hisobining kontsepsiyasi,
mahsulot tannarxini aniqlash, xarajatlar hisobi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish
kabilar yoritilgan. Ayniqsa, moliyaviy hisobotni tuzishning umumiy qoidalari aniq
va sodda qilib bayon qilingan.
Turli hil mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi subyektlarda
zarur bo’lgan mablag’lar ma’lum manbalar hisobidan shakllanadi. Moliyaviy hisob
– xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan
resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantirishdan
iborat.
3. R.D.Do'smuratov, B.Yu.Menglikulov. Qishloq xo’jaligida buxgalteriya
hisobi va statistika asoslari. – T.:«Fan va texnologiya», 2014 -292 b.
Xo'jalik hisobi, uning turlari, buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va
vazifalari, axborotdan foydalanuvchilarning har xii toifalari, buxgalteriya
hisobining


7
predrneti va metodi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti
sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining
schotlari va ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va
kaJkulyatsiya, analitik va sintetik hisobning xususiyatJari tushunarli va batafsil
bayon qilingan.
Qishloq xo'jalik korxonalarida ta'tninot, ishlab chiqarish hamda sotish
jarayonlarini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o'rin egallagan.,
hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati
etarli darajada bayon etilgan.
4. Bobojonov O, Jumaniyozov K. Moliyaviy hisob. –T.: «Moliya» nashriyoti,
2002. -393 b.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish,
tijorat
faoliyatini
rivojlantirish
va
raqobatbardorshlikni
kuchaytirish
ishbilarmonlarning xalqaro tili bo'lmish buxgalteriya hisobining qonunlari,
nizomlari va standartlarini o'rganishni taqozo qiladi. Ushbu kitobda mulkchilik
shaklidan qat'iy nazar korxona, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan
yuritiladigan buxgalteriya hisobi ana shu me'yoriy hujjatlar, tartib-qoidalar asosida
yoritilgan.
Mazkur darslikda hisob-kitob muomalalari, resurslar, aktivlar, investitsiya,
majburiyatlar hisobi, hisobot tuzish va taqdim qilish tartiblari hozirgi zamon
xalqaro va milliy standartlar asosida yoritilgan. Xususan, moliyaviy hisobotni
tuzish masalalariga atroflicha to'xtab o'tilgan.
5. Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Ishonqulov N.F. “Moliyaviy va
boshqaruv tahlili”. – T.: «IQTISOD-MOLIYA». 2013 – 372 b.
Bugungi kunda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi»ga asoslanib oliy ta’lim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yangi, zamonaviy darsliklarni yaratish, o'quv jarayonlarida yangi
pedagogik texnologiyalarni, uslublarni qo'llash, ayniqsa, talabalarni o‘z ustida
mustaqil ish olib borishi uchun erkin fikrlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan yangi
avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish muhim masala bo‘lib qolmoqda.


8
Mazkur darslikda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatini
tahlil qilishning metodik asoslari, korxonalarni boshqarishda boshqaruv tahlili
ma’lumotlariga ko‘proq tayangan holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiq
bo‘lishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, moliyaviy
ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatib berishning uslubiyati amaliy
ma’lumotlar asosida tahlil qilib chiqilgan va ularning mazmuni ko‘rsatib berilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar va katta ilmiy
xodim-izlanuvchilar, menejerlar, moliyachilar, soliqchilar, bank xodimlari,
qimmatli qog‘ozlar va sarmoyalar bozori ishtirokchilari, buxgalterlar, auditorlar
hamda boshqa iqtisodchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Download 235.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling