Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo


 O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy


Download 235.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana30.04.2023
Hajmi235.47 Kb.
#1412026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nilufar kurs ishi

2.2. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy
normativ hujjatlar.
Respublikamizda bozor munosabatlariga asoslangan buxgalteriya hisobi va
hisoboti tizimiga o’tish bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. Chunki xalqaro
standartlarga mos buxgalteriya hisobi, hisoboti va ularning tahlilisiz korxonalar
faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish mumkin emas.


14
Mustaqillik yillarida respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotini
xalqaro standartlar darajasiga chiqarish borasida talaygina ishlar qilib kelinmoqda.
Moliyaviy hisobotlar tizimidagi o’zgarishlar hisob tizimida qo’llanila boshlanishi
bo’ldi. Bulardan tashqari buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Milliy
Standartlarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi natijasida respublikamizning
buxgalteriya hisobi va audit tizimida qator yangilanishlar sodir bo’ldi. 2016 yil 13-
aprelda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunning yangi
tahririga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xalqaro andozalari asosida
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqdi. Hozirgi vaqtda bizda
buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BHMS) 22 ta standarti O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligida ro’yxatdan o’tgan.
№ 1 (BHMS) Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. Bu standartda har bir
xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’ziga xo’jalik yuritish xususiyatlarini hisobga olgan
holda qo’shimcha schyotlardan foydalanish va hisob siyosatini o’zi belgilab olishi
aytib o’tilgan.
№ 2 (BHMS) Asosiy xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar. Bu
standartga xo’jalikka kelib tushadigan daromadlarning aniqlanishi va daromad
turlari berilgan.
№ 3 (BHMS) Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning oladigan moliyaviy natijasi haqida tushunchalar berilgan.
№ 4 (BHMS) Tovar-moddiy zahiralar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning moddiy zahiralari haqida ko’rsatmalar berilgan.
№ 5 (BHMS) Asosiy vositalar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarining asosiy vositalari eskirishini hisobga olish, ularning dastlabki
qiymati, qayta tiklash qiymati, qoldiq qiymati bo’yicha hisoblash yo’llari
ko’rsatilgan.
№ 6 (BHMS) Lizing hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ktlarning
lizing operatsiyalari bo’yicha tushunchalar ular bilan operatsiyalarni hisobga olish
tartiblari berilgan.


15
№ 7 (BHMS) Nomoddiy aktivlar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning nomoddiy aktivlari haqida tushunchalar, nomoddiy aktivlarni
hisobga olish tartiblari berilgan.
№ 8 (BHMS) Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik
jamiyatlariga qo’yilgan investitsiyalar hisobi. Bu standartda xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning sho’ba korxonalarida hisob yuritish tartibi ularning moliya
hisobotini tuzish imkoniyatlari ko’rsatilgan.
№ 9 (BHMS) Pul oqimi to’g’risida hisobot. Bu standartda xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’lari bo’yicha, valyuta mablag’lari bo’yicha
va boshqa pul oqimlari bo’yicha operatsiyalarini hisobga olish tartiblari
ko’rsatilgan.
№ 10 (BHMS) Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash. Bu
standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga davlat subsidiyasi berilganda va davlat
tomonidan berilgan yordamni hisobga olish ishlarini yuritish tartiblari ko’rsatilgan.
№ 11 (BHMS) Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan
xarajatlar. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik qayta ishlash xarajatlarini hisobga olish tartiblari berilgan.
№ 12 (BHMS) Moliyaviy investitsiyalar hisobi. Bu standartda xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy
investitsiyalar bo’yicha yuritiladigan operatsiyalari haqida tushuncha berilgan.
№ 14 (BHMS) Xususiy kapital to’g’risida hisobot.
№15 (BHMS) Buxgalteriya balansi.
№ 16 (BHMS) Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan
hodisa va xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan voqealar. Bu standartda xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarda kutilmagan sharoitlarni hisobga olish va buxgalteriya
balansini tuzgandan keyin xo’jalikda bo’ladigan voqealarni hisobga olish tartiblari
ko’rsatilgan.
№ 17 (BHMS) Kapital qurilish bo’yicha pudrat shartnomalari. Bu standartda
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kapital qurilishida pudrat shartnomasi asosida
hisob yuritish tartiblari ko’rsatilgan.


16
№ 19 (BHMS) Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish. Bu standartda
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning inventarizatsiya tashkil etish va o’tkazish
tartiblari bo’yicha tushunchalar berilgan.
№ 20 (BHMS) Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan soddalashtirilgan
hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to’g’risida. Bu standartda xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning kichik tadbirkorlik sub’ektlarining hisobotini tuzish tartiblari
ko’rsatilgan.
№ 21 (BHMS) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik
faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha
yo’riqnoma. Bu standartda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yangi schyotlar
rejasini qo’llanilishi bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.
№ 22 (BHMS) Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar.
№ 23 (BHMS) Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni
shakllantirish.
№ 24 (BHMS) Qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi.
Aytib o’tilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan kelib chiqqan holda, hisob
siyosati deganda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari buxgalteriya hisobini
yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qilingan usullarning yig’masi
tushuniladi, moliyaviy hisobot shu usullarga va ularning qoidalari va asoslariga
muvofiq tuziladi, deb ta’rif beriladi.
Iqtisodiy adabiyotda u quyidagicha talqin qilinadi. Korxonaning hisob
siyosati-bu korxona tomonidan umum qabul qilingan qoidalar va o’z faoliyatining
o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib e’lon qilinadigan buxgalterlik hisobini olib
borishning muayyan uslublari va shakllarining majmuidir.
Korxonaning hisob siyosati rasmiy hujjat sanaladi. U bosh buxgalter
tomonidan ishlab chiqiladi hamda boshliqning buyrug’i yoki farmoyishi bilan
tasdiqlanadi. Korxonada kelasi yil uchun «Hisob siyosati» yilning oxirida
tayyorlanadi. Demak, u korxonaning navbatdagi yilda buxgalteriya hisobini olib
borish bo’yicha o’ziga xos rejasi hisoblanadi.

Download 235.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling