Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo


 Moliyaviy hisobning nazariy asoslari


Download 235.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana30.04.2023
Hajmi235.47 Kb.
#1412026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nilufar kurs ishi

2. Moliyaviy hisobning nazariy asoslari
2.1. Moliyaviy hisobning mohiyati, asosiy vazifalari va unga qo’yilgan
talablar.
Moliyaviy hisob yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul
mablag’larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish
va uni sotish bilan bo’g’liq xarajatlar aniqlanadi, xo’jalik faoliyatining moliyaviy
natijalari va korxonaning umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar topiladi.
Moliyaviy hisob har qanday tizimda ham quyidagi uchta funktsiyani bajaradi:
1) axborot berish; 2) nazorat qilish; 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish. Bu
funktsiyalarni bajarishda moliyaviy hisob har xil usullardan foydalanishi mumkin.
Shuningdek, moliya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan tizimning
maqsadiga qarab har xil vazifalarni bajarishi mumkin.
Moliyaviy hisobning asosiy vazifalarini tushunib olish uchun uning
ob’ektlarini bilib olish lozim bo’ladi. Ushbu ob’ektlar quyidagi 4 ta guruhdan
tashkil topgan:
1. Korxona mablag’ (resurs)lari: mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar,
pul mablag’lari, tayyor mahsulot, ustav fondi (kapitali), boshqa har xil fondlar,
kelgusidagi xarajatlar va to’lovlar rezervi, korxonalar foydasi hisobidan tashkil


9
qilingan har xil zaxira va hakozolar. Bu mablag’lar korxonaning ishlab
chiqarish jarayoni uchun tegishli sharoit yaratib beradi.
2. Korxonalarda sodir bo’layotgan muhim jarayonlar: tovar –moddiy
boyliklarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, bajarilgan ish
va xizmatlar realizatsiyasi, kapital qurilish va boshqa jarayonlar.
3. Hisoblashish muomalalari: byudjet, mol etkazib beruvchi va pudratchilar,
xaridorlar, ishchi va xizmatchilar, davlat banki va boshqa banklar hamda boshqa
tashkilot va shaxslar bilan hisoblashishlar.
4. Korxona xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari: jamoaning daromadi,
foyda va zararlari. Ushbu ob’ektlarni o’rganish va nazorat qilish jarayonida uning
vazifalari yuzaga keladi.
Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda moliyaviy hisob oldiga qo’yilgan
talablar asosan quyidagilardan iborat:
• qat’iy bir xillik (unifikatsiyalanganlik);
• ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishini aks ettiradigan
ko’rsatkichlarga asoslanishi;
• soliq solish bazasini va byudjetga boshqa ajratmalarni to’g’ri hisoblash.
Jamiyatda moliyaviy hisob ma’lumotlaridan juda keng miqyosda
foydalaniladi. Ushbu foydalanuvchilar o’z navbatida uchta guruhga bo’linadi:
• korxona boshqaruvchilari;
• moliyaviy manfaatdor shaxslar;
• moliyaviy manfaatdor bo’lmagan shaxslar.
Demak, 1-guruh ichki foydalanuvchiga va 2, 3-guruhlar tashqi
foydalanuvchiga bo’linadi.
Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko’rsatkichlar qiziqtiradi:
1. Korxona aktivlari va passivlarining tuzilishi;
2. Korxonaning likvidligi;
3. O’zining va jalb qilingan kapitalning hissasi;
4. Aktivlarning aylanish tezligi;
5. Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan mahsulotning rentabelligi;


10
6. Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda;
7. To’langan dividendlarning hissasi (agar aktsionerlik kompaniyasi bo’lsa).
Chunki axborotdan foydalanuvchilar o’z manfaatini ko’zlagan holda u yoki
bu axborot manbalaridan foydalanadilar. Masalan, soliq organlari soliqqa tortish
uchun moliyaviy hisobot, deklaratsiya va tekshiruv ma’lumotlaridan foydalanadilar,
xaridor mahsulot narxining asoslanish darajasini moliyaviy hisobotdan oladilar va
hokazo.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabatlari tizimidagi o’zgarishlar,
shuningdek fuqarolik-huquqiy doirasining kengayishi buxgalteriya hisobida
adekvat (bir xillik) transformatsiyalash tamoyillarning zaruriyatini yuzaga
chiqarmoqda.
Moliyaviy hisob kontseptsiyalari va uning asosida ishlab chiqarilayotgan
qonun-qoidalar asosida xo’jalik sub’ektlarida moliyaviy hisobning yuritilishini
bozor infrastrukturasiga mos elementlarini yaratish zarurligi sezilmoqda.
Bu borada O’zbekistonda hisob tizimini bozor iqtisodiyotiga mos tarzda
tashkil etish vazifalari oldimizga qo’yiladi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:
• buxgalteriya hisobi bo’yicha amal qilinayotgan normativ aktlarni ishlab
chiqarish va qayta ko’rib chiqish;
• hisobning turli normativ aktlarida bir xillikni ta’minlash. Ularni bir-birini
inkor etishiga va jarayonlarni to’la qamrab olganligiga ahamiyat berish;
• buxgalterlik axborotini iste’mol qiluvchilarga to’liq, sifatli va davriy
etkazib berish va uni o’qish yuzasidan yagona tilga o’tkazish.
Kontseptsiya - turli xil tarmoqqa tegishli xo’jaliklar, turli faoliyat
ko’rinishlari, tashkiliy - huquqiy shakllarda buxgalteriya hisobini olib boruvchi va
tashkil etuvchi asoslarni xarakterlaydi. Kontseptsiyalar birgalikda ham, alohida-
alohida holatda ham buxgalteriya hisobining maqsadlariga qarshi bo’lmasligi
lozim.
Moliya hisobi va moliya hisoboti kontseptsiyasi moliya hisobi va
hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq, muayyan qoidalar va standartlar rioya
qilingan holda tashkil etiladi.


11
Moliya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:

mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarning tushunishi
uchun qulay va xolis axborotni taqdim etish;

mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarga kutilajak
daromadlar bilan bog’liq summalar, vaqt va tavakkalchiliklar haqida fikr yuritishga
yordam beradigan axborotni taqdim etish;

korxonaning xo’jalik resurslari, uning majburiyatlari, mulk tarkibi va
uning hosil bo’lish manbalari, shuningdek, ularning o’zgarishlari haqidagi
axborotni taqdim etish.
Moliya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish pul ifodasida amalga oshiriladi.
Tizimli moliya hisobida to’plangan va ishlangan axborotdan korxona
tashqarisidagi foydalanuvchilariga taqdim etishning asosiy uslubi bo’lib umumiy
belgilangan tashqi hisoboti hisoblanadi.
Moliyaviy axborot quyidagi talablarni qondirishi kerak: tizimli (buxgalterlik)
hisobida shakllanishi, aniq-puxta, xolis ahamiyatli bo’lishi kerak, bu, undan qabul
qilinayotgan qaror natijasida ta’sir qilish uchun foydalanishga imkon beradi.
Istiqbol jihatdan qadrli, aks aloqaga asoslanishi o’z vaqtida bo’lish, boshqarishga
oid yoki boshqa qarorlarni qabul qiladigan yoki tayyorlaydigan shaxslarga
tushunarli bo’lishi kerak. Sintetik va tahliliy raqamlarning olib borilishini nazarda
tutadigan buxgalterlik axboroti hosil bo’lishi to’g’riligini tekshirish va tasdiqlash
imkonini beradi.
Moliya hisobotlarida keltiriladigan buxgalterlik axboroti quyidagi talablarni
qondirishi kerak: keltirilayotgan ma’lumotlarini taqqoslay olishlik: doimiy bo’lishi,
ya’ni tanlangan davrda qabul qilingan metodologiya va hisob protseduralaridan
foydalanishi kerak: ahamiyatli, ya’ni undan foydalanish muayyan darajada moliya
hisobotida keltiriladigan faoliyat ko’rsatkichlari va natijalariga ta’sir qilish
mumkin.
Moliya hisobotida keltiriladigan hisob axboroti konservativ bo’lishi kerak,
ya’ni aktivlar, mulkni baholashda, odatda, joiz va hollardan eng pasti tanlanadi, bu
agarda aktivlar yoki mulkning bozor narxi tannarxdan yuqori bo’lsa, ya’ni


12
hisobotda boyliklar, eng past bahoda, ya’ni tannarx bo’yicha ko’rsatiladi. Aksincha,
ya’ni agarda aktivlar yoki mulkning bozor narxi tannarxdan past bo’lsa, unda bu
boyliklar bozor narxlarida aks ettiriladi. Ushbu xususiyat aktivlar va mulkni
baholashda ehtiyotkorlikni ta’minlanganidek, foyda miqdorini aniqlashda ham
muhim o’rin tutadi.
Moliya hisobotlarida keltiriladigan buxgalterlik axboroti to’la va axborot
foydalanuvchilari uchun zaruriy manbalarni eng ko’pini o’z ichiga olgan bo’lishi
kerak.
Axborotlarga qiziqish quyidagi mazmunda berilishi talab etiladi:

investorlar va ularning vakillari ular tomonidan qo’yilgan
investitsiyalardan kutilayotgan daromadlar va xatarlar haqidagi axborotlar haqida;

investitsiyalar bo’yicha imkoniyatlar va ularni idora etilishi haqida;

tashkilotlarning dividend to’lay olish qobiliyati haqida kabilar.
Moliya hisobini tashkil etishdagi kontseptsiyalarni ro’yobga chiqarishda
quyidagi talablar hisobga olinadi:

tashkilotning majburiyatlari va mol-mulklari shu tashkilotdagi mulk
egalarining majburiyatlari va mol-mulkidan alohida hisobga olinadi;

tashkilot o’zining faoliyatini kuzatilgan kelajakda ham davom ettiradi,
bu tashkilotning faoliyatini to’xtatish yoki likvidatsiya qilish kabi niyatlari mavjud
bo’lmaydi, shu bilan birga o’rnatilgan qonun-qoidalar bo’yicha majburiyatlar
to’lanib boriladi;

tashkilot tomonidan tanlab olingan hisob siyosati joriy yilning
keyingisiga nisbatan, bir tashkilot chegarasida, shuningdek o’zaro bog’liq
tashkilotlar miqyosida qo’llaniladi.
Moliya hisobotini tashkil etish va moliya hisobotini tuzish
kontseptsiyasining asosiy printsiplaridan yana biri har bir xo’jalik operatsiyasini,
xo’jalik faktini iqtisodiy mazmun va ikki xillik xususiyatdan kelib chiqib, moliya
hisobining bir xil summada aks ettirishga imkon beradigan qo’sh yozuv uslubini
qo’llash hisoblanadi.


13
Sintetik va tahliliy raqamlar yordamida tashkil etilajak tizimni buxgalterlik
hisobi moliya hisobotida umumlashtirilgan korxona mulki va uning shakllanish
manbalari haqidagi aniq puxta axborotni olishga imkon beradi.
Moliya hisobi va hisoboti asosida o’tkaziladigan korxonaning moliyaviy
ahvolini tahlil qilish imkoniyatining mavjudligi ham asosiy qoida hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish, balans aktivlari likvidliligini aniqlash,
ishlab chiqarish zahiralari va boshqa moddiy boyliklarning naqdligini aniqlash,
shuningdek qator koeffitsientlarni hisoblashni nazarda tutadi.
Moliyaviy hisobotdan nafaqat korxona ichida foydalanish, balki u asosan
tashqi foydalanuvchilarga yo’naltirilganligi sababli, xalqaro qoida va standartlarga
muvofiq o’tkazilishi lozim bo’lgan auditorlik tekshiruvi zarurligini ham
xarakterlaydi.
Auditor xulosasi mustaqil auditorlik firmasi tomonidan moliya hisobotiga
izohlarni aks ettirgan holda tuziladi. Shuningdek, moliya hisobi va hisoboti
tizimini tashkil etish paytida inflyatsiyani hisobga olish muhim masala hisoblanadi.
Moliya hisobining qabul qilingan printsiplari mamlakatlarning ko’pchiligida
boshlang’ich narxlarga asoslangan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olgan moliya
hisobotlari (moliya vedomostlari) ga yo’naltirilgan.
Bunday yondashuv ikki sabab bilan tushuntiriladi, boshlang’ich narxlar,
korxona bitim sodir etilgan soniyasida to’lovni amalga oshirgan yoki mablag’larni
olgan haqiqiy narxlarni ifodalaydi: boshlang’ich narxlar, odatda, mustaqil sheriklar
o’rtasida tijorat bitimining tuzilishi natijasi hisoblanadi va shuning uchun xolis va
tekshirib to’laydigan moliya operatsiyalarining ko’rsatkichlaridan iborat bo’ladi.

Download 235.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling