Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti agrosanoatda buxgalteriya hisobi yo


 Hisob siyosati va moliyaviy hisobning asosiy tamoyillari


Download 235.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana30.04.2023
Hajmi235.47 Kb.
#1412026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nilufar kurs ishi

2.3 Hisob siyosati va moliyaviy hisobning asosiy tamoyillari.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati sub’ekt tomonidan
moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llaniladigan o’ziga xos qoidalar va
amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan
«Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMA asoslarida
taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
Hisob yuritish siyosati shunday tashkil qilinishi kerakki, unda moliyaviy hisobot
barcha uchun qulay bo’lgan BHMA asosida tuzilishi mumkin bo’lsin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati quyidagicha bo’lishi lozim:

foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ahamiyatli;

ishonchli bo’lishi;

aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa sub’ektlarning moliyaviy
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi;

tushunarli va oddiy bo’lishi shart.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq
yo’nalishi bo’yicha sub’ektning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun
hujjatlarini qo’llash lozim.


19
Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar
ta’sir etadi:

mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl;

faoliyat turi yoki tarmoq bo’ysunuvi;

ishlab chiqarish ko’lami hamda ishlovchi xodimlarning soni;

soliq solish tizimi bilan munosabat (har xil soliqlardan ozod bo’lish,
soliq
stavkalari, soliq solish bo’yicha imtiyozlar);

bozor munosabatlariga o’tish sharoitida harakat qilish erkinligining
darajasi;

moliya-xo’jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi (uzoq kelajakda
korxonaning iqtisodiy rivojlanish masalalari va maqsadlari, sarmoyalarning
kutilayotgan yo’nalishlari, kelajakdagi masalalarni echishdagi taktik yondoshuvlar);

boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;

korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimining
mavjudligi;

buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona rahbarlarining
tashabbuskorligi, talabchanligi hamda tadbirkorligi;

korxona ishi samarasidan moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar
bo’yicha moddiy javobgarlik tizimi.
Korxona rahbari yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda hisob yuritish
siyosatini asoslashi va to’g’ri yondashishi mumkin. Maxsus BHMAlar
bo’lmaganda, korxona rahbari hisobyuritish siyosatini ishlab chiqishda o’z
tushunchalaridan foydalanishga haqli, chunki u foydalanuvchilar uchun moliyaviy
hisobotlardan foydali axborotlarni bera oladi. O’z tushunchalarini qo’llash
jarayonida korxona rahbari BHMAning shu kabi masalalar bo’yicha talablari va
ko’rsatmalarini, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan e’lon
qilingan har qanday boshqa axborotni, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilangan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun


20
ularni aniqlash, aks ettirish va o’lchash baholarini, kapitalning asosiy jahon
moliyaviy bozorlari tomonidan qabul qilingan tarmoq amaliyotini ko’rib chiqadi.
Hisob yuritish siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish
uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1
yanvaridan boshlab qo’llaniladi, hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar bundan mustasno.
Yangi tuzilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga
qadar, o’zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs
maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Sub’ekt
tomonidan tanlangan hisob yuritish siyosati yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan
vaqtdan (davlat ro’yxatidan o’tgandan) keyin qo’llanilishi mumkin.
Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o’zgartirilmaydi.
Quyidagi hollarda xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosatida
o’zgarishlar bo’lishi mumkin:
• sub’ekt qayta tashkil etilganida;
• mulkdorlar o’zgarganida;
• O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va O’zbekiston Respublikasida
buxgalteriya hisobotini me’yoriy tartibga solish tizimida o’zgarishlar
bo’lganida;
• Buxgalteriya hisobining yangi omillarini ishlab chiqishda.
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan bog’liq bo’lmagan hisob
siyosatidagi
o’zgarishlarning
oqibatlari
buxgalteriya
hisobi
yuritishda
o’zgartirilgan omillarning qo’llanilish kuni (oyning birinchi sanasi) dan sub’ekt
tomonidan tekshirilgan qiymat ko’rinishida baholanishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16-
50 bandlarida va «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual
asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi mumkin:
• hisoblash tamoyili;
• ikki yoqlama yozish usuli;
• uzluksizlik;


21
• xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning puldagi bahosi;
• ishonchlilik;
• ehtiyotkorlik;
• mazmunning shakldan ustunligi;
• ko’rsatkichlarning qiyosiyligi;
• moliyaviy hisobotning betarafligi;
• aktivlar va passivlarning aniq bahosi;
• hisobot davri daromad va xarajatlarining mosligi;
• tushunarlilik, oddiylik;
• ahamiyatlilik;
• muhimlik;
• haqqoniy, xolis taqdim etish;
• tugatilganlik;
• izchillik;
• o’z vaqtidalik;
• xolislik (ob’ektivlik).

Download 235.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling