Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Shamol eroziyasiga qarshi kimyoviy kurash usullari


Download 1.71 Mb.
bet46/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Shamol eroziyasiga qarshi kimyoviy kurash usullari. Shamol eroziyasini oldini olishda kimyoviy vositalar ham qo‘llaniladi. Ular ombor qoldig‘i, nerozin, latekslar, "K" va SSB xildagi moddalardir. Eroziyaga qarshi kurashda SSB, nerozin va K-4 preparatlari yaxshi samara beradi. SSB preparati eritmasini OVP-1 purkagichi yordamida 250-300 kg/ga (ta’sir etuvchi modda hisobida) g‘o‘za maysalari chiqishdan oldin yer betiga purkash tavsiya etiladi. Yerga sepilgan SSB eritmasi tuproq donadorligini mustahkamlab, tuproq zarrachalarini bir biri bilan yopishtiradi va qattiq qatlam hosil qiladi. Natijada kuchli Shamol tuproq zarrachalariga zarar etkazmay, deflyasiya jarayoni rivojlanishiniig oldi olinadi. Harakatchan qumlarni mustahkamlash uchun ularni mexanik (qamishli, daraxt novdalaridan tayyorlangan) to‘siqlar yordamida himoya qilish, fitomelioratsiya (har xil yopishib o‘sadigan o‘tlar), ixota daraxtzorlar barpo etish, nerozin yoki "K" tipidagi preparat eritmasidan 100-150 kg/ga purkash yo‘li bilan qum yuzasida qattiq qatlam hosil qilish tavsiya etiladi. Kuchli Shamollar ta’sirida paydo bo‘lgan qumli do‘ngliklar yuzasiga psammofitlar urug‘ini sepish zarur va tayyorlangan eritmani purkagich asboblar yordamida purkash tavsiya etiladi. Yer betida hosil qilinadigan parda-plyonka qumning uchishiga yo‘l qo‘ymaydi va plyonka tagida kondensatsiya suvining to‘planishiga yordam beradi, psammofitlar urug‘i uchib ketmaydi va urug‘i uchuvchanligi 3-4 marta ortadi. Ushbu tavsiyalar amalga oshirilsa, birinchidan, tuproqning unumdor qatlami saqlashish hisobiga ekinlar hosildorligi ta’minlanadi va atrof-muhiti ekologik nosozliklardan muxofaza qilinadi. Tuproqni muxofaza qilish va foydalanish yaxlit, bir butun tadbir bo‘lib, yer resurslarini muhofaza qilish, unumdorligini yaxshilash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar tuzish orqali amalga oshiriladi.

Savollar


  1. Lalmikor yerlardagi qanday tuproq tip va tipchalari eroziya jarayopiga ko‘proq chalingan?

  2. Eroziyaga chalingan tuproqlarning qanday xossa va xususiyatlari yomonlashadi?

  3. Eroziya jarayonlarining tuproq va qishloq xo‘jaligiga etkazadigan zararini tushuntirib bering.

  4. Suv eroziyasining rivojlanishi va uning zararlari to‘g‘risida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

  1. Shamol eroziyasi va uning zararlari haqida nimalarni misollar bilan tushintirib bera olasiz?

  2. Sug‘oriladigan yerlarda jarliklar qanday hosil bo‘ladi ?

  3. Tuproqlarning suv eroziyasidan muhofaza qilish chora-tadbirlarini tushuntirig.

  4. Sug‘orish eroziyasi ta’sirida tuproqlarning qanday xossalari yomonlashadi?

  1. Nima uchun yangidan o‘zlashtirilgan nishabli hududlarda rivojlangan bo‘z tuproqlarda eroziya jarayonlari tekisliklarda joylashgan bo‘z tuproqlarga nisbatan kuchliroq tarqalgan?

  2. Nima uchun yerlarning qiyaligi oshgan sari tuproqlarda eroziya jarayonlari keskin rivojlanadi?

11. Suv eroziyasini pasaytirish hamda paxta hosilini ko‘paytirish
uchun qanday chora-tadbirlar qo‘llaniladi?
12. Jarliklar hosil bo‘lishiga qarshi kurashish uchun amalda qanday ishlarni bajarish lozim?

  1. Shamol eroziyasiga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan chora-tadbirlar ni tushuntiring.

  2. Shamol eroziyasiga qarshi kurashishda qanday kimyoviy usullar mavjud?



    1. Download 1.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling