Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet54/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Yerlarning sho‘rini yuvish. Tuproq sho‘rlanishiga qaratilgan eng muhim tadbirlardan biri sho‘r yuvishdir. Tuproqlar faqat sizot suvlar bug‘lanishi natijasida sho‘rlanmay, bunga o‘simliklarning faoliyati ham ta’sir etadi. O‘simliklar transpiratsiya jarayonida juda ko‘p suvni bug‘lantiradi. Shuning uchun sizot suvlar yuza (1-3 m) joylashgan bo‘lsa, har doim tuproqning qayta sho‘rlanishi xavfi bo‘ladi.
O‘zbekistonda har yili 1 mln ga dan ortiq sug‘oriladigan yerlarning sho‘ri yuviladi, agar ba’zi maydonlarda bu ish takrorlanishi hisobga olinsa, sho‘ri yuviladigan maydonlar 2 mln ga ga yaqinlashib qoladi. Bu borada drenaj asosida sho‘r yuvish samarali bo‘lib, yerlar unumdorligi qayta tiklanadi.
Sho‘r yuvishning samaradorligi sug‘orish muddatlari, usullari va me’yorlariga ham ma’lum darajada bog‘liqdir. Melioratorlarning ko‘p yillik tajribasidan ma’lum bo‘lishicha, sho‘r yuvish uchun sentyabr-dekabr oylari eng qulay muddat hisoblanadi. Bu davrda sizot suvlar juda chuqur joylashgan bo‘ladi, tuproq harorati me’yorida bo‘lmaganligidan tuzlar yaxshi eriydi. Tuproqdan va o‘simliklar orqali suvning bug‘lanishi kamayadi. Odatda ishlab chiqarish sharoitlarida sho‘r yuvish ishlari kechiktirib yuboriladi va ko‘pincha bu muhim tadbir bahorda amalga oshiriladi. Yer muzlangan vaqtda sho‘r yuvish mumkin emas. Tekislangan va haydalgan yerlarning sho‘ri yaxshi yuviladi.
Yerlarni sug‘orishdan oldin kuzda shudgor qilinsa, suv yerga shimiladi. Sug‘orish usuli va texnikasi sho‘r yuvish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Pol olingan kichik maydonlarini bostirib sug‘orish yerlar sho‘rini yuvishning keng tarqalgan usulidir. Ba’zi mutaxassislar yerlarni egatlab sug‘orish samarali deb hisoblaydilar. Aslida o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan maydonlarni bostirib sug‘orish tavsiya etiladi. Faqat kuchsiz sho‘rlangan maydonlargina egatlab sug‘oriladi.
Yerning sho‘r yuvish uchun sug‘orish me’yori sizot chuqurligiga, tuproq sharoitiga va drenajlar mavjudligiga bog‘liq. Og‘ir tuproqli va kuchli sho‘rlangan yerlarni 2-3 marta, ba’zi hollarda hatto 4 marta sug‘orish va har gal gektariga 5000-6000 m3 suv sarflash kerak. Yengil tuproqli va kuchsiz sho‘rlangan yerlarda 2000-3000 m3 me’yorida 1 yoki 2 marta sug‘oriladi.
Yerlarni melioratsiyalash, melioratsiya qilingan yerlar samaradorligini oshirish, paxta, don, sabzavot poliz ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.

Savollar:



  1. Sho‘r tuproqlar respublikamizning qaysi hududlarida eng ko‘p rivojlangan va ularning maydonlari qancha?

  2. Tuproqlardagi birlamchi va ikkilamchi sho‘rlanish jarayonlari orasidagi farqlarni misolaar bilan tushuntirib bering.

  3. Eskidan va yangidan sug‘oriladigan tuproqlarning nima uchun meliorativ holati yomonlashadi?

  4. Sho‘r tuproqlar g‘o‘zaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  5. Tuproqning sho‘rlanish darajasiga qarab paxta hosilining o‘zgarishini misollar bilan tushuntiring?

  6. Nima sababli kuchli sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za juda qiyin o‘sadi yoki umuman o‘smaydi?

  7. Sho‘rlanishiga chidamli madaniy o‘simliklarni hamda g‘o‘zaning sho‘r tuproqlarida o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aytib bering.

  8. Sug‘oriladigan tuproqlarda sho‘rlanishning kelib chiqish sabablarini tushuntiring.

  9. Sug‘oriladigan tuproqlarning sho‘rlanishida sizot suvlar va ularning minerallashish darajasi qanday ahamiyatga ega?

  10. Tuproq sho‘rlanishining darajasi anion va kationlar miqdoriga qarab qanday guruhlarga ajratiladi?

  11. Sug‘oriladigan tuproqlar sho‘rlanishiga qarshi qanday chora-tadbirlar qo‘llaniladi?

  12. O‘zbekistonda zovurlarning qanday turlari mavjud? Ularning o‘zaro farqni tushuntiring.

  13. Yopiq va ochiq zovurlar tuproqlarning sho‘rlanishini yo‘qotishda qanday ahamiyatga ega?

  14. Tik drenajlarning boshqa zovurlardan afzalligi nimadan iborat?

  15. Sug‘oriladigan maydonlardagi sho‘r tuproqlarni yuvish tartibi, muddati va me’yori to‘g‘risidagi ma’lumotlardan nimalarni bilasiz?




Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling