Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Sho‘r tuproqlar melioratsiyasi
Paxtachilikda meliorativ va ekologik muvozanatni buzadigan sabablardan biri tuproq sho‘rlanishidir. Yuqorida ko‘rsatilgandek, Respublikamizdagi sug‘oriladigan maydonlarning yarimidan ko‘pi u yoki bu darajada sho‘rlangan. Sho‘rlangan tuproqlar, ayniqsa Qoraqalpolg‘iston, Markaziy Farg‘ona, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining katta maydonlarini egallaydi. Yangi o‘zlashtirilgan yerlarning aksariyati sho‘rlangan yoki sho‘rlanishiga moyildir. Sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi tarixi tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurash bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki sug‘orishning tuproqqa hamda uning sho‘rlanish darajasiga ta’siri dehqonchilik rivojlanishi bilan o‘zgarib bormoqda. Pala-partish, me’yorsiz, sug‘orish shilarini bajarish sizot suvlarining ko‘tarilishi va tuproqlarning ikkilamchi sho‘rlanishiga olib keladi. Tuproqning yuqori qatlamida hosil bo‘ladigan zaharli sho‘r tuzlar (asosan, sulfat va xloridlar) o‘simliklarning me’yorida rivojlanishiga xalaqit beradi va nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Markaziy Osiyodagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi barcha sug‘oriladigan tuproqlar aslida tabiiy sho‘rlangandir. Sho‘rga qarshi kurash amalga oshirilganda ham bu tuproqlar sho‘rlanishga moyil bo‘lib qolaveradi. Mutaxassislar sug‘orishning eng maqbul usullarini belgilab berishgan. Bunda sizot suvlarning chuqurligi, qay darajada minerallashganligi, tuproqni sho‘rsizlantirish yo‘llari ham hisobiga olingan. Ma’lumki, ekin maydonlarini sug‘orishda chuqur ochiq, yopiq zovurlar yoki tik zovurlardan foydalaniladi. Zovurlar yer osti sizot suvlarining bosimini pasaytiradi va suvda eruvchi zaharli tuzlarni oqizib ketadi. Tuproq sho‘rlanishga qarshi kurashda sho‘r yuvishni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ham ijobiy natija beradi. Sug‘oriladigan dehqonchilikning keng miqyosda rivojlanishi oqibatida eskidan haydab kelingan va yangi o‘zlashtirilgan yerlarda melioratsiya ishlari o‘tkazilmasa, aksariyat hollarda yomonlashadi va bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan salbiy ekologik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bular asosan suvga ehtiyoji kam bo‘lgan, o‘zlashtirilgan yerlarning sho‘rlansh darajasi kuchliligi, ayrim hollarda ekinlarng sho‘r suvlar bilan sug‘orish natijasida tuproqlarda zaharli tuzlarning ko‘payishi tufayli sodir bo‘ladi. Demak, sug‘oriladigan tuproqlarda ekologik muammolardan biri tuproqning melioratsiya holatini yaxshilashga erishib, sho‘rlanishning oldini olishdir. Respublikamizda hozirgi paytda yarim million ga dan ziyodroq sug‘oriladigan ekin maydonni sizot suvlarning yuza joylashishi oqibatida sho‘rlanib, zarur meliorativ tadbirlarni jadallik bilan amalga oshirishni talab qiladi. O‘zbekistonning ko‘plab xo‘jaliklarida sug‘orish shaxobchalarini tartibga solish va ulardan oqilona foydalanishni yaxshi tomonga o‘zgartirish talab qilinadi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling