Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Sho‘r tuproqlarni g‘o‘zaga ta’siri
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Sho‘r tuproqlarni g‘o‘zaga ta’siri. Sho‘rlanishi o‘simlikka ta’sirini ko‘plab olimlar o‘rganganlar (T.S.Zokirov, 1991). Sho‘rning g‘o‘zaga ta’siri chigit ekilishi bilan boshlanadi. Sho‘r tuproqqa tushgan chigitlar unib chiqmaydi. Sho‘r tufayli urug‘ning unib chiqish qobiliyati keskin pasayadi. Natijada kuchli sho‘rlangan yerlarda (yaxshi yuvilmagan tuproqlarda) ko‘chat siyrak bo‘lib, qalinligi kamayadi. Sho‘rlanish o‘simlikka har tomonlama ta’sir ko‘rsatib, uning organizmida biokimyoviy va fiziologik jarayonlar buziladi. O‘simlikning suv va oziq tartibi salbiy tomonga o‘zgaradi. Fotosintez va nafas olish jarayonlari sustlashadi, modda almashinuvi sekinlashadi, organik moddalarning to‘planishi sekinlashadi, o‘simlikdan suvning bug‘lanishi kamayadi.
B.P.Stroganov (1969) tomonidan o‘tkazilgan maxsus tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, tuzlarning miqdoridan tashqari ularning tarkibi va nisbati ham g‘o‘zaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, xloridli sho‘rlanishi sulfatli sho‘rlanishga nisbatan g‘o‘zaga kuchli ta’sir etib, o‘simlik rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi ham mumkin. Past darajadagi xloridli sho‘rlanish ham g‘o‘zaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. ShHo‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za tarkibida mineral elementlar miqdori va nisbati buziladi. G‘o‘za tanasida kremniy, xlor, fosfor, magniy, natriy ko‘payib, kaliy, oltingugurt marganes va ayniqsa, kalsiy kamayadi va g‘o‘za bu elementlarga muxtojlik sezadi. Natijada, modda almashinuv jarayoni yomonlashadi. G‘o‘za kalsiy sevar o‘simliklar qatoriga kiradi. U azot va kalsiyni bir xil miqdorda o‘zlashtiradi. Lekin bizning tuproqlar tarkibida kalsiy ko‘pligi tufayli uni tanqisligi sezilmaydi. Shu bilan bir qatorda sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za kalsiyni o‘zlashtira olmaydi, shu sababli o‘simlik ildizlari zararlanadi. Tuproqning paski qatlamlarida zaharli tuzlar ko‘p bo‘lganda, ildizlar yaxshi rivojlanmaydi. Tuproq sho‘rlanishi g‘o‘za amal davrining barcha muddatlarida ham o‘simlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘simlikning suv tartibi buziladi. Tuproq eritmasidagi mineral elementlar ham kam o‘zlashtiriladi. O‘simliklarning o‘sishi sekinlashib, g‘o‘za barglari sarg‘ayadi va qurib qoladi. Yaxshi o‘sib turgan yosh o‘simliklar birinchi suv yoki kuchli yomg‘irdan keyin to‘satdan nobud bo‘ladi. Bu tuproqda ishqor paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ishqoriylik yaxshi yuvilmagan sho‘r tuproqlarda ortiqcha namlik natijasida vujudga keladi, Sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za rivojlanishining susayishi va kechikishi natijasida paxta hosili keskin kamayadi. Buxoro tajriba stansiyasining kuchli sho‘rlangan yerlarida o‘simlik umuman o‘smagan va hosil bermagan. Kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda paxta hosilining deyarli yarmi yo‘qoladi. Sho‘rlangan yerlarda ekologik vaziyat keskin salbiylashib, paxta hosili 70-80% ga kamayadi. Tuproqning sho‘rlanishi paxta hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga uning sifatiga ham putur etkazadi. Sho‘rlangan sharoitda yetishtirilgan paxta tolasining- uzunligi qisqaradi, tola pishiqligi kamayadi. Har xil o‘simliklarning tuproq sho‘riga chidamliligi bir xil emas. O‘simlikning biologik xususiyatlari, navi, o‘sish davri hamda tuproq sharoiti, undagi tuzlar tarkibi, namlik, oziq elementlarining miqdori va boshqlarga bog‘liq. Madaniy o‘simliklarning aksariyati sho‘rga chidamsiz hisoblanadi. O‘simliklar ichida nisbatan sho‘r yerlarda bemalol o‘sadiganlari ham bor. Ular qatoriga lavlagi, sorgo (jo‘xori) kiradi. G‘o‘za nisbatan sho‘rga chidamli o‘simlik hisoblanadi. Ingichka tolali g‘o‘za navlari, o‘rta tolalilarga nisbatan sho‘rga ko‘proq bardosh berishi mumkinligi aniqlangan. Agar tuproq sho‘rlanish darajasi chigit ekilgandan so‘ng sekin asta kuchaysa g‘o‘zaning chidamliligi ortadi degan fikr ham mavjud, Sho‘rga chidamlilik o‘simliklarning o‘sish davriga ham bog‘liqdir. O‘simliklarni sho‘rga bardosh berishida tuproq namligi muhim ahamiyatga ega. Tuproqda namlik yetarli bo‘lsa, o‘simliklarning sho‘rga chidamliligi ortadi. Albatta, tuproqning unumdorligi, uning tarkibidagi organik modda, uning ko‘pligi ekinlar uchun sho‘rning salbiy ta’sirini kamaytiradi. Sabzavot va poliz ekinlari ichida bodring, pomidor, tarvuz sho‘rga kam chidamli bo‘lsa, karam va qovun sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling