Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Sho‘rlanishning kelib chiqishi va turlari


Download 1.71 Mb.
bet52/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Sho‘rlanishning kelib chiqishi va turlari. Sug‘oriladigan dehqonchilik tarixida suvning tuproqqa va sho‘rlanish holatiga ta’siri yillar davomida o‘zgaradi va takomillashadi. Dehqonchilik uslubiga qarab quruq iqlimli sharoitlarda mavjud bo‘lgan sho‘r tuproqlar va sho‘rxoklar har xil yo‘l bilan vujudga kelgan. Tuproqda har xil tuzlar mavjud. Ularning paydo bo‘lishiga tuproq ona jinsining tarkibidagi suvda eriydigan tuzlar sabab bo‘ladi.
Tog‘ jinslari va minerallar tashqi muhitdagi sabablar va biokimyoviy omillar ta’sirida parchalanadi hamda suv va Shamol yordamida yer yuzida qayta taqsimlanadi. Mana shular oqibatida har ga yerga o‘rtacha bir yilda 450-500 kg tuz tushadi.
Tabiatda mavjud bo‘lgan biokimyoviy nurash natijasida suvli eritmaga o‘tgan barcha birikmalar daryo suvlari bilan qayta taqsimlanadi. Ma’lumki, suv toshqini yoki kuchli yog‘ingarchilik parchalangan tog‘ jinslarini oqizib keladi. Oqar suvlar bilan birga ularda erigan minerallar, tuzlar ham tekisliklarga oqib keladi. Markaziy Osiyodagi ko‘pchilik daryolar tekisliklarga har yili ko‘plab tuz oqizib keladi. Agar bu tuzlar dengizlarga tushmasa, unda yondosh tuproqlarda yig‘iladi. Amudaryo suvi oqizib keladigan tuzlar umumiy miqdorining tahminan 10 mln t dan ko‘prog‘i har yili Xorazm hamda Qoraqalnog‘iston tuproqlarida yig‘iladi. Bu esa tuproqning melioratsya holatini yomonlashtiradi. Ba’zi daryolar dengiz va okeanlarga quyilmaydi, shuning uchun ular suvi tarkibidagi tuzlar quruq tekisliklarda yig‘iladi. O‘zbekistonda Zarafshon, Shohimardon, Isfara, So‘x, Sherobod, Qashqadaryo shunday daryolar jumlasiga kiradi. Tekisliklarga daryolar suvi bilan oqib keladigan turli jinslar va tuzlar miqdori to‘xtovsiz o‘zgarib turadi. Nuragan tog‘ jinslari tekisliklarga suv bilan oqib keladigan joylarda tuproq sho‘rlanishi va yangi minerallar hosil bo‘ladi.
Keyingi yillarda Markaziy Osiyodagi asosiy daryolar (Amudaryo va Sirdaryo) suvi tarkibida tuzlar miqdorining ko‘payganligi kuzatilmoqda. Chunki, aksariyat zovur suvlari va oqovalar ham daryolarga oqizib yuborilmoqda. Ayrim yovvoyi o‘simliklar tuproq sho‘rini o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Ular o‘z ildizi orqali tuproqning chuqur qatlamlaridagi suvda eriydigan tuzlarni o‘zlashtiradi. Bunday o‘simliklar qoldiqlarining chirishi natijasida tuproqda tuzlar ko‘payadi. O‘simlik qoldiqlari bilan har bir ga yerga 500-600 kg tuzlar to‘planadi. O‘zbekiston sharoitida tuproqning sho‘rlanishi va sho‘rxoklanishiga sizot suvlarning qanday chuqurlikda joylashishi ham muhim ahamiyatga ega . Sizot suvlari tarkibida har xil tuzlar bo‘ladi, ular sayoz, ya’ni tuproqdan 3 m dan yuza joylashganda u kapillyar tarmoqlar orqali balandga ko‘tariladi va bug‘lanadi. Bug‘lanish natijasida tuzlar tuproqning yuqori qatlamlariga ko‘tariladi va to‘planadi. Sizot suvlar yuza joylashganda va tuproq ostida tuzlar ko‘p to‘planganda tuproq qayta sho‘rlanadi. Ko‘pincha sug‘orish paytida suvlar isrof bo‘lishi tufayli sho‘rlangan sizot suvlar sathi ko‘tariladi. O‘zbekistonning yangi o‘zlashtirilgani qo‘riq yerlaridagi xo‘jaliklarda har qancha harakat qilinganda ham tuproqning qayta sho‘rlanish xavfi tug‘ilib turadi. (T.S.Zokirov, 1991).
Tuproqning sho‘rlanishi va sho‘rxoklanishida sug‘orishga ishlatiladigan suv tarkibidagi tuzlarining ham ahamiyati katta. Chunki dalalarga ko‘p marotaba suv quyish natijasida tuzlar ekin maydonlarida to‘planadi. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, tuproqni sho‘rlanishiga har xil sabablar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu holda, iqlim sharoiti, tuproqning ona jinsi, sizot suvlarining ko‘tarilishi, suvdan noto‘g‘ri foydalinish va boshqa omillar ishtirok etishi mumkin. Sug‘orish dehqonchiligida foydalanadigan sho‘rlangan tuproqlar tarkibidagi suvda eruvchi tuzlar asosan 3 ta kation (Na, Mg, Сa) va to‘rtta aniondan (C1, SO4 CO3, HCO3) iborat. Eng zararli va xavfli tuz bu Na2CO3 hisoblanadi. Soda suv eritmasida NaOH ni hosil qiladi, bu esa o‘simlik uchun juda zaharlidir. Undan keyingi o‘rinda turadigan xlorid tuzlari ham o‘simliklar uchun nihoyatda zaharlidir. O‘z zaharliligi bo‘yicha natriy va magniy sulfatlar ham ulardan qolishmaydi. Suvda qiyin eruvchi gips (CaS04) va oxak (CaCo3) tuproq tarkibida ko‘p bo‘lsa ham o‘simliklar uchun zararsizdir. Kalsiy korbanat Ca(HSO3)2 ham o‘simlikka zarar etkazadi.
Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, agar tuproq tarkibida bir necha xil tuzlar bo‘lsa, ularning aralashmasi yakka ta’siriga nisbatan o‘simlikka kam ta’sir etishi aniqlangan.
Bu xodisa tuzlar antagonizmi (qarama-qarshiligi) deb nom olgan. Sho‘rlangan tuproqlardagi zaxarli va zaxarsiz tuzlarning bir biriga nisbati ham o‘simliklar uchun ahamiyatlidir.
Respublikamizning har xil tabiiy mintaqalarida tuproqlarning kelib chiqishiga, sho‘rlash darajasida va boshqa sabablarga qarab tuzlarning bir-biriga nisbati o‘zgarib turadi. Tuzlar tarkibidagi tafovut va ular tarkibining o‘zgarishi tuproqlarning sho‘rlanishi yoki sho‘rsizlanish jarayonida vujudga keladi. Bunday hol o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Respublikamizning ko‘pchilik tumanlarida sho‘rlangan tuproqlar tarkibida xlorid tuzlariga nisbatan sulfat tuzlari mavjud bo‘lgan maydonlar ortiqroqdir. Omixta sho‘rlanishda qaysi anionlar ko‘pligiga qarab xlorid-sulfatli yoki sulfat-xloridli sho‘rlanish turlari deb yuritiladi. (T.S.Zokirov,1991)
Lekin, faqat xlorid tuzi bilan sho‘rlangan tuproqlar juda kam uchraydi. Taniqli tuproqshunos olim D.M.Kuguchkov sug‘oriladigan tuproqlarning bir qismida karbanit-magniy sho‘rlanishi mavjudligini aniqladi. Bunday sho‘rlanish gidrokarbonatli chuchuk sizot suvlari yaqin, yuza joylashgan tuproqlarda mavjud. Bunday o‘tloqi-botqoq tuproqlar Samarqand viloyatida, Zarofshan vohasida, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida uchiraydi. Suvda eriydgan sho‘r tuzlar juda harakatchan bo‘ganligi tufayli sho‘rlangan yerlar maydoni o‘zgarib turadi. Tabiat va xo‘jalik sharoitlariga qarab sho‘rlangan yerlar qisqa muddat davomida ko‘payib yoki kamayib ketishi mumkin.
Mutaxasislar tomonidan sho‘rlangan yerlar guruhlarga bo‘lib chiqilgan va tuproqlarning meliorativ sifati belgilangan. Sho‘rlangan yerlarni guruglarga ajratishda zaxarli tuzlar miqdori hisobga olinadi. Tuproqlar tarkibda oson, o‘rtacha va qiyin eriydgan zaxarli tuzlar miqdori, shu tuproqdan olinadigan mahsulotni odatdagi agrotexnika qo‘llagandagiga nisbatan 25% va undan ko‘p kamaytirsa, ular sho‘rlangan yer hisoblanadi. Bunday tuproqlarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish uchun ko‘p mablag‘ sarflash talab etiladi.
Avvallari tuproq sho‘rlanish darajasi bo‘yicha har xil guruhlarga ajratilganda, yerning yuqorigi yarim metrlik yoki 1 metrlik qatlamidagi o‘rtacha zaharli tuzlar miqdori hisobga olinar, tuz qatlamining yuqori chegarasi hisobga olinmas edi. Hozir bu ko‘rsatkich ham katta ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
Chunki 1 m qatlamning qaysi joyida tuzlar to‘planganligi o‘simliklar uchun ahamiyatlidir. So‘nggi yillarda V.V.Egorov va N,G.Minashina (1976) tomonidan taklif qilingan tasnifda bu masala ixchamlashtirilib, HCO3, Cl va Na ning tuproqdagi miqdorini aniqlab, sho‘rlanish darajasini belgilash mumkinligini isbotladilar.
Bu tasnif ham masalani to‘la to‘kis yechmaydi, chunki daladagi ahvolni aniq bilish uchun juda ko‘p tuproq namunalarini har xil joylardan olishga to‘g‘ri keladi. Tuproqning sho‘rlanish darajasi, tuzlar tarkibi, xususiyatlari undan foydalanishda hisobga olinishi kerak.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling