Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Eroziyaga qarshi kurash
O‘zbekistonda suv eroziyasi asosan sur, jigarrang, o‘rmon qo‘ng‘ir va baland tog‘ o‘tloqi-dasht tuproqlar mintaqasining lalmikor va sug‘oriladigan dehqonchilik hudidlari hamda tog‘ yaylovlarida keng tarqalgan. Ma’muriy bo‘lishi bo‘yicha bu tuproqlarning asosiy maydonlari Kashqadaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida joylashgan bo‘lib, Toshkent, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida kichik maydonlarni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda O‘zbskistonning lalmikor mintaqalarida dehqonchilik qilinadigan maydonlar sur tuproqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular 1 mln. ga ni tashkil qiladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Bo‘ka, Zarafshonsoy mintaqasining G‘allaorol, Baxmal, Bulung‘ur, Poyariq, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlaridagi qariyb 534,4 ming ga lalmikor yerlarni tashkil qiladi. Juda kam joydagi karbonatli jigarrang tuproqlardan lalmikor dehqonchilikda foydalaniladi. Zarbdor- Zomin hududidagi Nurato, Forish tumanlarida 200, 4 ming ga ga yaqin sur tuproqlar maydonida lalmi ekinlar yetishtiriladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari G‘uzor, Qamashi tumanlarining ma’lum qismi, Boysun, Sariosiyo, Denov tumanlari va Farg‘ona vodiysida 240,8 ming ga ga yaqin to‘q tusli sur tuproqlar lalmikor dehqonchilik yerlarini tashkil qiladi. Ma’lumki, suv eroziyasi ta’sirida tuproqning kimyoviy, agrokimyoviy, fizik, suv va mikrobiologik xususiyatlari sezilarli darajada yomonlashadi, gumusli qatlam qalinligi kamayadi, natijada bunday yerlardan foydalanish va dehqonchilik qilish qiyinlashadi. Tadqiqot ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, Toshkent viloyati hamda ayni viloyatning Parkent tumani to‘q tusli sur tuproqlarda bug‘doydan eroziyasiga chalinmagan maydonlarning har bir gektaridan 18,4, kuchsiz eroziyalangan joyda 15,2 o‘rtacha eroziyalangan joyda 11,8 va kuchli eroziyaga chalingan hududda 9,0 s hosil olinadi (X.M.Maxsudov, A.A.Odilov 1998). Eroziya jarayonlari ekologik muhitni yomonlashishiga olib keladi, natijada o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va mikro-organizmlarning faoliyati uchun zarur bo‘lgan sharoitlar keskin yomonlashadi. Yog‘in-sochin bilan suvning tuproqqa singishi qiyin bo‘lganidan, tuproq yuzasida oqim kuchayib eroziya rivojlanadi. Bahorgi yog‘in-sochinning 60-70 % i oqib chiqib ketadi, natijada eroziyalangan tuproqlarda nam zahirasi nihoyatda kam to‘planadi. Eroziyaga uchragan tuproqlarni mexanik tarkibi o‘zgaradi, tuproqdagi mayda zarrachali (<0,001 mm) fraksiyalar kamayadi. Tuproq yyengillashib, qumli zarrachalar ko‘payadi, suv rejimi yomonlashadi, ekinlarning hosildorligi pasayadi. Kam eroziyalangan tuproqlarda g‘alla hosili 10-15, o‘rtacha eroziyalanganda 25-40, kuchli yuvilgan tuproqlarda 50 % ga kamayganligi aniqlangan (X.M. Maxsudov, A.A.Odilov, 1998). Sug‘orish yoki irrigatsion eroziya, suv eroziyasining bir turi hisoblanadi. O‘zbekistonning sug‘orib dehqonchilik qilinadigan qiyaliklarida irrigatsion eroziya keng tarqalgan. Uning asosiy maydonlari Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi, adirli joylaridagi och tusli, oddiy sur tuproqlarda sodir bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘oriladigan maydonlarning 1 mli ga dan ko‘prog‘i 2-5 e nishabli, past-baland rel’efli yerlardan iborat. Bunday nishab yerlarni sug‘organda, egatlardan oqayotgai suvning tezligi tobora ortib, tuproqning ustki unumdor qatlami yuvilib ketadi. Tuproqning yuvilganligini egatdagi suvning loyqalanib oqishidan va egatlar tubining o‘yilib, katta-katta chuqurchalar hosil bo‘lishidan bilish mumkin. Tadqiqotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘orish eroziyasi ta’sirida sug‘oriladigan dalalardan yiliga har ga maydondan o‘rtacha 100 gdan ortiq tuproq va uning tarkibidagi 100-120 kg azot va 75-100 kg fosfor yuvilib ketadi (X.M.Maxsudov 1981, 1989). Nishab maydondan yuvilib tushgan loyqali tuproq pastki tekis joyda suv oqimi sekiilashadigan yerda qisman to‘planadi, qolgan qismi esa ekin maydonidan chetga olib chiqiladi va suv xavzalarini loyqa bosishga sabab bo‘ladi. Tuproq yuvilib ketgan yerlarda ekinning o‘sishi uchun oziq moddalar va namlik yetishmaydi, bunday yerlarda g‘o‘zaning gul, shona va tugunchalari to‘kilib ketishi natijasida hosil kamayadi. To‘plangan va tahlil qilingan ma’lumotlarga qaraganda, eroziyaga chalinmagan tekis yerda gumusli qatlam 60-70 sm, haydalma qatlamdagi gumus miqdori 1,2-1,3% bo‘lganda paxta hosili gektaridan 25-30 s ni tashkil qiladi. Tola sifati 5,2 g, ming dona chigitning og‘irligi 127 g bo‘ladi. O‘rtacha eroziyalangan, o‘rta qismi 3,5-5e nishab, gumusli qatlam 30-40 sm, haydalma qatlamdagi gumus miqdori 0,6-0,7% bo‘lganda, paxtaning hosili 16-20 s/ga, tola sifati 4,5 g ga teng bo‘lgan. Respublikamizda sug‘orish eroziyasidan zarar ko‘radigan ekin maydonlari 9549 ga ni tashkil etadi. Buning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun tuproq tarkibini yaxshilash, eroziyaga chidamliligini oshirish, sup o‘tkazuvchanligini ta’minlash, oqayotgan suvning tezligini kamaytirish kerak. Tuproq tuzilishini almashlab ekin yo‘li bilan yaxshilab borish lozim. Shamol eroziyasi asosan Farg‘ona vodiysining g‘arbiy va markaziy qismi, Buxoro vohasi, Mirzacho‘lning shimoliy-g‘arbiy qismlari, Qarshi cho‘lining bir qancha yangidan o‘zlashtirilgan yerlarida rivojlangan. Shamol eroziyasi umuman quruq iqlimda, yillik yog‘in-sochin miqdori kam, yerdan namlik bug‘lanishi ko‘p bo‘lgan, bahor va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bo‘lgan sharoitlarda ro‘y beradi. Shamol 8-12 m/soniya tezlik bilan esganda, yuza qatlam to‘zonga aylanib havoga ko‘tariladi, tuproq Shamol eroziyasiga uchraydi. Ayni hol yer unumdorligiga juda katta, ba’zan tuzatib bo‘lmaydigan darajada zarar etkazadi. Chunki dala tuproqlarining mayda zarrachali, unumdor qismini Shamol uchirib ketadi. Undagi oziq moddalar yo‘qoladi. Bunday yerlarda ekinlarning hosili keskin kamayib ketadi. Ayrim joylarda kuchli Shamollar sug‘oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga qumlarni uchirib kelib, qumli tepaliklarni paydo qiladi, qishloq xo‘jaligi va aholi uchun noqulayliklar yaratadi. Bulardan tashqari, Shamol eroziyasi bahor oylarida g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining barg, shoxlarini ayrim paytlarda ildizlari bilan uchirib ketadi, oqibatida ekinlar bir necha marta qayta ekiladi, hosildorlik keskin kamayadi va paxta sifatida yomonlashadi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarni unumdorligini tiklash uchun bir necha 10 yillar kerak bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Respublikamiz dehqonchiligida tuproqlarga ko‘proq zarar egkazuvchi 3 xil eroziya turi mavjud. Ular suv eroziyasi, Shamol eroziyasi va jarlik eroziyasidir. Barcha eroziya turlari tuproqqa katta zarar keltiradi. Tuproqning o‘pirilib, yuvilib va uchib ketishi oqibatida uning suv, fizik-kimyoviy, biologik va boshqa ijobiy xususiyatlari yomonlashadi, tuproq unumdorligi keskin pasayadi. Paxtachilikda hosildorlik 30 va undan ham ko‘proq foizga kamayishi aniqlangan. Eroziya ta’sirida paxtaniig faqat miqdori emas, balki sifati ham yomonlashadi, tola pishiq bo‘lmaydi, chigitlar yetilmaydi. Eroziya faqat hosilni kamaytirib qolmasdan, barcha agronomlik tadbirlar samarasini pasaytiradi. Masalan, o‘g‘it qo‘llash va sug‘orish tadbirlari kutilgan natijalarni bermaydi. Tuproqni eroziyadan muhofaza qilish davlat ahamiyatiga molik masaladir. Chunki, eroziya tufayli juda katta ekin maydonlari ishdan chiqib, xalq xo‘jaligiga katta ziyon etkazadi (X.M.Maxsudov, A.L.Odilov, 1998). Suv eroziyasi tuproqning buzilishi va unumdorligining yo‘qolishini asosiy sabablaridan biridir. Tuproqdagi suv eroziyasini 2 turga - sirtqi-tabiiy suv eroziyasi va sug‘orish (irrigatsion) eroziyasiga ajratiladi. Tabiiy suv eroziyasi deganda, yer yuzasidan tabiiy yog‘in suvlari bir tekis oqib, tuproqning ustki qatlamining yuvib ketishi tushuniladi. Bu xildagi eroziya barcha hududlarda kuzatiladi.Yog‘in-sochinlar tuproqni o‘pirib, ularni gumusli qatlami bilan birga yuvib, oqizib ketadi. Oqibatda tuproqning ustki unumdor qatlami yo‘qoladi. Eroziyaning bu turida suv qiyaliklar bo‘ylab, ariqchalar hosil qilib oqadi. O‘zi hosil qilgan ariqchalarni o‘pirib, chuqurlashtiradi, natijada jarliklar vujudga keladi. Sug‘orish bilan bog‘liq irrigatsion eroziya Respublikamizda keng tarqalgan bo‘lib, unga qarshi amaliy kurash choralari diqqatga sazovordir. Mutaxasislarning hisob-kitoblariga qaraganda, O‘zbekistonda sug‘orish eroziyasiga moyil yerlar 1 mln ga ga yaqinni tashkil etadi. Shundan 600 ming ga dan ortiqrog‘i oddiy va och tusli sur tuproqlarga to‘g‘ri keladi (X.M.Maxsudov, A.A. Odilov 1998). Sug‘orish eroziyasi nishabligi katta maydonlarda ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish natijasida vujudga keladi. Bu jarayonga tuproqlarning eroziyaga chidamsizligi, unumdorlikning pastligi, almashlab ekish joriy qilinmaganligi, tuproq zarrachalarining namga chidamsizligi sabab bo‘ladi. Sug‘orish eroziyasida tuproqning fizik , kimyoviy va biologik xususiyatlari keskin yomonlashadi. Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti professori X.Hamdamov rahbarligida (1987) o‘tkazilgan tajribalarda suv eroziyasi sababli tuproqlardan ko‘p miqdorda gumus yuvilishi kuzatilgan. Professor X.Hamdamovning (1987) fikricha, eroziyaga uchragan yerlarda gumus miqdorining o‘zgarishi tuproqning barcha qatlamlarida kuzatilishi alohida ahamiyagta ega. Bunday natijalar O‘zPITIda S.S.Mayliboyev (1986) tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda ham isbotlangan. Yerning nishabligi qancha katta bo‘lsa, eroziya shuncha kuchli rivojlanadi. Yangi o‘zlashtirilgan yerlardagi sur tuproqlarning eroziyaga moyilligi sezilarli darajada kuchli, chunki ularning nishabligi shunday vaziyatni vujudga kelishini taqozo qiladi. Eroziyaga uchragan tuproqlarda nishablikka bog‘liq ravishda tuproq unumdorligi o‘zgaradi. Dalaning yuqori, kuchli yuvilgan qismi juda kam quvvat, unumsiz bo‘lsa, uning pastki qismi yuqoridan gumus va oziq elementlari yuvilib keltirilishi hisobiga boy va unumdordir. Shu dalaning o‘rta qismida esa tuproqning holati o‘zgacha bo‘ladi Bunday vaziyat paxtachilikda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. Dalaning yuvilgan qismida g‘o‘za nimjon o‘sib, hosildorlik kam, sifati esa past bo‘ladi Dalanint etagida tuproq boy, unumdor bo‘lganligi tufayli g‘o‘za yetilib ko‘saklari ko‘p, o‘simliklar sershox va serbarg bo‘ladi. Paxta hosili ko‘p bo‘lsa-da, ko‘saklar kech etiladi. Tuproqni sug‘orish eroziyasidan saqlash tadbirlari asosan ayni tuproqlar unumdorligini oshirish yo‘li bilan olib borilishi lozim. Nishabli dalalarda organik va mineral o‘g‘itlarni tabaqalab qo‘llash tavsiya qilinadi. Dalalarni g‘o‘za o‘sib turgan davrda sug‘organda, nishablik darajasi hisobga olinishi, egat uzunligi belgilanib, har egatga oqiziladigan suv miqdori aniq belgilanishi kerak. Masalan, og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarning qiyaligi 3 darajaga etsa, egat uzunligi 250 m gacha bo‘lishi mumkin. Shunday nishablikda tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha bo‘lsa, egat uzunligi 150-200 m gacha bo‘lishi kerak. Mana shu sharoitda har bir egatga sarflanadigan suv miqdori birinchi holda 0,8-1,0 l/s, ikkinchi holda 0,3-0,5 l/s bo‘lishi tavsiya etilgan (X.M.Maxsudov, A.A. Odilov 1998). Yerlar qiyaligi 2 darajadan ko‘p bo‘lsa, 100 m uzunlikdagi egatlar bir tekisda qiyalatib olinadi va suv sarflash me’yori 3-4 daraja qiyalikda 0,1->10 l/s,4-6 daraja qiyalikda esa 0,10-0,5 l/s bo‘ladi. Qiyaligi 3-4 daraja bo‘lgan yerlarda egatlar uzunligi 150 m gacha bo‘lib. sug‘orish "to‘rt" usulida olib boriladi va 0,06-0,08 l/s dan suv sarflanadi. Bunda qiyalikning yuqorigi tik qismida har qaysi egatga suv tarqatiladi, past egatlar oralatib sug‘oriladi. Yana shuni unutmaslik kerakki, tik qism qiyaroq joyga o‘tayotganda yonma-yon ikkita egatga oqayotgan suv oqimi birlashtirib yuboriladi. Bu usulda sug‘orishda qiyalikning butun yuzasi bir tekis namlanadi, irrigatsion buzilish va isrofgarchilik yo‘qotiladi. Yaqin vaqtlargacha melioratsiya amaliyotida eroziyaga qarshi kurash choralari egatlardagi suv oqimining yuvish kuchini kamaytirishdan iborat bo‘lib, tuproqlarning yuvilib ketishiga chidamliligini oshirish usullariga kam e’tibor berilardi. Tuproqning eroziyaga qarshi chidamliligini oshirishda struktura hosil qiluvchi kimyoviy preparatlar katta ahamiyatga ega. Paxta dalalariga struktura hosil qiluvchi K-4 va K-9 preparatlarini solish yuqori samara beradi. Egatlarni sug‘orishdan oldin bu preparat-larnint eritmasi bilan namlash usullari ishlab chiqilgan. Tajribalardan kuzatildiki, makroagregatlarning suvga chidaliligi 2-5% dan 30-60 % gacha ortadi, qiyaliklarga suv singishi ta’minlanadi, natijada tuproqning 1 m qatlamidagi nam zahirasi 200- 400 m 3/ ga ko‘payadi. Shuningdek, oziq moddalar isrofgarchiligi kamayadi, tuproqning eroziyaga chidamliligi yaxshilanadi, yer sifatli ishlanadi, suvchining mehnat unumdorligi 30 %ga ko‘payadi. Masalan, qiyaligi 6 daraja bo‘lgan yer 0,7 l/s me’yorida uch marta sug‘orilganda 80 t/ga tuproq, 606 kg/ga gumus, 61 kg/ga azot , 105 kg/ga fosfor yuvilib ketadi. Egat tubi K-4 eritmasi bilan namlanganda esa, 5-12 g/ga ga yaqin gumus, 4-10 kg/ga umumiy azot, 5-15 kg/ga fosfor yuviladi, xolos. Shunday qilib, suv eroziyasiga qarshi kurashda polimer preparatlardan foydalanish o‘zini to‘la oqlaydi. Eroziyaga uchragan tuproqlarni qayta tiklashning muhim vositasi yerga mineral va organik o‘g‘itlar solishdir. Buning uchun avvalo xo‘jalik, yerining eroziyaga uchragan va uchramaganligini hisobga olish, so‘ngra o‘g‘itlash ishlarini yo‘lga qo‘yish kerak. Shunday qilinganda tuprog‘i yuvilib ketgan yerlar unumdorligi ortadi va paxtadan mo‘l hosil olinadi. Yuvilib ketgan yerlarda yillik o‘g‘it me’yori 20-30% ga oshiriladi, kam yuvilganda esa 20-30% ga kamaytiriladi. Ma’lumki, paxtadan yuqori hosil olishda, organik o‘g‘itlar yaxshi samara beradi. Biroq sug‘orishda ro‘y beradigan eroziya tuproq gumusini kamaytirib yuboradi. Buzilgan sur tuproqli yer- larga (mineral o‘g‘itlar asosida) nuragan ko‘mir-guminli o‘g‘itlardan 200-500 kg/ga, yoki 20-50 kg/ga dan gumin kislotasi (turli cho‘l o‘tlari qoldig‘ining aerob bakteriyalar ta’sirida chi- rishidan hosil bo‘lgan o‘g‘it) solinsa, 2-3 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olinadi. Ko‘mir-guminli o‘g‘itlar yerni shudgorlash vaqtida yoki birinchi oziqlantirishda mineral o‘g‘itlarga qo‘shib solinadi. Gumin kislotasi dastlabki oziqlantirishda yoki chigitni ekish bilan bir vaqtda solinadi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling