Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining globallashuvi


Iqtisodiyot ochiqligining ayrim ko„rsatkichlari


Download 0.7 Mb.
bet25/59
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1784969
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
2 Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Iqtisodiyot ochiqligining ayrim ko„rsatkichlari

Mamlakat va integratsion birlashmalar

2015 yilda tovarlar va xizmatlar eksportining XQP bo„yicha hisoblangan YAMDga nisbati,
% hisobida

2015 yilda o„rtacha arifmetik import boj tarifi, olib kirilgan tovarlar qiymatining % hisobida

2016 yilda to„g„ridanto„g„ri xorijiy investitsiyalar
importining YaIMga
nisbati, % hisobida

2015 yilda aholi tarkibida immigrantlar ulushi, % hisobida

AQSH

13,0

3,5

0,5

13,1

Yevro
Ittifoqi*

47,9

5,5

0,4**

12,8

Yaponiya

18,0

4,9

0,1

1,7**

Xitoy

14,6

9,9

1,2

0,1***

Hindiston

6,9

13,5

1,7

0,4***

Braziliya

8,8

13,5

2,7

0,4***

Janubiy
Afrika
Respublikasi

16,5

7,6

1,6

3,7***

Rossiya

17,0

9,7

1,1

7,8***

Meksika

20,6

7,9

1,8

0,8

Malayziya

40,0

6,0

3,3

...

Turkiya

14,2

10,8

1,5

1,9***

Indoneziya

8,4

6,9

2,5

0,1***

Saudiya
Arabistoni

25,0

4,8

1,0

26,6***

* Faqat Germaniya ** ekspertlar bahosi *** 2010 y.
Manba: OESD. International Migration Outlook. September 2016. P. 311;
World Bank. World Development Report 2015. Washington, 2016; WTO. World Tariff Profiles. Geneva, 2015. P. 6-10; http://data.worldbank.org/indicators
- xalqaro ishchi kuchining migratsiyasini umumiy xalqaro migratsiyadan ajratish statistik jihatdan murakkab hisoblanadi, lekin umumiy aholi sonida immigrantlarning ulushidan foydalanish mumkin. Mamlakatning iqtisodiy faol aholi sonida doimiy va vaqtincha ishlash uchun kelganlarning ulushi ko‗rsatkichi ahvolni yanada yaqqol ko‗rsatan bo‗lar edi, biroq u odatda faqat baholar bilan taqdim etilgan (4.5-jadval.) Milliy iqtisodiyot globallashuvining oqibatlari (Rossiya misolida) Globallashuv milliy iqtisodiyot uchun ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama oqibatlarga ega. Ijobiy oqibatlarga iqtisodiy o‗sishning jadallashuv imkoniyatlarining o‗sishini, salbiy oqibatlarga – mamlakat iqtisodiy rivojlanishining izdan chiqishi, ikkiyoqlama oqibatlarga esa – uning global iqtisodiyot kon‘yunkturasiga qaramligining kuchayishi kiradi.
Globallashuvning faol ishtirokchilari bo‗lgan mamlakatlarda iqtisodiy o‗sishning jadallashuvi, ular, jahon bozorida o‗z ustunliklaridan kuchliroq foydalanishlari mumkinligi tufayli ro‗y beradi. Bu xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy resurslar harakati konsepsiyalaridan, shuningdek mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligi nazariyasidan kelib chiqadi. Ularning xulosalariga muvofiq, ochiq iqtisodiyotli mamlakatlar globallashuvdan eng ko‗p naf oladilar, va shuning isboti sifatida iqtisodiyotning ochiqligi va iqtisodiy o‗sish sur‘atlari o‗rtasidagi yuqori korrelyasiya (o‗zaro bog‗liqlik) keltiriladi. Biroq ushbu korrelyasiyani boshqa mantiq bo‗yicha ko‗rib chiqish mumkin – milliy iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari odatda, uning xalqaro raqobatbardoshligining oshishi bilan birga kechadi, va shu sababli u tobora ochiqlashib borishi mumkin. XIX asrning eng ilg‗or iqtisodiyoti – Britaniya iqtisodiyoti shu bilan birga eng ochiq ham edi, uni quvib etishga intilayotgan Amerika va Germaniya iqtisodiyotlari esa tayyor mahsulotlarga bir necha o‗nlab foiz miqdoridagi import bojlariga ega bo‗lib, ular ushbu bojlarni faqat o‗z raqobatbardoshligining o‗sib borishi bilan pasaytirib borar edilar.
Mamlakat iqtisodiy o‗sishining izdan chiqishi, unda tashqi talab ta‘siri ostida unchalik ilg‗or bo‗lmagan (lekin jahon bozoridagi raqobatbardosh) tarmoqlarning ilgarilab boruvchi rivojlanishi tufayli ro‗y berishi mumkin bo‗lib, buning natijasida mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi hatto pasayishi ham mumkin, globallashuvdan esa faqat ushbu tarmoqlar bilan bog‗langan aholi qatlamlari va mintaqalar naf ko‗radilar ( iqtisodiy nazariya buni ―golland kasalligi‖ tushunchasi bilan ataydi). Bunga yaqqol misol bo‗lib Rossiya hisoblanadi.
6 -jadval ma‘lumotlariga ko‗ra Rossiyaning eksport kvotasi boshqa yirik iqtisodiyotlar darajasiga yaqin. Biroq, ushbu ko‗rsatkich asosan xomashyo eksportidan iborat bo‗lib, va natijada u jahon bozori kon‘yunkturasining, tayyor, ayniqsa ilmtalab mahsulotlar jahon narxlarining tebranishlariga qaraganda ancha kuchli bo‗lgan tebranishlaridan aziyat chekadi.
Bunda tashqi iqtisodiy sektordan soliq tushumlari (ayniqsa, uglevodorodlarga eksport bojlari) Rossiya jamlangan (konsolidatsiyalangan) byudjeti daromadlarining uchdan bir qismini tashkil etishini hisobga olish zarur. Bundan tashqari Rossiyaning ko‗pgina eksportga yo‗naltirilgan tarmoqlarida tashqi bozor, ushbu tarmoqlarni (neft va gaz, metallurgiya, o‗g‗itlar ishlab chiqarish) ichki kon‘yunktura emas, balki ko‗proq tashqi kon‘yunkturaning hukmiga topshirib, ichki bozorni almashtirib bormoqda. Bu, fond bozoridagi bitimlarning yarmisi chet ellik rezidentlarga, uzoq muddatli kreditlarning uchdan bir qismi esa – xorijiy banklarga to‗g‗ri keladigan moliyaviy sektorda ham kuzatiladi. Bunday vaziyat, Rossiya kabi yirik iqtisodiyot uchun tashqi bozorga qaraganda ichki bozorning ahamiyatini oshirish zarurligini ko‗rsatadi. Mahalliy, ayniqsa, zamonaviy tarmoqlarga nisbatan kuchliroq (asosan tarifli emas, balki davlat ko‗magi ko‗rinishidagi bilvosita) proteksionizm ularning modernizatsiya qilinishiga va pirovardida ular raqobatbardoshligining oshishiga ko‗maklashishi va shu asosda – ilmtalab tovarlar hisobiga Rossiya eksportining diversifikatsiyalashuviga yordam berishi mumkin. Bunga, iqtisodiyotni monetizatsiya qilinishining ortishi hisobiga moliyaviy sektorning modernizatsiya qilinishi ham, shuningdek, mamlakatda mulkchilik huquqlari himoyasining kuchayishi ham ko‗maklashishi mumkin.
BSTga o‗n sakkiz yillik a‘zo bo‗lib kirish jarayoni davomida Rossiya asta-sekin o‗z raqobatbardoshligini oshirib, bir vaqtning o‗zida import bojlari darajasini pasaytirib bordi. Shuning uchun, uning 2012- yilda BSTga a‘zo bo‗lib kirishi, yaqin yillarda o‗rtacha torttirma import bojlarining ancha kam va asta-sekin kamaytirilishiga olib keldi (sakkiz yillik o‗tish davrining yakunida, ya‘ni 2020- yilga kelib taxminan 1,5 marta). Biroq, ayrim tovarlar uchun (masalan, samolyotlar, yuk mashinalari, go‗sht, sut mahsulotlari uchun) bojlar jiddiy kamaytiriladi, xolbuki Rossiyada bojxona tarifi stavkasining 20 % bo‗yicha harakat erkinligi mavjud (ushbu tovarlar bo‗yicha stavkalar BST oldidagi majburiyatlar bilan bog‗lanmagan). Rossiya Fanlar Akademiyasi ekspertlarining fikricha, BSTda ishtirok etish, Rossiya uchun yuksalish yillarida YaIM qo‗shimcha o‗sishini 1 foizli punktga va inqiroz davridagi pasayishini 1 foizli punktga oshiradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling