149
IV. E'LON QILINGAN DIVIDENDLARNI TO‘LASH BO‘YICHA
JAVOBGARLIK
26. Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e'lon
qilingan
dividendlarni to‘lashi shart.
27. Dividendlarni to‘lashda aksiyadorlarning hech biri to‘lash
muddatlari bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lmaydi.
Jamiyat
tomonidan
oddiy
aksiyalar
bo‘yicha
hisoblangan
dividendlarni to‘lash aksiyadorlarning dividend olishga bo‘lgan teng
huquqliligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Bunda jamiyat, agar
buning natijasida minoritar aksiyadorlarga dividend to‘lash
belgilangan
muddatlarda amalga oshirilmasa, yirik aksiyadorga dividendlar to‘lashga
haqli emas.
28. Jamiyatning ijroiya organi jamiyat aksiyadorlariga divi-
dendlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgar bo‘ladi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasi
bilan birgalikda
ijroiya organining harakatlarini nazorat qiladi.
29. Kuzatuv kengashi hisoblangan dividendlarni to‘lashni ta'minlash
maqsadida
o‘z majlislarida dividendlar to‘lanishining borishi
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi. Jamiyat
ijroiya organining aybi
bilan dividendlar to‘liq yoxud o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, Kuzatuv
kengashi aybdor shaxslarga javobgarlik choralarini belgilaydi va tegishli
sanktsiyalarni qo‘llaydi yoxud ularni qo‘llash tashabbusini kiritadi.
30. Jamiyat o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda,
aksiyadorlar
aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e'lon qilingan dividendlarni to‘lashni
sud tartibida talab qilishga haqli.
31. Jamiyat jamiyatga yuklatilgan dividendlardan soliq summalarini
ushlab qolish va o‘tkazish bo‘yicha soliq agenti vazifasini bajarmaganlik
yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston
Respublikasi
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: