Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmat ko‘rsatish sohasi
- E’lon qilingan sana
- Yalpi ichki mahsulot
- "TASDIQLANGAN” "XXXXXXXXXXXXXXXXXXX" AKSIYADORLIK JAMIYATINING DIVIDEND SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM I. UMUMIY QOIDALAR
To‘lov sanasi – har bir aksiyador e’lon qilingan dividend summasiga
chek oladigan sana. Fond bozori – qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor. Xizmat ko‘rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy- buyumlashgan ko‘rinishga ega bo‘lmagan iste’mol qiymatlarini o‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda o‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va E’lon qilingan sana – boshqaruv kengashi keyingi dividendlar to‘lovining sanasi va hajmini e’lon qilgan sana. Yakuniy dividend – kompaniya tomonidan moliya yilining oxirida direktorlar tomonidan tavsiya etilgan va umumiy yig‘ilishda aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanib to‘langan dividendlar. Yalpi ichki mahsulot – mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati. 143 ILOVA "XXXXXXXXXXXXXXXX" AJ aksiyadorlarining "KK"OO”YYYY”dagi _____________NN-son qarori bilan "TASDIQLANGAN” "XXXXXXXXXXXXXXXXXXX" AKSIYADORLIK JAMIYATINING DIVIDEND SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM I. UMUMIY QOIDALAR 1. Mazkur aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosati to‘g‘risidagi Nizomi (keyingi o‘rinlarda – Nizom) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, "XXXXXXXXXXXXXXXX" aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda - jamiyat) Ustavi, korporativ boshqaruv kodeksi va jamiyatning boshqa ichki hujjatlari asosida ishlab chiqilgan. 2. Jamiyatning dividend siyosati aksiyadorlarning farovonligini oshirishga va jamiyat kapitallashuvi o‘sishini ta'minlashga qaratilgan. Nizom aksiyadorlarni va boshqa manfaatdor shaxslarni jamiyat dividend siyosati haqida xabardor qilishni o‘z maqsadi deb biladi. Ushbu Nizom jamiyat Kuzatuv Kengashining aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va ularni to‘lash tartibiga doir tavsiyalarni ishlab chiqishga yondashuvini belgilashga mo‘ljallangan. Agar jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to‘lash bilan bog‘liq biror bir masala "aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlari, jamiyat Ustavi va ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, u holda ular aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda, hal etiladi. 3. Ushbu dividend siyosati YYYYYY yillardagi davr uchun ishlab chiqilgan. Ushbu davr davomida jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning 10_% dan kam bo‘lmangan miqdorda har yilgi majburiy ajratmalarni ajratadi. Jamiyatda jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav fondining 15 (o‘n besh) foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. 144 Sof foydaning qolgan qismi dividend to‘lovlariga, kapitalizatsiya qilish sharti bilan jamiyatni rivojlantirishga va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi (yagona aksiyador) qarori asosida boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi. 4. Jamiyat kapitallashuvning o‘sishini aksiyadorlarning jamiyat aksiyalaridan daromad olish bo‘yicha mulkiy manfaatlarini qondirishning asosiy usuli deb hisoblaydi. Dividend siyosati jamiyat tomonidan olingan foydaning sarflanadigan va kapitallashtiriladigan qismlari o‘rtasidagi mutanosiblikni aksiyalarning bozor qiymatini oshirish maqsadida optimallashtirishga yo‘naltiriladi. 5. Jamiyatning dividend siyosati quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: shaffoflik tamoyili dividend siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadigan tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan dividendlar miqdori va uni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi va shartlarini belgilashni va oshkor etishni ko‘zda tutadi; dolzarblik tamoyili dividend to‘lovlarini amalga oshirishda vaqtinchalik chegaralarni belgilashni anglatadi; asoslilik tamoyili dividendlarning miqdori va to‘lash haqida qaror faqat jamiyat tomonidan ijobiy moliyaviy natijaga erishilgan taqdirda jamiyatning Real moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning rivojlantirish rejalari va investitsiya dasturlarini hisobga olgan holda qabul qilinishi mumkinligini anglatadi; xolislik tamoyili deganda, dividendlar to‘lash, dividendlar miqdori va ularni to‘lash tartibi to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar haqida axborotni olishda aktsiyadorlarning teng huquqliligini ta'minlash tushuniladi; ketma-ketlik tamoyili dividend siyosati tamoyillarini va tartib- taomillarini qat'iy bajarishni anglatadi; rivojlanish tamoyili dividend siyosatini korporativ boshqaruv tartib-taomillarini yaxshilash doirasida doimiy ravishda takomillash- tirishni va uning holatlarini jamiyatning strategik maqsadlari o‘zgarishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqishni anglatadi; barqarorlik tamoyili jamiyatning dividend to‘lovlarining barqaror darajasini ta'minlashga intilishini anglatadi. 6. Joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish (e'lon qilish) jamiyatning huquqi hisoblanadi. 145 Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash yoki to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. 7. Jamiyat e'lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart. Dividendlar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (shu jumladan, soliqlar hisoblash va olish xarajatlari, dividendlar o‘tkazish, pochta xarajatlari) boshqaruv organlari qaroriga ko‘ra dividend olayotgan aksiyador zimmasiga yuklanmasligi lozim. Jamiyat aksiyadorlar oldida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu majburiyatni bajarmaganlik uchun javobgar bo‘ladi. 8. Dividendlar: joylashtirilmagan aksiyalar bo‘yicha; Jamiyat tomonidan olingan va/yoki qayta sotib olingan aksiyalar bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. 9. Jamiyat "aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 54- moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar to‘lashga haqli emas. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling