Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar 
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy 
omillar majmui. 
Investitsiya faoliyati – investitsiya maqsadlarini amalga oshirish 
bilan bog‘liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga 
oshiriladi. 
Investorlar – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual 
qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati 
subyektlari. Investorlar obyektlar va investitsiya natijalariga egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Investorlar 
kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya 
faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishlari mumkin. 
Odatda 
investorlar 
kapital 
qo‘yilmalar 
sarflanadigan 
sohalarni 
aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va 
investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor, hukumat 
organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning 
iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradilar. 
Inflatsiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy 
valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi. 
Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo‘llar, aloqa, 
transport, maorif, sog‘liqni saqlash. 
Kapital qo‘yilmalar – quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurishga qaratilgan resurslar 
va jami ijtimoiy mehnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy kate-
goriya. Davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), turli mulkchilik shakl-
laridagi korxonalar, tashkilotlar, banklar hamda xususiy shaxslar tomo-
nidan ajratiladigan pul mablag‘lari kapital qo‘yilmalarning manbalari 
bo‘lishi mumkin. Kapital qo‘yilmalar yangi korxonalar qurishga yoki 
amaldagi korxonalarni qayta ta’mirlashga yo‘naltirilishi mumkin.

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling