Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi 
bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa 
tarmoqlarini oladi. 
Inventarizatsiya – korxonalar, firmalar, tashkilotlarda naqd mulk va 
tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish; natura holidagi boyliklarning mavjudligi 
yoki holatini, mablag‘larni muntazam tekshirib turish, shuningdek
ularning moddiy boyliklarni hisobga olish qaydnomalariga muvofiqligini 
aniqlash maqsadlarida davriy qayta hisobga olish. 
Investitsion kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va 
texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya 
qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalar 
hamda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq 
muddatli kreditlar. 
Investitsion loyiha dasturi – O‘zbekiston Republikasida qabul qilin-
gan qonunchilik andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan zaruriy hujjat-
larni hisobga olgan holda kapital qo‘yilmalar hajmi va amalga oshirish 
muddatining maqsadga muvofiqligini asoslovchi va investitsiyalarni 
(biznes-reja) amalga oshirish bo‘yicha amaliy faoliyat dasturi. 
Investitsion siyosat – savdo menejmenti umumiy strategiyasining bir 
qismi bo‘lib, korxonani rivojlantirish uchun aktivlarni kengaytirishning 
eng samarali yo‘llarini tiklashni nazarda tutadi. 
Investitsiya – bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy 
ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga 
qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), 
texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara 
beradigan boshqa har qanday boyliklardir. 
Investitsiya dasturi – ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 
mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq 
muddatli kapital kiritish uchun ishlab chiqilgan dastur. 


139 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling