Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish
rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta 
jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-
qidiruv ishlarini bajarish. 
Kapital ta’mirlash – asosiy vositalarni yirik ko‘lamda butkul 
detallari, qismlarini almashtirish bilan bog‘liq qayta ta’mirlash 
tushuniladi. 


140 
Kapital xarajatlar - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag‘lar va 
zaxiralarning o‘sishi. 
Konyunktura – bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan 
iqtisodiy holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘liq 
bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi). 
Korxonalarga preferensiya berish – milliy iqtisodiyotda faoliyat 
ko‘rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular 
tomonidan ishlab chiqarishga chet eldan olib kiriladigan xomashyo va 
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek asbob-uskunalarni olib 
kirishda boj to‘lovlari va boshqa jarayonlar bo‘yicha yengilliklar 
(imtiyozlar) berilishi. 
Kredit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh 
mablag‘larlarini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan 
foydalanishga berish jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar 
majmui.
Kumulyativ bo‘lmagan dividend – bu imtiyozli dividend bo‘lib,
aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati tomonidan e’lon qilinmasa
aksiyalar egasiga hisoblanmaydi va berilmaydi. 
Kumulyativ dividend – o‘z vaqtida to‘lanmagan va kompaniyaning 
majburiyatlari (passivi)ga aylantirilgan to‘planib qolgangan dividend. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan to‘lanadigan dividend bu pul emas
balki aksiyalar va obligatsiyalar bilan to‘lanadigan dividend. Bunday 
dividend boshqa kompaniyaning aksiyalari bilan ham to‘lanishi mumkin. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling