141
Muntazam dividend – kompaniya kelajakda saqlab qolishiga umid
qilgan dividend.
Opsion dividend – dividendning bir turi bo‘lib, aksiyadorga
dividend olish shakllarini tanlash huquqini beradi, ya’ni pul to‘lash yoki
qo‘shimcha aksiyalarni olish ko‘rinishida.
Passiv dividend – bu qisqa muddatli qimmatli qog‘oz
shaklida
to‘lanadigan dividend bo‘lib, uni to‘lash paytida kompaniyaning pul
mablag‘lari bo‘lmaydi.
Proteksionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya
qilish
siyosati, mamalakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar
belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman
taqiqlanadi.
Pul dividendlari – pul shaklida to‘lanadigan dividend.
Rekonstruksiya (qayta tiklash)
faoliyat
yuritayotgan korxonani
ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish,
texnologik
bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li
bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirish. Qayta
tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.
Rentabellik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil
ko‘rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi,
xususiy kapital
rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko‘rsatkichlarni
balansdagi (sof) foyda ko‘rsatkichini korxona aktivlarining o‘rtacha
yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, xususiy kapital
miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: