Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
II. DIVIDENDLARNI HISOBLASH VA MIQDORINI
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
II. DIVIDENDLARNI HISOBLASH VA MIQDORINI BELGILASH TARTIBI 10. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan aksiyalardan boshqa aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash (e'lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan ham to‘lanishi mumkin. Bunda dividendlarni o‘z vaqtida to‘lash va dividendlarni to‘lash uchun aylanma mablag‘lar hisobidan olingan mablag‘lar evaziga jamiyat moliyaviy 146 holatining yomonlashishining oldini olish maqsadida jamiyat tomonidan jamiyat daromadi hisobidan umidsiz debitorlik qarzdorligi bo‘yicha zaxira tashkil etiladi. 11. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar to‘lash (e'lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jamiyat Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va uni to‘lash tartibi to‘g‘risida tavsiyalar kiritadi. Dividendlarning miqdori jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. 12. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining dividendlar to‘lash (e'lon qilish) to‘g‘risidagi qarorida quyidagilar belgilanishi lozim: dividendlar to‘lanadigan (e'lon qilinadigan) aktsiyalar toifasi - (turi); muayyan turdagi bitta aksiyaga hisoblangan dividend miqdori; dividendlar to‘lash muddati, tartibi va davriyligi. Bunda jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘liq to‘lash imkoni bo‘lmaganda, dividendlar hisoblash (to‘lash) to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas. 13. Aksiyadorlar yig‘ilishiga tavsiya etiladigan aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan quyidagi omillardan kelib chiqqan holda, belgilanadi: ishonchliligi auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan moliyaviy hisobot ma'lumotlariga muvofiq sof foydaning miqdoridan; Jamiyatning keyingi davrlarga mo‘ljallangan moliya-xo‘jalik rejalaridan; Jamiyatning tegishli davr yakunidagi aylanma mablag‘lari tuzilmasidan; Jamiyatning tegishli davr yakunidagi qarzdorligi hajmidan. 14. Kuzatuv kengashi tavsiya etadigan dividendlar miqdorini belgilashda jamiyatning keyingi davrlarga mo‘ljallangan moliya-xo‘jalik rejalarini, jamiyat majburiyatlari va aylanma mablag‘larining joriy va kelgusidagi holatini inobatga olishi lozim. Kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishiga tavsiya etiladigan dividendlar to‘lovi jamiyat tomonidan qo‘shimcha qarzdorlik moliyalashtirishi jalb etishni yoki keyingi davrlarga mo‘ljallangan moliya-xo‘jalik rejalarida nazarda tutilmagan boshqa sarflarni keltirib chiqarmasligi zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling