Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


III. DIVIDENDLARNI TO‘LASH TARTIBI VA MUDDATLARI


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
III. DIVIDENDLARNI TO‘LASH TARTIBI VA MUDDATLARI 
 
15. Jamiyat dividendlarni pul mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov 
vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog‘ozlari bilan to‘laydi. E'lon 
qilingan dividendlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasida 
to‘lanadi 
yoki 
jamiyat 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
norezident 
aksiyadorining yozma talabiga ko‘ra unga hisoblangan dividendlarni 
erkin ayirboshlanadigan valutaga ayirboshlab, mablag‘larni norezident 
aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi shart. 
16. Dividendlarni to‘lash muddati Aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi, biroq Aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi tomonidan dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan kundan e'tiboran 60 (oltmish) kundan kech bo‘lmasligi lozim. 
17. Jamiyat aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan 
belgilangan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar egalari hisoblangan 
dividendlarni ololmagan hollarda ushbu (talab qilib olinmagan) divi-
dendlarni to‘lashni davom ettiradi. Talab qilib olinmagan dividendlarni 
to‘lash davri jamiyat tomonidan e'lon qilingan dividendlarni to‘lash 
majburiyatini bajarish muddati tugagan sanadan e'tiboran uch yildan 
ko‘p muddatni tashkil etmasligi lozim. 
18. Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan 
belgilangan 
muddatlarda 
jamiyatning 
aybi 
bilan 
to‘lanmagan 
(olinmagan) taqdirda to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta 
moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. 
To‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha hisoblanadigan penyalar 
miqdori to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan 
ortiq bo‘lmasligi kerak. 
19. Jamiyatning o‘z vazifalarini bajarish bilan birga aksiyadorlar 
bilan ishlashni amalga oshiradigan tuzilmaviy bo‘linmasi jamiyat 
buxgalteriyasi bilan birgalikda jamiyat tomonidan ushbu Nizomda 
nazarda tutilgan dividendlar to‘lovini tashkil qilish bo‘yicha barcha 
tadbirlarni tayyorlashni, muvofiqlashtirishni va o‘tkazishni amalga 
oshiradi. 
20. Istalgan aksiyador jamiyatga aksiyalar bo‘yicha dividendlar 
hisoblash tartibi to‘g‘risida, dividendlar summasiga soliq solish va 


148 
hisoblash tartibi to‘g‘risida hamda to‘lash shartlari to‘g‘risida axborot 
taqdim etish so‘rovi bilan murojaat qilishga haqli. 
21. Aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun 
shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan shaxslar 
aksiyalar bo‘yicha dividend olish huquqiga ega. 
22. Aksiyalar ulushli mulkda bo‘lgan hollarda, dividend belgilangan 
tartibda aksiyadorlar o‘rtasida ularning ulushlariga mutanosib tarzda 
taqsimlanadi. 
23. Aksiyador o‘z aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish 
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi investisiya vositachisini va/yoki 
qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysini o‘ziga oid ma'lumotlardagi 
o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilishi shart. Aksiyador o‘ziga 
oid ma'lumotlar o‘zgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan 
hollarda, buning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun uning 
aksiyalariga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatuvchi Markaziy depozitariy va/yoki investitsiya vositachisi 
javobgar bo‘lmaydi. 
24. Aksiyador o‘z bank rekvizitlarini yoki dividendlar o‘tkazish 
uchun manzilni noto‘g‘ri ko‘rsatgan, yoxud ko‘rsatilgan rekvizitlar 
haqida jamiyatga xabar qilmagan, yoxud ular haqida o‘z vaqtida xabar 
qilmagan taqdirda, jamiyat shuning natijasida aksiyadorga yetkazilgan 
zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Ushbu bandda ko‘rsatilgan sabablarga 
ko‘ra aksiyadorning aybi bilan noto‘g‘ri o‘tkazilgan dividendlar summasi 
jamiyatga qaytarilgandan keyin ularni aniqlashtirilgan rekvizitlar 
bo‘yicha aksiyadorga o‘tkazish ularning qaytarilishiga va takroriy 
o‘tkazilishiga ketgan xarajatlar chegirilib qolingan holda, amalga 
oshiriladi. 
25. Jamiyat aksiyadorlarga ularga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha 
daromadlarni to‘lashda soliq agenti hisoblanadi va O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan qimmatli 
qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromad uchun solingan soliqlarni chegirgan 
holda, hisoblangan dividendlar to‘lovini amalga oshiradi. Soliq 
solishning 
belgilangan 
stavkalari 
qo‘llanilmaydigan 
aksiyador 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan 
tasdiqlovchi hujjatlarni jamiyatga (u tomonidan jalb etilgan to‘lov 
agentiga) taqdim etadi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling