Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
4.3. Yollash xarajatlari tarkibi Personalni yollash jarayonida kompaniyaning o’z ishlovchilari va tashqi agentlar ishtirok etadilar. Shu bilan birga xodimlarni tanlashni tashkil etish bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri xarajatlar mavjud. Personalni yollashga bo’lgan xarajatlar yig’indisi ancha ko’p. Bu xarajatlarni uchta kategoriyaga bo’lish mumkin. 1. Ish haqi va xodimlarni yollash jarayoni bilan bog’liq ishlovchilarning ijtimoiy ta’minotini ham o’z ichiga oluvchi xarajatlar. Xarajatlarning bu qismini uch guruhga bo’lish mumkin: a) amaliy xarajatlar ya’ni ish haqi: • ishga yollash to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish, kelishuvlarni olib borishda, kasbiy sinovlarda qatnashayotgan turli ierarxik darajadagi rahbarlar va hodimlarning; 81 • nomzodlarning kelgusidagi hamkasabalarining (ishga qabul qilish kelishuvlar asosida amalga oshirilsa); • boshqa manfaatdor shaxslar va bo’ysunishi mumkin bo’lganlarning (maslahatlar berish zarurati tug’ilganda yoki nomzod bilan uchrashuvlar bo’lgan taqdirda); b) personalni boshqarish xizmatining ish haqi: • yollash bo’yicha mutaxassislar: kadrchilar, kotiblar, psihologlar va h.z.; • ma’muriy xizmatlar: menedjerlar, xizmatchilar; • tibbiy-ijtimoiy xizmatlar: vrachlar, tibbiyot hamshiralari, ijtimoiy xizmat xodimlari; • mehnat va ish haqi bo’limlari xodimlari; • kasbiy rivojlanish, baholash va karerani boshqarish ekspertlari; v) boshqa funkstional xizmatlar xarajatlari: • operativ hisob (byudjet); • buxgalteriya (schetlarga haq to’lash); • reja bo’limining tashkiliy xizmatlari (personal soni va ish joylarini asoslash, personal sonini prognozlash); • axborot ta’minoti xizmati (hujjatlarni tayyorlash va ishlov berish) 2. to’g’ridan-to’g’ri sarflarga mos keladigan va ular bo’yicha schetlar yozilishi kerak bo’lgan boshqa xarajatlar (masalan e’lonlarga xarajatlar, maslahatchilar uchun gonorarlar, personalni yollash bo’yicha agentlarning yo’l xarajatlari, test va suhbatlar o’tqazish uchun bino yoki joyning ijarasi). Bu xarajatlar sezilarli bo’lishi ham mumkin. Masalan, oliy bo’g’in hodimlarini yollashda e’lon uchun xarajatlar uning yillik ish haqini 10-20foiz ni tashkil qilishi mumkin, personalni yollash bo’yicha agentlikning gonorari esa shu ish haqining 12- 20 foizni tashkil qiladi. Yuqori darajadagi mutaxassislarni yollash uchun maxsus agentlar jalb qilinsa, vakansiyalar haqidagi e’lonlar berilmaydi va agentliklarning xizmat tariflari ancha oshadi. 82 3.Personalni yollash bo’yicha ma’muriy xizmatlarning faoliyati bilan bog’liq xarajatlar:tibbiy ko’rik, kanstelyariya sarf-xarajatlari, test va imtihon o’tqazish bilan bog’liq xarajatlar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling