Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
158 
 
 
9-BOB. MEHNATGA HAQ TO’LASH JAMG‘ARMASI AUDITI 
9.1. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi auditining maqsadi, yo‘nalishlari 
va vazifalari 
Iqtisodiyotni  modernizastiyalash  sharoitida  ish  haqining  o’sish  surati,  moddiy 
rag’batlantirish jamg’armasini tashkil etish, hamda qo’shimcha mukofot va to’lovlar, 
okladlarni  qattiq  tartibga  solish  o’zining  samarasiz  ekanligini  amaliyot  ko’rsatdi. 
Davlat tomonidan ish haqi borasidagi siyosat eng avalo soliqlar tizimi orqali tartibga 
solish,  mehnatga  haq  to’lash  borasida  tub  iqtisodiy  islohatlarni  amalga  oshirishning 
ustunvor  yo’nalishi  qilib  belgilangan.  O’zbekistonda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga 
oshirish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda.  
Mehnatga  haq  to’lash  siyosati  eng  avvalo  tarif  tizimi,  minimal  ish  haqini 
belgilash  orqali  va  byudjet  tashkilotlarining  ish  haqini  tartibga  solish  yordamida 
amalga  oshiriladi.  Harakatdagi  mehnatga  haq  to’lash  tizimi  qo’yidagi  asosiy 
tamoyillarga tayanadi. 
Birinchidan,  mulkchililik  va  xo’jalik  yuritishning  turli  shakllarida  korxona  va 
tashkilotlarga  maksimal  darajada  erkinlik  va  mustaqillik  berish,  bunda  ish  haqi,  uni 
oshirish faqat korxonalarning o’z mablag’lari asosida amalga oshiriladi.  
Ikkinchidan,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  davrida  ishchilarni  ijtimoiy  himoya 
qilish  maqsadida,  milliy  iqtisodiyotning  deyarli  barcha  sohalarida  tarif  tizimi  orqali 
minimal  ish  haqini  tartibga  soladi.  Minimal  ish  haqi  mulkchilik  shakllaridan  qat’iy 
nazar eng malakasiz mehnatni ham qayta  takror ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib 
beradi.  Aholining  ijtimoiy  himoyasini  davlat  minimal  iste’mol  byudjetini  tartibga 
solish orqali  ta’minlab beradi. 
Uchinchidan,  mehnat  jamoalarida  uning  natijasiga  qarab,  mehnatning    miqdori 
va  sifatiga  asosan  haq  to’lashni  to’la-qonli  joriy  etish,  mehnatga  haq  to’lashdagi 
o’rtachalikka  chek  qo’yish  va      ish  haqining  oshib  borish  to’sig’ini  olib  tashlashni 
taminlashdan iborat. 


 
159 
Demak,  kafolatlangan  minimal  ish  haqini  o’rnatish  davlat  ahamiyatiga  molik 
bo’lsa,  qolgan  barcha  muammo  va  savollar  mehnatning  sifatiga  binoan  mehnat 
bozoridagi talab va taklif qonuni asosida vujudga keladi. 
Korxonalarda  mehnatga  haq  to’lash  jamg’armasi  nafaqat  ish  haqini  o’z  ichiga 
oladi  balki,  asosiy  ish  haqiga  qo’shimchalar,  individual  egri  to’lovlar,  natural 
to’lovlar, sog’liqni saqlash muassasalari, madaniyat, sport va boshqa obyektlar uchun 
to’lovlarni ham o’z ichiga oladi.                    
                                                                           
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling