Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Mehnatga haq to’lash mablag‘lari va ijtimoiy xarakterdagi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
9.2. Mehnatga haq to’lash mablag‘lari va ijtimoiy xarakterdagi 
to‘lovlarning shakllanishi tahlili 
 
Ushbu  turdagi  tahlilni  o’tkazishda  rejalashtirilgan  mehnatga  haq  to’lash 
jamg’armasi aniqlanib, u mehnatdagi ulushi koeffitsienti (MUK) yordamida me’yoriy 
uslub  bo’yicha  yoki  to’g’ridan  to’g’ri  samaradorlik  ko’rsatkichlaridan  foydalangan 
holda shakllantirilgan bo’lishi mumkin 
Tahlil  mehnatga  haq  to’lash  jamg’armasi  va  ijtimoiy  to’lovlarning  to’g’ri 
shakllantirilganligini  tekshirishdan  boshlanishi  mumkin,  buning  uchun  ish  haqi 
normativi  hisobi,  MUK,  samaradorlik  ko’rsatkichlari  (mehnat  xajmi,  xodimlar  soni, 


 
164 
o’rtacha  ish  haqi)  tekshiriladi.  Bunda  ish  haqi  jamg’armasini  shakllantirishda 
tashkiliy-texnik  tadbirlar,  mehnatni  me’yorlashtirish,  mehnatni  tashkil  etishni 
takomillashtirish rejalariga muvofiq mehnat sig’imini kamaytirish, hamda korxonani 
daromadini ko’paytirishni  rag’batlantirish maqsadida  mehnatga haq  to’lash tizimi.va 
shakllari qayta ko’rib chiqilganligi albatta tekshiriladi. 
Mehnatga  haq  to’lash  mablag’lari  va  ijtimoiy  to’lovlarning  shakllanishini  tahlil 
etish  jarayonida  ularning  har  bir  yo’nalish  bo’yicha  sarflanishidagi  o’zgarish 
aniqlanadi,  xodimlarning  toifasi  bo’yicha  o’rtacha  ish  haqi  miqdori  va  bitta  o’rtacha 
xodimning  o’rtacha  daromadi  aniqlanadi,  o’rtacha  ish  haqi  va  daromadining 
o’zgarish  sabablari  aniqlanadi.  Mehnatga  haq  to’lash  jamg’armasi,  ijtimoiy 
xarakterdagi  to’lovlar  va  chiqimlarga  tegishli  bo’lgan  chiqimlarni  klassifikatsiya 
qilishda mablag’larning shakllanishining uchta yo’nalishi aniqlangan: 
1.  Mehnatga haq to’lash jamg’armasi. 
2.  Ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar. 
3.  1  va  2  bandlarga  tegishli  bo’lmagan  chiqimlar  (Xalqaro  mehnat  tashkiloti 
(XMT)  qo’yidagi  klassifikatsiyani  tavsiya  etadi:  ishlangan  vaqt  uchun  haq  to’lash; 
ishlanmagan  vaktga  haq  to’lash;  bir marotabalik  rag’batlantirish  to’lovlari; ish haqiga 
kiritiladigan  ozik  ovqat,  turar  joy,  issiklik  energiyasiga  to’lovlar;  uy-joy  bilan 
ta’minlash  uchun  xarajatlar;  ijtimoiy  muhofaza  uchun  xarajatlar;  individual  o’qitish 
uchun xarajatlar). 
Mehnatga  haq  to’lash  va  ijtimoiy  xarakterdagi  to’lovlar  uchun  mablag’larning 
shakllanishida xarajatlarning tarkibi tahlil etiladi. Xozirgi zamon sharoitida mehnatga 
haq to’lash jamg’armasi jamoaviy va individual shartnomalar asosida ish beruvchi va 
xodimlar  o’rtasida  aniqlanib  haq  to’lash  sharoiti,  kafolat  va  kompensastiyalarni  aks 
ettiradi, ular ham individual ish haqini, ham ishlovchining daromadini shakllantiradi. 
Shuni  aytish  joyizki,  mehnatga  haq  to’lash  jamg’armasi  sarf  xarajatlarning  qoplash 
manbaidan  qatiy  nazar  (daromad,  tannarx,  maqsadga  yo’naltirilgan  o’tkazmalar) 
xodimga o’tkazilgan individual ish haqlar yig’indisidir.  
O’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar jamg’armasi 
ish  beruvchining  xarajatlarini  aks  ettiradi,  shunday  ekan,  ushbu  korxonadagi 


 
165 
xodimning  mehnat  faoliyati  bilan  bog’liq  daromadini  tashkil  etadi.  Xodimning 
imkoniyatlarini  kengaytirish  uchun  davolanish,  dam  olish,  yo’l  xarajatlar  va  boshqa 
maqsadga  qaratilgan  kompensastiya  va  imtiyozlar  daromad  yoki  mahsulot  va 
xizmatlarning  tannarxi  hisobiga  ko’rsatiladi.  Mehnatga  haq  to’lash  jamg’armasi  va 
ijtimoiy  xarakterdagi  to’lovlar  haqidagi  ma’lumotga  asosan  ish  beruvchining 
xodimga sarflayotgan xarajatlarini tahlil qilamiz.(9.1-jadval). 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling