Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov


 Aholi tarkibini hamda sonining dinamikasini ifodalovchi ijtimoiy


Download 6.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/126
Sana09.10.2023
Hajmi6.6 Mb.
#1696209
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини

13.2. Aholi tarkibini hamda sonining dinamikasini ifodalovchi ijtimoiy
demografik ko’rsatkichlar
Demografik holatni o’rganish ob'ekti malum hududda yashovchi 
odamlar yig’indisi hisoblanadi va aholining turmush darajasini oshirishda 
eng asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Har qanday mamlakatning aholisi o’z tarkibi bo’yicha bir xil emas va 
u vaqt bo’yicha o’zgaruvchan, shuning uchun aholining yashash 
qonuniyatlari, turmush darajasi, uning tarkibiy o’zgarishi va boshqalar 
aniq shart-sharoitlami hisobga olgan holda o’rganiladi.
Qishloq xo’jaligida band oilalaming demografik tarkibi o’ziga xos 
bo’lib, ularda bir oilaga to’g’ri keladigan kishilar soni o’rtacha 7,1 nafami 
tashkil etadi. Ma’lum bir mintaqa misolida olib qarasak, Qashqadaryo 
viloyati qishloq joylarida o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, u erda
97


istiqomat qiluvchi oila a'zolarining 25,0% i ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ishtirok etishsa, 7,0%i nafaqaxo’rlar bo’lib, 68,0%i ishlamaydigan, ulardan 
42%i hali 16 yoshga etmagan bolalar hisoblanadi.Bu shundan dalolat 
beradiki, viloyat qishloqlarida demograflk vaziyat borasida hali ko’p ish 
o’rinlarini yaratish lozim bo’ladi.
Demograflk jarayonlami o’rganish hududlaming ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sur'atlari aholining o’sish sur’atiga mos kelishi yoki 
kelmasligini, uning mehnatga layoqatli qismini iqtisodiyot tarmoqlarida 
samarali bandligini bilish uchun ham muhimdir.
Akademik Ubaydullaeva R.A. ta'kidlaganlaridek, demograflk 
jarayonni kuzatish ob'ekti bo’lib esa turli xil yig’indilar: butun aholi
aholining alohida guruhlari, mehnat resurslari va hokazolar bo’lishi 
mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va aholi 
sonining o’sishi o’ratsida ziddiyat yoki nomuvofiqlik yuzaga kelganda 
demograflk muammolar keskinlashadi.
Deyarli barcha mamlakatlarda davlat siyosati iqtisodiy o’sishning 
quyidagi muammolami hal etishga yo’naltirilgan: 
aholi o’sishini tartibga solish;
iste’mol darajasi yuqori bo’lgan iqtisodiyotning barqaror holatini 
ta’minlashga qaratilgan omonat jam g’arish me'yorlarini tanlash;
innovatsiya yutuqlaridan foydalanish va mehnat unumdorligini 
oshirish;
Mintaqa darajasida olib qaralganda, demograflk siyosatning vazifasi 
tug’ilishni optimallashtirish, bolalar o’limini pasaytirish va shu yo’l bilan 
aholining ko’payishining optimal darajasini shakllantirish uchun sharoit 
yaratish hisoblanadi.
Aholi o’sishini tartibga solish uchun eng avvalo aholining 
demograflk ko’rsatkichlari tahlil qilinadi. Chunki aholining turmush 
darajasiningijtimoiy tushunchasi bevosita aholiya. Uning tumush tarzi va 
darajasi hamda intelektual salohiyati bilan bog’langan. Shu nuqtai 
nazardan ijtimoiy salohiyat deganda aholi soni, tarkibi, dinamikasi va 
uning intelektual miqdorini tushunamiz.
Aholini o’sishi va uning mintaqaviy xususiyatlari ko’plab iqtisodchi 
olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan, jumladan, prof A.S.Soliev 
respublika hududlarining o’sish ko’rsatkichlarini 3 guruhga bo’ladi:
Aholi soni tez o’sayotgan hududlar: Qashqadaryo, Surxandaryo 
viloyatlari.
98


O’rtacha ko’rsatkichga ega bo’lgan hududlarga Namangan, Buxoro, 
Xorazm, Jizzax, Samarqand va Andijon vilotyalari kiradi.
Aholi nisbatan sust o’sayotgan hududlar guruhi Farg’ona, Navoiy 
Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent 
shahridan tashkil topadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, aholi turmush darajasini rivojlantirish 
uchun xalx iste'mol mollarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va hududiy 
tashkil qilish nafaqat aholi soniga, balki uning yoshi, jinsi, milliy tarkibi va 
mintaqaning urbanizatsiya darajasiga bog’liq.
Har qanday hududning aholisi o’z tarkibi bo’yicha bir xil emas va u 
vaqt bo’yicha o’zgaruvchandir. Shuning uchun ham aholining tarkibiy 
o’zgarishi va boshqalar aniq shart-sharoitlami hisobga olgan holda 
o’rganiladi.
Demografik jarayonlarni o’rganish hududlaming ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sur’atlari aholining o’sish sur’atlariga mos kelishi yoki 
kelmasligi, uning mehnatga layoqatli qismini iqtisodiyot tarmoqlarida 
samarali bandligini bilish uchun ham muhimdir. Demografik jarayonni 
kuzatish ob'ekti bo’lib esa turli xil yig’indilar: butun aholi, aholining 
alohida guruhlari, mehnat resurslari va hokazolar bo’lishi mumkin. U 
holda ma'lum v-guruhdagi aholining t-vaqtdagi umumiy soni quyidagicha 
ifodalasa bo’ladi:

v
At=Z A t 
(1)

=1
Bu erda: At-ja m i aholi soni t-yilda.
Aholini yoshi bo’yicha prognoz qilish esa quyidagi tadbirlami amalga 
oshirishga yordam beradi:
Bolalar bog’chasi va maktab qurilishini rejalashtirish va prognozlash;
Iste’mol buyumlami ishlab chiqarishda aynan yosh guruhiga qarab 
yo’naltirishni rejalashtirish;
Mintaqadagi mehnat resurslar sonini aniqlash uchun;
Nafaqaxo’rlar sonini aniqlash va ularga ajratiladigan nafaqalami 
hisoblash;
Maktab yoshidagi aholi soni uchun darsliklami chop etish, maktab 
formalarini tikish va boshqalar.
Shu bilan bir qatorda har qanday joyning aholisi yil davomida 
o’zgarib turadi, shuning uchun umumiy ko’rsatkichlami hisoblash uchun 
statistikada aholining yil mobaynidagi harakati e’tiborga olinadi. Doimiy 
aholi soni quyidagicha hisoblanadi:
99


DA=MA+VY-VYA
Mavjud aholi soni quyidagicha aniqlanadi:
MA = DA -VY+VYA
Bunda: D A - doimiy aholining soni;
M A - mavjud aholi soni;
VY-vaqtincha yo’q bo’lgan aholi soni;
VYA- vaqtincha yashayotgan aholi soni.
Aholini o’sishini tartibga solish uchun birinchi navbatda aholining 
demografik ko’rsatkichlari tahlil qilinadi.
Demografik jarayonlami o’rganish mintaqalaming ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sur’atlari 
aholining o’sish sur’atlariga mos kelishi yoki 
kelmasligini, uning mehnatga layoqatli qismini iqtisodiyot tarmoqlarida 
samarali bandligini aniqlash uchun zarurdir.
Mintaqa kesimida iqtisodiy faol aholini tahlil qilish quyidagilar 
uchun muhim sanaladi:
• mehnat resurslarini hududlar miqyosida hay darajada joylashganligi 
va shunga binoan ishlab chiqarish yo’nalishlariga qanday o’zgartirishlar 
kiritish;
• mintaqa bo’yicha ishsizlar sonini aniqlash.
• mintaqadagi bitta iqtisodiy faol aholi qancha nafaqaxo’r to’g’ri 
kelishi va h.k.z.

Download 6.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling